Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Futbol tarixidagi eng mashhur libos homiylari o‘ntaligi

Futbol tarixidagi eng mashhur libos homiylari o‘ntaligi

10. «Vodafone»

«Manchester Yunayted» 2000 yilda oldingi «Sharp»ni o‘rnini bosa oladigan homiyga ega bo‘ldi. O‘sha payt odamlari uchun yangi homiy ostidagi liboslar g‘alati tuyulgan bo‘lishi mumkin. Biroq keyinchalik afsonaviy futbolchilar harakati va ular qayd etgan natijalari ortidan «Vodafone» ham mashhurlikka erishdi. Ushbu homiy nomi yozilgan futbolkalar Fergyusen jamoasidagi o‘yinchilar ko‘rinishiga zamonaviylik baxsh etgan edi. Rud van Nisterlooyning jarima maydonchasiga yorib kirishi yoxud yosh Runining himoyachilarni dovdiratgan va muxlislarni hayratda qoldirgan harakatlarini eslaganda beixtiyor «Vodafone» yozuvi ko‘z oldimizga keladi.

9. «JVC»

Oddiy va katta yozuvlar bilan yozilgan matn shunchaki emas edi. U libosning ajoyib dizaynini ko‘rganda insonlar ongida 1980-90 yillar manzarasi paydo bo‘ladi. Aynan o‘sha paytlar qizil futbol libosi uchun oltin davr bo‘lgan. «JVC» «Arsenal» libosi uchun mukammal juftlikday tuyular edi. Qalin matn va ortiqcha jimjimadorlikdan holi belgi jamoaning shonli davridan o‘chmas estalik bo‘lib qolgan.

8. «Philips»

Niderlandiya futbolining muhim va ajralmas vakili bo‘lgan «PSV» klubi mamlakat chempionatida ilk marta 1982 yilda o‘z homiysi sifatida tanishtirilgan «Philips» kompaniyasi ramzini to 2016 yilgacha o‘zlari bilan olib yurishdi. Klub ushbu homiy bilan o‘nlab yillar davomida qanchadan-qancha sovrinlar jamg‘arishga erishdi. Bu davr mobaynida klub afsonalari Ruud van Nisterlooy, Ronaldo hamda Ruud Gullit kabilar o‘z o‘yinini «Philips» yozuvli libosida o‘tkazishgan.

7. «O2»

Qani aytingchi, «Arsenal»ning Teri Anrisini ushbu yozuv ostidagi futbolkasiz tasavvur eta olasizmi? Menimcha 2000 yillar boshidagi eng afsonaviy ko‘rinishlaridan biri – bu «O2» va uni kiyib olgan Anri. «Barclays» ligasida tarixiy natija bilan mavsum davomida yengilmagan jamoa aynan «O2» savdo belgisi tushirilgan liboslar bilan yodimizda qolgan. Butun libos bunda asosiy ahamiyat kasb etgan edi. «Arsenal»ning «O2» davri unutilmas va shunday bo‘lib qoladi.

6. «Carlsberg»

«Barclays» APL davrining eng ko‘zni quvotiradigan jihati shundaki, undagi har bir jamoaning o‘ziga xos o‘rni va ajrtib bo‘lmas xususiyati bor. Yana o‘sha davr, asr boshiga qaytar ekanmiz Rafael Benitezning «Liverpul»ini eslamasak bo‘lmaydi. Stiven Jerrardning chaqmoq kabi tezkor hujumlari, Fernando Torresning darvozaga to‘pni joylab qo‘yishi, bularning barini ular kiyib olgan to‘q qizil rangli libos hamda undagi «Carlsberg» yozuvisiz tasavvur etish mushkul. Premiyer ligadagi afsonaga aylangan ko‘rinishlardan bir mana shunday go‘zalikka ega edi.

5. «Brown Ale»

90 yillar jahon, xususan Angliya futbolini kuzatgan odamlar top klublarga munosib raqobat qilgan bir jamoa mavjud bo‘lganini aniq bilishadi. Ha, bu o‘sha tasavvurimizda retro libosda gavdalanadigan «Nyukasl» klubi. Uning libosida esa yumaloq shaklda bo‘lgan «Brown Ale» yozuvi mavjud. To‘g‘ri ko‘plar bu yozuvni eslay olmasligi mumkindir. Biroq uning aylana shakldagi savdo belgisi aniq barcha katta yoshdagi futbol ixlosmandlarining yodida qolgan. Axir unda «Adidas»ning ilk zamonaviy futbolka uslubi ko‘rsatilgan edida.

4. «Pirelli»

Yuqoridagi nomni eshitishingiz bilanoq qaysi klub haqida gap ketishini allaqachon anglab oldingiz. Chunki bu yerda «PSV» va «Philips» homiyligi kabi «Inter» ham 26 yil mobaynida, 1995 yildan bugungi kungacha aynan «Pirelli» kompaniyasi yozuvidagi futbolkalar bilan tanilgan edi. Jamoaning ko‘k-qora libosini ushbu yozuvsiz tasavvur etishga qiynalamiz. Futboldagi eng uzoq homiylikka ega bo‘lgan avtoshinalar ishlab chiqaruvchi kompaniya savdo ramzi bilan Milito, Eto‘o, Zanetti va boshqa mashhur trebl qahramonlari harakat qilishgan.

3. «Candy»

«Liverpul» pivo ishlab chiqaruvchi homiy bilan shartnoma tuzmasidan ilgari («Carlsberg» inc.) «Barclays» APLda 1970-80 yillar davomida aynan «Candy» yozuvli futbolkalar bilan to‘p surishgan. Ushbu homiy nomi 80 yillarning oxirida qisqa sho‘rtiklar va uzun futbolkalar bilan «Adidas»ning eng dastlabki mukammal ishlanmasiga aylangan edi. Bu uslub zamon bilan hamnafas bo‘lgan klub imijini butunlay boshqa ko‘rinishga keltirgan.

2. «Sharp»

1980-90 yillarda «MYU» libosining asosiy ko‘rinishini tashkil qilgan homiy belgisi shubhasiz aynan «Sharp» bo‘lgan. Klubning 80 yillardagi yuksalishi hamda 90 yillardagi cho‘qqiga chiqqan paytidagi libosini bu
yozuvsiz biz ko‘rmaganmiz. 1993-95 yillardagi «Sharp Viewcam» yozuvli qora rangdagi mehmon libos formasi bo‘ladimi yoki 92-93 yillar mavsumda trebl qayd etgan paytidagi oltinrang libosi bo‘ladimi, bularning bari kompaniya yozuvi bilan birga edi. «Sharp» doimo tarixdagi sevimli «Yunayted» bilan birga qoladi.

1. «Nintendo»

Ro‘yxatning so‘nggi va g‘olib homiysi futbol ixlosmandlariga juda yaxshi tanish. Dunyo bo‘ylab unchalik katta auditoriyaga ega bo‘lmasa ham 90 yillar so‘ngida odamlarni ajoyib taassurot egasiga aylantirgan klub «Fiorentina» homiysi. «Fila» firmasi tomonidan tayyorlangan hamda «Nintendo» homiylik qilgan binafsha rangli klub formasi bilan jamoa aql bovar qilmas natijalar qayd eta olgan edi. Oldin bunga o‘xshash voqealarni dunyo futbol ommasi kuzatmagan, xususan Gabriyel Batistuta «super Mario» nomiga aynan shu libosni egniga kiyib erishgan. Italyan futbolining chaqnagan davri ham aynan shu klub va uning «Nintendo» yozuvli formasi davriga to‘g‘ri keladi.


Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi.

Manba: 90min.com

Kiritildi: 31.07.2021 10:13. O'qildi: 5170 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 11 29
2 Inter 11 28
3 Roma 11 27
4 Milan 11 24
5 Komo 11 23
6 Frozinone 11 20
7 Yuventus 11 18
8 Bolonya 11 17
9 Kalyari 11 16
10 Napoli 11 15
11 Torino 11 14
12 Atalanta 11 14
13 Jenoa 11 13
14 Lechche 11 10
15 Fiorentina 11 9
16 Parma 11 8
17 Sassuolo 11 8
18 Monsa 11 7
19 Venesiya 11 6
20 Udineze 11 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

08.11.2026. «A» Seriya. 11-tur.
22:00
Inter
2-0
Komo

Navbatdagi uchrashuv

23.11.2026. «A» Seriya.
00:45
Atalanta
—
Inter

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik