Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Nyukasl»ga «keraksizga chiqqan» futbolchilar kerak!

«Nyukasl»ga «keraksizga chiqqan» futbolchilar kerak!

Quyida e’tiboringizga yangi xo‘jayinlarga ega bo‘lgan «Nyukasl»ning qishki transferlar oynasida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan taxminiy xaridlarini havola etamiz. 

Felipe Koutinyo («Barselona»)

Balki ushbu xarid «Siti» Rabinyo bilan shartnoma imzolagani kabi bir xil darajadagi transfer maqomida bo‘lar. Rabinyo singari Felipe ham texnik jihatdan kuchli futbolchi. Biroq mos ravishda vatandoshi singari Koutinyo ham muvaffaqiyatli kelajakka kafolat bermasligi mumkin, chunki uning formasi anchadan beri yomon ko‘rinishda.

«Barselona» esa moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda yuqori maosh oluvchi futbolchilarini sotishdan manfaatdor. Shuning uchun Koutinyo qishda klub qarorgohini tark etishi mumkin. Shuni unutmasligimiz kerakki, APLda braziliyalik futbolchi ilgari o‘zining eng yaxshi davrlarini o‘tkazgan. Bu yerlar unga begona emas. Biroq, Felipeda endi avvalgidek o‘ziga bo‘lgan ishonch qolmagan va uning atrofida yangi jamoa tuzadigan futbolchilar bo‘lmasligi mumkin.

Frank Kessi («Milan»)

«Milan» asta-sekin kuchayib bormoqda va bunda Frank Kessining xizmatlari katta. Biroq, yarimhimoyachining kelajagi haqida hozircha turli taxminlar yangramoqda. Ivuarlik futbolchi «rossonerilar» bilan yangi shartnoma imzolashga hozircha shoshilmayapti.

Kessi «Nyukasl Yunayted» yarimhimoyasini ancha kuchaytirishi mumkin. Mutaxassislar Frank boshchiligida «qarg‘alar»ni Chempionlar Ligasi darajasidagi klubga aylanishiga ishonmoqda. Koutinyodan farqli o‘laroq, bu sof kelajak uchun xarid sifatida baholangan.

Lautaro Martines («Inter»)

«Nyukasl»ning yanvar oyidagi shov-shuvli xaridlaridan biri bu Lautaro Martines hisoblanadi. A Seriyaning eng yaxshi hujumchilaridan biri hisoblangan argentinalik «Inter» bilan yangi shartnoma borasida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Uning kelajagi haqidagi mish-mishlar uzoq vaqtdan beri tarqalib kelgan.

Martinesni avvalroq «Barselona» va «Manchester Siti» bilan bog‘lashar edi. Har qalay ushbu xabarlar yuqori darajada muhokama qilindi. Katta ehtimol bilan u Chempionlar Ligasi saviyasidan tashqaridagi jamoaga o‘tmaydi. Ammo agar «Nyukasl» uni kuchli jamoa kelajagiga hamda yuz foizlik o‘yin amaliyoti bilan ishontira olsa, ushbu transferning yuzaga kelish ehtimollar yuqori bo‘la boshlaydi.

Aaron Remzi («Yuventus»)

«Yuventus» «Nyukasl»ning yangi xo‘jayinlariga o‘z futbolchisining xizmatlarini taklif etadi. Aaron Remzining APLga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlarga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak. Uelslik yarimhimoyachi Turinda o‘z o‘rnini topishga qiynalmoqda. U jamoa asosiy tarkibidan joy olishga qo‘lidan kelganicha harakat qilyapti. Biroq buning foydasi bo‘lmayapti. Yaqinda uni yana Premyer-ligada ko‘rishimiz mumkin.

Remzi «Nyukasl» yarimhimoya zonasini ancha kuchaytirish qobiliyatiga ega va markaz orqali hujumlar oldidan yangi imkoniyatlar yarata oladi. U allaqachon Premyer-ligada o‘zini namoyon etib ulgurgan. Italiyadagi muvaffaqiyatsiz mavsumlardan keyin unda isbotlaydigan narsalar ko‘p. Uni tez-tez sodir bo‘ladigan jarohatlar qiynashi mumkin. Biroq iste’dodi yo‘q bo‘lib ketmaydi.

Donni van de Bek («MYU»)

Van de Bek «Ayaks»dan ketgach, Manchesterda o‘z o‘rniga muqim tarzda ega emas. «Nyukasl»ning yangi skautlari shu kabi iste’dodli, biroq o‘yin amaliyoti kamroq o‘yinchilarni diqqat bilan kuzatmoqda, yosh futbolchilarga umidli kelajak taklif qilinyapti. 24 yoshli van de Bek o‘z faoliyatini boshlaganidagidek shiddatkor formasiga qaytishni istaydi.

Ammo unga sog‘lom raqobat muhiti kerak. Donni oxirigacha jang qilishga tayyor, lekin uning Sulsher bilan munosabatlari yaxshi emas. Avval ko‘rsatgan salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun futbolchida hali vaqt ko‘p. Van de Bek uchun qaysi murabbiy bilan ishlash qulay? Albatta u o‘zini qadrlaydigan jamoada emin-erkin harakat qila oladi. Bir narsa aniqki, yangi klubida u «qizil iblislar» lagerida bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq gollar urishiga ishonmoqda.

Kiritildi: 18.10.2021 21:36. O'qildi: 5181 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 11 29
2 Inter 11 28
3 Roma 11 27
4 Milan 11 24
5 Komo 11 23
6 Frozinone 11 20
7 Yuventus 11 18
8 Bolonya 11 17
9 Kalyari 11 16
10 Napoli 11 15
11 Torino 11 14
12 Atalanta 11 14
13 Jenoa 11 13
14 Lechche 11 10
15 Fiorentina 11 9
16 Parma 11 8
17 Sassuolo 11 8
18 Monsa 11 7
19 Venesiya 11 6
20 Udineze 11 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

08.11.2026. «A» Seriya. 11-tur.
22:00
Inter
2-0
Komo

Navbatdagi uchrashuv

23.11.2026. «A» Seriya.
00:45
Atalanta
—
Inter

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik