Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ronaldu, Dani Alves… “Liverpul” yana kimlarni qo‘ldan chiqarib yuborgan?

Ronaldu, Dani Alves… “Liverpul” yana kimlarni qo‘ldan chiqarib yuborgan?

Stadion.uz “Liverpul” amalga oshira olmagan mashhur transferlar bilan tanishtirib o‘tadi.

Timo Verner “Liverpul”ga o‘tishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan bir pallada, “Chelsi” uni ilib ketdi. Bir qarashda odatiy xolat. Sababi, “Liverpul” o‘z tarixida bir necha bor katta transferlarni qo‘lidan chiqarib yuborgan klub. Bugun “mersisaydliklar”ning qo‘lidan chiqib ketgan yulduzlar bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz.

Nabil Fekir

 

2018-yilning boshida “Liverpul” transfer bozoriga ko‘tarinki kayfiyatda kirib keldi. Alisson, Shakiri va Fabinyolar uchun 170 million yevro sarf etildi. Bu futbolchilar bilan birgalikda Nabil Fekir ham APLga ko‘chib o‘tishi lozim edi. Hatto klub matbuot hizmati futbolchi bilan ishlashni boshlab yuborgan, uning turli ko‘rinishdagi suratlari transferni e’lon qilishga tayyorlab qo‘yilgan edi. Afsuski, transferning so‘nggi bosqichida barchasi barbod bo‘ldi. “Liverpul” klubi shifokorlari bunda Fekirning surunkali tizza jaroxatini ortirib olganini vaj qilib ko‘rsatishadi. Oradan ko‘p o‘tmay, fransiyalik futbolchi barchasini rad etib chiqdi.

“Barchasi yolg‘on. Tizzamda hech qanday muammo yo‘q. Agar men jaroxatlarga moyil futbolchi bo‘lganimda, “Lion” o‘z tarkibida olib qolishga tirishgan bo‘lmas edi. Ular nima uchun mendan voz kechishganidan xabarim yo‘q. Shunchaki, barchasiga tizzam jaroxatga moyil ekanligini aytishdi. Bu shunchaki bahona xolos.”

Aslida, “Liverpul” Fekirdan voz kechishiga asosiy sabab Nabi Keytaning transferi ekanligi keyinroq ma’lum bo‘ldi. Ayni damda, Fekir “Betis” jamoasida ishonchli o‘yin namoyish etib kelmoqda.

Krishtianu Ronaldu

Ha o‘z vaqtida Ronaldu ham “Liverpul” futbolchisi bo‘lishi mumkin edi. Ronaldu, “Manchester Yunayted”ni emas, “Liverpul”ning afsonasi sifatida tarixga kiriga juda oz qolganidan xabaringiz bormi?

Bu haqida “Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi – Jerrar Ulyeo‘z intervyularidan birida to‘xtalib o‘tgan edi.

“ Men uni ilk bor Tulon shahridagi musobaqada ko‘rganman. Biz aynan uni kuzatish uchun musobaqaga tashrif buyurgan edik. Afsuski, o‘sha davrlarda bizda futbolchilarning maoshi borasida limit mavjud edi. Shu sababli, biz unga u so‘ragan maoshni to‘lashga qodir emas edik. Keyinroq Aleks Fergusson uning o‘yinini maydonda tomosha qildi va pullarni ayab o‘tirmadi. Men esa, jamoamdagi futbolchilar o‘z maoshlaridan shikoyat qilmasliklari uchun Ronaldudan voz kechgan edik”

“Sporting”dagi vunderkind bilan avvalia “Liverpul” aloqaga chiqqan va uning transfer qiymati bilan qiziqqan. O‘sha davrlar uchun kichik bo‘lmagan summani eshitgach, klub tavakkal qilishni istamagan va Ronalduni “qizil iblislar” ilib ketishgan.

Dani Alves

 

Sayyoramizning eng sovrindor futbolchisi ham bir paytlar “Liverpul” futbolchisiga aylanishi mumkinligidan xabaringiz bo‘lmasa kerak. Ingliz klubi 2006 yildayoq Alvesnio‘z safiga qo‘shib olishi mumkin edi, biroq kichik muammolar sababli bu ish amalga oshmay qolgan ekan.

Bu haqida Dani 2017-yilda bergan intervyusida quyidagicha xotirlagan edi: “Yodimda bor barchasi ko‘ngildagidek o‘tdi. Ikki tomon ham bir-birga manzur keldi. Biz shartnomaga qo‘l qo‘yishimiz kerak bo‘lgan kunda negadir ular mendan voz kechishdi. Buning sababi haqida ma’lumot ham berishgani yo‘q.”

Oradan ikki yil o‘tgach, Dani “Barselona” bilan shartnoma imzoladi va deyarli 10 yil mobaynida dunyoning eng kuchli qanot himoyachisi sifatida faoliyat olib bordi.

Diyego Kosta

 

Suaresning “Barselona”ga o‘tib ketishi “Liverpul” uchun muamolar tug‘dirdi. Klub uning o‘rnini egallashga qodir munosib variantlarni ko‘rib chiqishni boshlab yuboradi. Birinchi o‘rinda Diyego Kostaning transferini amalga oshirishga qaror qilinadi. “Mersisayd”liklar Kosta uchun bir necha bor taklif yuborishganiga qaramay, ispaniyalik forvord APLga o‘tishdan bosh tortadi. Oradan bir oy o‘tib esa “Chelsi” bilan shartnoma imzolaydi. E’tiborlisi shundaki, Kosta London klubi safida 120 ta o‘yinda maydonga tushdi va 58 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi. APLda chempionlikni qo‘lga kiritdi va klub muxlislarining yoqimtoyiga aylandi.

Aleksis Sanches

 

2014-yilda “Liverpul”nit ark etgan Suaresning o‘rnini klub Aleksis Sanches bilan to‘ldirmoqchi bo‘ladi. To‘g‘ri, hozir Sanches “Manchester Yunayted”ning asosiy bosh og‘rig‘i, lekin o‘sha yillarda chililik futbolchi o‘z ampluasidagi tengsizlardan biri edi. Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, “Liverpul” Aleksis uchun “Arsenal”dan yaxshiroq taklif bilan chiqqan, biroq futbolchining o‘zi Londonga ko‘chib o‘tishni avzal ko‘radi. Keyinroq amalga oshmagan transfer haqida o‘sha davrlardagi klub murabbiyi Brendon Rojers quyidagicha xotirlaydi: “Uni qo‘ldan chiqarishimiz juda alamli bo‘lgan edi. Achinarlisi shundaki, u dunyo darajasidagi ijrochi edi. Uning mehnatkashligi, texnikas va mehnatsevarligi istalgan klub uchun asqotadi.”

Bundan tashqari, o‘sha yili “qizillar” Loik Remi bilan transferning so‘nggi pallasida xayrlashib yuboradi.

Teddi Sheringem

 

Endi birozga ortga qaytamiz. 1995-yilda “Liverpul”ni boshqargan Roy Evens “Tottenhem” sharafini himoya qilayotgan Teddi Sheringemni o‘z jamaosida ko‘rishni juda istagan. Roy Teddining tajribasidan unumli foydalanish maqsadida jamoani 4-3-3 sxemasiga o‘tkazishni niyat qilgan, va rahbariyat bu transfer o‘zi uchun juda muhim ekanligini ma’lum qiladi.

“Menda Sheringemni qo‘lga kiritish imkoni mavjud edi. Afsuski, bunga klub yurgazayotgan siyosat to‘sqinlik qilib qolgan. Gap shundaki, “Liverpul”da 28 yoshdan katta futbolchilarni sotib olish uchun pul sarf etilmaydi. Menga esa, kuchli jamoa tuzishim uchun tajribali futbolchi kerak edi. Aynan shunday futbolchining atorofida yoshlarga suyangan jangovar jamoa tuzishni niyat qilgan edim.”

E’tiborlisi shundaki, Teddi keyinroq “Manchester Yunayted” safiga borib qo‘shiladi va turli sovrinlarni boshi uzra ko‘taradi. U butsalarini mixga ilganida 42 yoshda edi!

Nemanya Vidich

“Liveprul”ning azaliy raqibi– “Manchester Yunayted” afsonasiga aylangan yana bir futbolchi ro‘yxatimizga yakun yasab beradi. Serbiyalik himoyachi “qizil iblislar”ni 3 yil davomida sardor sifatida maydonga olib tushganidan xabaringiz bor. Vaholanki, o‘z vaqtida u “Liverpul”ning ajralmas bo‘lagiga aylanishi mumkin edi. Bu haqida “Liverpul”ning tirik afsonasi Jeymi Karrager shunday fikr bildiradi.

“Rafayel Benites uni “Manchester Yunayted”dan avvalroq sotib olishni istagan edi. 2006-yilning yanvar oyida klub Vidich bilan aloqaga chiqdi, biroq transfer omadsiz chiqdi. Bizning omadsizligimizda “Manchester Yunayted” juda unumli foydalanishga muvaffaq bo‘ldi. Tan olish lozim, men u bilan himoya markazida juda kuchli tandemni hosil qilgan bo‘lar edik.pn+

Manba: Stadion.uz

Kiritildi: 10.06.2020 14:29. O'qildi: 8636 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 11 29
2 Inter 11 28
3 Roma 11 27
4 Milan 11 24
5 Komo 11 23
6 Frozinone 11 20
7 Yuventus 11 18
8 Bolonya 11 17
9 Kalyari 11 16
10 Napoli 11 15
11 Torino 11 14
12 Atalanta 11 14
13 Jenoa 11 13
14 Lechche 11 10
15 Fiorentina 11 9
16 Parma 11 8
17 Sassuolo 11 8
18 Monsa 11 7
19 Venesiya 11 6
20 Udineze 11 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

08.11.2026. «A» Seriya. 11-tur.
22:00
Inter
2-0
Komo

Navbatdagi uchrashuv

23.11.2026. «A» Seriya.
00:45
Atalanta
—
Inter

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik