Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Messini o‘ziga jalb qilgan 22 yoshli futbolchi

Messini o‘ziga jalb qilgan 22 yoshli futbolchi

Italiya A seriyasi navbatdagi turidan o‘rin olgan “Sassuolo” — “Inter” o‘yinini ko‘ra turib, bir narsaga yana bir bor amin bo‘ldim — Argentina yana bir yulduzga ega bo‘lmoqda.

Endigina 22 yoshga kirgan Lautaro Martinesning o‘yini tahsinga sazovor. Yaxshi hujumchi bo‘lish uchun qanday sifatlar talab qilinadi: tezlik, dribling, kuchli zarba, sovuqqonlik... Martinesda hammasi bor. Masalan, “Sassuolo” darvozasiga urgan goli uning qanchalik aqlli ekanligini, vaziyatni ko‘ra olishini anglatadi. Bu xislat boshqa hujumchilarda yo‘q, demayman, lekin Lautaroda ham borligi uning yutug‘i.

Siz birgina “Sassuolo” bilan o‘yindan kelib chiqib xulosa qilyapti, demang, yo‘q. Bu futbolchining o‘yinini ko‘rib borayotganlar fikrimga qo‘shilishadi. Lautaro Martines ushbu mavsumda chindan ham porlayapti.

Shu o‘rinda Kontening ham ahamiyatini ta’kidlash kerak. Italiyalik mutaxassis yosh futbolchiga ishonib, imkoniyat bermoqda. Garchi mavsum avvalida Milan klubi ikkita iqtidorli hujumchini sotib olgan esa-da, Martines zaxirada qolgani yo‘q. Dam Lukaku, dam Sanchesning o‘rniga tushib, nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatdi. Unga imkoniyat bergan Konte esa yutqazmadi: yetarlicha tajriba to‘playotgan, maydonga moslashib borayotgan Martines jarohat olib safdan chiqqan Sanchesning o‘rnini bemalol bosa oladi endi.

Martines juda tezkor. Raqib futbolchilaridan aslo cho‘chimaydi, hayiqmaydi. Uning yana bir muhim jihati — o‘ziga bo‘lgan ishonchi. Oldida nechta raqib bo‘lishidan qat’i nazar shoshib qolmaydi, har bir vaziyatdan natija chiqarishga intiladi.

“Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi terma jamoasida Martines bilan birga o‘ynaganidan keyin uni klubga olib kelish fikrini ilgari sura boshladi. Qolaversa, Chempionlar ligasi doirasida “Inter” safida Martines “Barselona”ga qarshi ajoyib o‘ynadi. Bu ham Messining e’tiboridan chetda qolmadi. Qolaversa, Martines endigina 22 yoshga to‘ldi. Bu u hali kamida 5-6 yil yuqori darajada o‘ynay olishi mumkin, degani. Agar o‘z ustida ishlashni to‘xtatmasa, albatta. Bu esa futbolchining o‘ziga bog‘liq bo‘lgan holat. Shu bois ham Messi Martinesning “Barselona”ga kelishini istagandi.

Ayni damda Kataloniya klubi rahbariyati Suaresni sotmoqchi ekanligi haqida ba’zi-ba’zida xabarlar chiqmoqda. Agar chindan ham ushbu transfer sodir bo‘lsa, “Barselona” Martinesni sotib olishga urinib ko‘rinishi tabiiy. Argentinalik yosh iqtidor esa tajribali hamyurtidan ko‘p narsani o‘rganishi tabiiy.

Bundan tashqari, Martinesning o‘zi hozircha “Inter”dan ketmagani ma’qul. Chunki Konte undan qanday foydalanish kerakligini topa oldi, Lautaro italiyalik mutaxassisning ishonchini qozonishga erishdi. Shu bilan birga, Milan klubi oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan, Konte bu yil kamida A seriya chempioni bo‘lmoqchi. Uning rejalarida, shuningdek, YECHL g‘olibligi ham bo‘lsa, ajab emas. Martines esa bunday katta maqsadlarni ko‘zlagan klubning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bu katta gap 22 yoshli futbolchi uchun. Aytaylik, “Inter” mavsum yakunida A Seriya g‘olibi bo‘ldi, Martines esa Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu sovrin Lautaro uchun qishda “Barselona” safiga o‘tishdan-da quvonchliroq bo‘ladi. Axir Italiya chempioni bo‘lish kichkina sovrin emas.

Antonio Kontening kelishi “Inter”da ko‘p narsani o‘zgartirgani haqida oldin ham aytib o‘tgandik. Shu paytga qadar boshqa murabbiylar qo‘l ostida mudrayotgan futbolchilar endilikda maydonda yayrashyapti. Biz esa Martines va uning jamoadoshlariga omad tilab qolamiz.

Nizomjon ISLOMOV

 

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 20.10.2019 17:40. O'qildi: 10233 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 11 29
2 Inter 11 28
3 Roma 11 27
4 Milan 11 24
5 Komo 11 23
6 Frozinone 11 20
7 Yuventus 11 18
8 Bolonya 11 17
9 Kalyari 11 16
10 Napoli 11 15
11 Torino 11 14
12 Atalanta 11 14
13 Jenoa 11 13
14 Lechche 11 10
15 Fiorentina 11 9
16 Parma 11 8
17 Sassuolo 11 8
18 Monsa 11 7
19 Venesiya 11 6
20 Udineze 11 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

08.11.2026. «A» Seriya. 11-tur.
22:00
Inter
2-0
Komo

Navbatdagi uchrashuv

23.11.2026. «A» Seriya.
00:45
Atalanta
—
Inter

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik