Kirish Registrasiya

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Milan derbisidan, superklassikogacha, yoxud dunyoni larzaga soladigan 10ta super qarama-qarshilik

Futbol olamida jamoalarning shunday uchrashuvlari borki, ba’zida o‘z muxlislarini bir-biriga dushmanga aylantirsa, ba’zan dunyoni ikkiga bo‘lib yuborishga ham qodir. Hozir biz sizlarga, xuddi shunday super to‘qnashuvlar top-10 taqdim etamiz. Demak, boshladik.


10. Superklasciko

Superklasiko - Argentinaning ikki jamoasi «Boka Xuniors» va «River Pleyt» o‘rtasidagi eng ajoyib va eng katta derbis. Ikki raqib jamoaning muxlislari o‘z sevimlilarini qo‘llab-quvvatlashlari bilan mashhur bo‘lgan. Ko‘pincha bu super to‘qnashuvlar, muxlislar o‘rtasidagi urush-janjal bilan ham yakunlanadi. Ba’zan bu holatlar, o‘lim bilan ham yakunlangan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlar doimo qiziqarli, va gollarga boy bo‘lgan. Tomonlar o‘z tarixida 252 marta bir-biriga qarshi o‘ynashgan bo‘lib, shundan 82 uchrashuvda «River Pleyt» g‘alaba qozongan bo‘lsa, 89tasida «Boka Xuniors» ustun kelgan.

9. Fransiya El-klassikosi

Fransiya futbolidagi eng qiziqarli va ommabop qarama-qarshilik hisoblanadigan, «PSJ» va «Marsel» jamoalari o‘rtasidagi o‘zining jozibasi bilan, har doim futbol fuxlislari e’tiborida bo‘lib kelgan. Uchrashuv ilk marta Parijning yuqori aholisi va Marseldan kelgan quyi aholilar o‘rtasida kechgan va hammasi shundan boshlanib ketgan. «PSJ» va «Marsel» - to‘qnashuvini nafaqat Fransiyada, balki butun dunyodagi muxlislar ham intizorlik bilan kutishadi. 2017 - yilda parijliklar super yulduz hisoblanadigan, braziliyalik Neymarni transferini e’lon qilgandan so‘ng, bu uchrashuvning qiymati yanada oshganini ta’kidlab o‘tish kerak.

 

8. Turkcha derbi

«Fenerbaxche» va «Galatasaroy» o‘rtasidagi uchrashuv qiziqarli, ehtiroslarga boy va ba’zan shafqatsizlarcha kechadi. Ikkala jamoa ham bitta shahar klubi hisoblanasada, ammo ular ikki xil mintaqaning vakili bo‘lishadi. «Fenerbaxche» Istanbulning Osiyo tomonida joylashgan bo‘lsa, «Galatasaroy» Yevropa tomonida o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi. Derbi o‘zining muxlislari bilan mashhur bo‘lgan. Ular uchrashuv paytida bir-birini haqorat qilishgacha borishadi, ba’zida bu holat qon to‘kilishi bilan ham yakunlanadi.

 

7. Shotlandcha qarama-qarshilik

«Glazgo derbisi», o‘zing jozibaliligi bilan futbol olamida o‘z dunyo futbol muxlislari e’tiboriga tushgan. Glazko sharining ikki jamoasi «Seltik» va «Reynjers» klublari o‘rtasidagi to‘qnashuv har doim o‘zining keskinligi bilan ajralib turadi. Shotlandiyaning ikki yirik jamoalari o‘rtasi bu keskin raqobat ancha yillar oldin boshlangan bo‘lib, avvalo, din bilan bog‘liq. Keltlar va katolik kabilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu uchrashuvda mazhablar hayqiriqlari ham tez-tez eshitilib qoladi.

 

6. Nemischa klassiko


Germancha klassiko - «Bavariya» va «Borussiya Dortmund» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga shunday nom berilgan. Germaniya mamlakatining eng ajoyib derbisi. Ikki jamoa turli xil geografik hududlarda joylashgan, ammo bu jamoalar o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘rtasidagi yuqori harorat sabab, «nemischa derbi» deb ham atashadi. «Bavariya» Germaniyadagi eng sovrindor jamoa hisoblansada, dortmundliklar unga har doim qarshilik ko‘rsatib kelganligi bilan ham muxlislar tomonidan olqishlanadi. Agar, uchrashuv Myunxenda kechsa, «Allianz Arena» to‘lig‘icha qizil rangga burkanadi, «Signal Iduna Park»dagi o‘yinda esa Dortmund sariq rangga burkanishi bilan ham doimo e’tibor markazida.

 

5. Shimoliy London derbisi


Londonning ikki jamoasi - «Arsenal» va «Tottenxem» o‘rtasidagi o‘yin. Derbining kelib chiqishi «kanonirlar» Janubiy London jamoasi bo‘lgan paytdan boshlangan, ammo keyinchalik «shporlar»ga unga juda yaqin bo‘lgan Shimoliy Londonga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan. «Arsenal» va «Tottenxem» o‘rtasidagi o‘yinlar har doim kuchli raqobat ostida kechadi, ba’zida jarohatlar ham bo‘lib turadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahsni tomosha har doim muxlislarni hayajonga solib kelgan.

 

4. Angliya shimoliy-g‘arbiy derbisi

Angliyaning bu ikki klubi «Liverpul» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasida kechadigan bu uchrashuv, doimo qiziqarliligi va ehtiroslarga boy bo‘lgan angliyacha super derbi maqomida bo‘ladi. Bu qarama-qarshilikni dunyo bo‘ylab 500 million kishi atrofida tomosha qilishadi. Ushbu  jamoalar o‘z akademiyasidan ko‘plab ajoyib o‘yinchilarni tarbiyalagan va ularning uchrashuvlarini ko‘rish har doim yoqimli bo‘lgan.

3. Madrid derbisi

Derbining nomining o‘zi ancha tosh bosadi. «Real Madrid» raqibiga qaraganda sezilarli ustunlikka ega bo‘lib, 90 marta g‘alaba qozongan, «Atletiko» esa 41ta uchrashuvda muvaffaqiyatga erishgan. «Qaymoqranglilar» shubhasiz Ispaniya poytaxtining eng yaxshi jamoasi hisoblanadi, ular Chempionlar Ligasi va La Ligada rekord darajada g‘oliblikka erishgan. Biroq, «matraschilar» oq sochiqni hech qachon ko‘tarishga shoshilmaydi. 2013/2014 - yillarda Ispaniya chempioniga aylandi va shu bilan birga Chempionlar Ligasi finaligacha borishgan. Ammo, finalda ular aynan hamshahri bo‘lgan «Real»dan mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rishgan. Joriy yilda ham «qizil oqlar»ning ishlari La Ligada ancha yaxshi, balki ularning davri yana keldimikan?!

2. Milan derbisi

Ushbu derbi Italiya va jahon futbolining ikki gigant jamoasi «Inter» va «Milan» o‘rtasidagi uchrashuv. Odatda «Milan derbisi» nomi bilan tanilgan bu super uchrashuv, raqobatbardoshliligi, maydondagi ishtiyoq va shiddatli kurash ostida kechadi. Ular bitta stadionni ikkiga bo‘lishadi, bu zamonaviy futbolda juda kam uchraydigan holatdir. Dastlab ular bitta jamoa edi, ammo uning siyosatiga rozi bo‘lmagan milanliklarning bir qismi klubni tark etishdi, so‘ngra «Inter»ni tuzishdi. Bir qancha vaqt davomida, ikkala jamoa ham og‘ir kunlarni boshdan kechirishdi, ammo hozirda Italiya taxtiga qaytish arafasida turibdi.

1. El-klassiko


Jahon futbolidagi eng ommabop va eng super qarama-qarshilik, Ispaniyaning ikki gigant jamoasi - «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuvdir. Madrid va Kataloniya jamoalari o‘rtasidagi raqobat tarixiy, siyosiy va ijtimoiy omillarning natijasidir. «Barselona» ko‘p yillar davomida Ispaniyadan mustaqil bo‘lishga intilgan Kataloniya vakili hisoblanadi. «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi o‘yinlar doimo keskinliklarga boy bo‘lib, bu yerda qo‘pol qoidabuzarliklar, qizil kartochkalar va janjallar odatiy hol bo‘lib qolgan. Biroq, «El-klassiko» - bu dunyo futboli muxlislarini qoq ikkiga bo‘lib yuboradigan eng yaxshi uchrashuv bo‘lib qolaveradi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 23.02.2021 12:41. O'qildi: 8228 marta. Fikrlar: 1 ta.

«A» Seriya

Jamoa O' O
1 Inter 33 86
2 Milan 33 69
3 Yuventus 33 64
4 Bolonya 33 62
5 Roma 33 58
6 Atalanta 32 54
7 Lasio 33 52
8 Napoli 33 49
9 Fiorentina 32 47
10 Torino 33 46
11 Monsa 33 43
12 Jenoa 33 39
13 Lechche 33 35
14 Kalyari 33 32
15 Verona 33 31
16 Empoli 33 31
17 Udineze 33 28
18 Frozinone 33 28
19 Sassuolo 33 26
20 Salernitana 33 15

ECHL

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Inter 8 15
2 Real Sosyedad 8 12
3 Benfika 6 4
4 Zalsburg 6 4

Evropa ligasi

- Guruhi

Jamoa O' O

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

22.04.2024. «A» Seriya . 33-tur.
23:45
Milan
1-2
Inter

Navbatdagi uchrashuv

28.04.2024. «A» Seriya . 34-tur.
15:30
Inter
-:-
Torino
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.