Kirish Registrasiya

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Milan» qaytadimi? “Atalanta” chempionlik uchun kurashadimi? “A seriya” g‘olibligi uchun da’vogar kim?

Stadion.uz Italiya “A seriya"si haqida fikr almashadi.

 To‘g‘risi, so‘nggi 9 yil davomida “A seriya”da intriga yo‘qdek tuyulmoqda. Turin super klubi ketma-ket chempionlikni qo‘lga kiritishda davom etmoqda. Afsuski, bu chempionliklar ortiqcha qiyinchiliksiz va katta ochko farqi bilan qo‘lga kiritilmoqda. Xo‘sh, yangi mavsumda yangilangan «Milan» yoki kuchga to‘lgan «Napoli» kurashga qo‘shila oladimi? «Inter» Konte qo‘l ostida «zebralar»dan 10-chempionlikni tortib oladimi? Bugun shu mavzu haqida bosh qotiramiz.

«Napoli»

Neapolliklar bir necha yil mobaynida «Yuventus»ga qarshilik ko‘rsatishga urinib ko‘rishdi, ammo so‘nggi mavsumlarda biroz tempni tushirib yuborishdi. Ayniqsa, Karlo Anchelottining klubdan ketishi vaziyatni ancha chigallashtirib yubordi. Uning o‘rnini egallagan Gattuzo avvaliga jamoadagi «yong‘inni» o‘chirdi. Keyin tartib-intizom o‘rnatishga tushib ketdi. Qiziqqon murabbiyning mehnatlari zoye ketmadi. Klub sekin-asta ijobiy natijalar ko‘rsatishni boshladi. Gattuzo 6 yil davom etgan sovrinsiz mavsumlarga chek qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Aynan uning qo‘l ostida «Napoli» Italiya kubogida zafar quchdi. Finalda esa, «Yuventus» taslim etilgani yangi mavsum oldidan ruhiy dalda sifatida xizmat qilishi aniq.

«Milan»

«Rossonerilar» pandemiyadan so‘ng, yaxshi sport formasiga kirib olishdi. 12 ta o‘yinning 9 tasida g‘alaba qozongan jamoadan «Yuventus», «Roma» va «Lasio» klublari jabr chekkani e’tiborga molik. Klubda uzoq qolmasligi taxmin qilingan Pioli jamoa rahbarlarini o‘zi bilan shartnomani ikki yilga uzaytirishga majburlay oldi. Aynan Pioli «Milan»da anchadan beri kuzatilmayotgan stabillikni namoyish etishda ko‘mak bermoqda. Boz ustiga, Zlatan ham jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi. Ko‘plab mutaxassislar restartdan so‘ng Ibrahimovichning effekti «Milan»ga ijobiy natijalar olib keldi deb hisoblamoqda. Umumiy qilib aytganda, «Milan» ancha o‘zini tiklab oldi.

«Lasio»

Rim klubi o‘tgan mavsumda «Yuventus»ning asosiy ta’qibchisiga aylangan holda ko‘plab muxlislarning e’tiboriga tushgan edi, biroq yakunda kurashdan chiqib ketishdi. Shunga qaramay, 12 yillik tanaffusdan so‘ng, jamoa yana YECHLda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgani tahsinga sazovor. Afsuski, pandemiya «burgutlarga» salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mavsumning birinchi qismini «Yuventus»dan bir ochko ortda yakunlagan klub restartdan so‘ng o‘ziga o‘xshamay qoldi. «Lasio» restartga qadar “A seriya”da mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini 21 taga qadar yetkazgan edi, ammo mavsumning ikkinchi qismidagi 12 ta o‘yinning 6 tasida mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, Chiro Immobele to‘purarlik poygasida Ronalduni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Hujumchi bir paytlar Gonsalo Iguain o‘rnatgan rekordni (36) takrorlashni uddaladi. Ko‘plab grandlar e’tiborida bo‘lishiga qaramay, «burgutlar» hujumchi bilan o‘rtadagi shartnomani uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Rim klubi ritmga tushib olsa, yo‘lidan chiqqan barcha raqibni dog‘da qoldirishga qodir. Shunchaki, bu ritm tushib ketmasa bo‘lgani.

«Atalanta»

Agar «Lasio» o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini yomon o‘tkazgan bo‘lsa, “Atalanta” juda ajoyib o‘tkazdi. O‘z tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etgan klub, sal bo‘lmasa PSJni mag‘lub etib yarim finalda to‘p surishi mumkin edi. Bir yarim daqiqa ichida g‘alabani qo‘ldan chiqarib yuborgan bo‘lsada, “Atalanta” nimalarga qodir ekanligini barchaga ko‘rsatib qo‘ya oldi. Shu o‘rinda, Bergamoliklarning Yevropadagi eng hujumkor jamoa ekanligini unutmaslik lozim. Gasperrini shogirdlari ortda qolgan mavsumda 98 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Agar dekabr oyidagi omadsiz o‘yinlar bo‘lmaganida, klub chempionlikni nishonlashi ham hech gap emas edi. Yakunda 78 ochko to‘plagan klub «A seriya»dagi o‘z shaxsiy rekordini o‘rnatdi. O‘tgan mavsumdagi xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda,yangi mavsum uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan “Atalanta”ni safdan chiqarib yuborish mumkin emas. Ularda ham kelasi mavsumda sensasiya qayd etish imkoni mavjud.

«Inter»

Aynan Antonio Konte «Yuventus»ning chempionlik seriyasini boshlab bergan edi. Bu seriyani to‘xtatish ham yangi mavsum oldidan aynan shu murabbiy qo‘lida. Konte «Yuve»ning ketma-ket 3 ta chempionligiga erishishida ko‘mak bergan edi. Keyinroq bu ishni boshqa murabbiylar davom ettirishdi. Endilikda, Konte «Inter» bilan yangi tarix yaratish ustida ish olib bormoqda. «Ko‘k-qoralar» o‘tgan mavsumda «Yuventus»dan naqd atigi 1 ochko ortda qolishdi. Bu so‘nggi 9 yil ichidagi eng zo‘r natija. To‘g‘ri, Turin klubi chempionlikni rasmiylashtirgan paytda 7 ochkolik farq mavjud edi, ammo statistika o‘zgarmaydi. Ortda qolgan mavsumni «Inter» uchun omadsiz deb bo‘lmaydi. Konte qisqa muddat ichida Yevropa Ligasi finaliga yetib keldi. Hujumda Lautaro va Romeo tandemini hosil qildi. Hujumkor va tomoshabob futbolni yo‘lga qo‘ydi. Agar, yangi mavsum oldidan tarkib kuchaytirilsa, katta ehtimol bilan «Yuventus»dan chempionlikni «yulqib»olish uchun imkoniyat mavjud.

«Yuventus»

Italiya futbolini betaraf muxlis sifatida tomosha qiluvchi barcha “A seriya”ga intriga qaytishidan umidvor. Bunga ularning haqqi bor. Sababi, asosiy favorit sanalgan «Yuventus» ketma-ket uchinchi mavsumni yangi murabbiy bilan boshlamoqda. Shakllangan jamoaning murabbiylarni bu qadar tez almashtirishi stabillikka o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi turgan gap. Boz ustiga, o‘tgan mavsumda Sari o‘zini ham, muxlislarni ham, hatto futbolchilarni ham «qiynab» qo‘ydi. Yakunda chempionlik cho‘ntakda edi, biroq «Yuventus»ning o‘yinidan «fayz» ketib qolgandek tuyuldi. G‘alati g‘oyalar, Ronalduning boshqa pozisiyaga o‘tishi, Dibalaga maydonda joy topilmasligi, ortiqcha paslar va boshqa omillar sababli «Yuve»ning o‘yini juda zerikarli tus oldi. Sarri ketgach, klub kutilmaganda 41 yoshli Andrea Pirloni yangi murabbiy sifatida e’lon qildi. Bu xabar butun dunyodagi klub muxlislarini hayron qoldirgani aniq. Katta klubda ishlamagan, birorta professional jamoani boshqarib ko‘rmagan Pirloga Italiya futboli bayroqdori topshirildi. Yana, o‘ta o‘gir o‘tgan mavsumdan so‘ng. Bu tanlov nafaqat «Yuventus» uchun, balki Pirlo uchun ham juda tavakkal qaror. Bu mavsumdagi omadsizlik, uning murabbiylik faoliyatiga keskin zarba berishi mumkin. «Yuventus» esa, “A seriya” g‘olibligini qo‘ldan boy berish ortidan o‘z xomiylarining ulkan bonus pullaridan quruq qolishi hech gap emas. Soddaroq qilib aytganda, yangi mavsumda «Yuventus» chinakam kutilmagan sovg‘aga aylanadi. Bunday pallada «zebralar»ni chempionlik uchun asosiy da’vogar deb aytish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, yangi mavsum Italiya “A seriya”sida intrigaga boy o‘tishi aniq.

Kiritildi: 19.09.2020 12:40. O'qildi: 4482 marta. Fikrlar: 0 ta.

«A» Seriya

Jamoa O' O
1 Inter 33 86
2 Milan 33 69
3 Yuventus 33 64
4 Bolonya 33 62
5 Roma 33 58
6 Atalanta 32 54
7 Lasio 33 52
8 Napoli 33 49
9 Fiorentina 32 47
10 Torino 33 46
11 Monsa 33 43
12 Jenoa 33 39
13 Lechche 33 35
14 Kalyari 33 32
15 Verona 33 31
16 Empoli 33 31
17 Udineze 33 28
18 Frozinone 33 28
19 Sassuolo 33 26
20 Salernitana 33 15

ECHL

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Inter 8 15
2 Real Sosyedad 8 12
3 Benfika 6 4
4 Zalsburg 6 4

Evropa ligasi

- Guruhi

Jamoa O' O

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

22.04.2024. «A» Seriya . 33-tur.
23:45
Milan
1-2
Inter

Navbatdagi uchrashuv

28.04.2024. «A» Seriya . 34-tur.
15:30
Inter
-:-
Torino
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.