Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Hafta oxirida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi. Derby Day!!! Angliyada Manchester derbisi, Italiyada esa Milan klublari qarama-qarshiligi.

Hafta oxirida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi.  Derby Day!!! Angliyada Manchester derbisi, Italiyada esa Milan klublari qarama-qarshiligi.

Yakunlanayotgan haftada Yevropaning top-5 chempionatlarida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi bilan tanishing.

Angliya Premyer ligasi

Angliya chempionatining shanba kungi uchrashuvlarini Manchester derbisi boshlab beradi. «Old Trafford» kechadigan uchrashuvda «Yunayted» «Siti»ni sinovdan o‘tkazadi.

«Manchester Yunayted» – «Manchester Siti»

 

«Manchester Yunayted»

Ole-Gunnar Sulsher deyarli uch yildan buyon «Manchester Yunayted»ni boshqarib keladi. Norvegiyalik mutaxassis jamoaning o‘yini yaxshi tomonga o‘zgarishi uchun vaqt kerakligini aytishdan charchamaydi, lekin o‘sha vaqt o‘tmoqda, ammo jamoada jiddiy o‘sish yo‘q. Joriy mavsumgi chempionatda «qizil iblislar» chempionlik uchun kurashmasa kerak. Sababi, 10-turdan keyin ular turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turishibdi. Shanba kuni Sulsher shogirdlari derbida hamshaharlarini xafa qilishga harakat qilib ko‘rishadi.

«Manchester Siti»

«Manchester Siti» ikki kun avval Chempionlar ligasida «Bryugge»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va pley-off masalasini deyarli hal qildi. Endi Xosep Gvardiola jamoasi bor e’tiborni ichki chempionat bahslariga qaratishi tabiiy. So‘nggi turda «shaharliklar» kutilmaganda o‘z maydonida «Kristal Pelas»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Bugun esa Gvardiola shogirdlari «Old Trafford»da uch ochko jamg‘arib, muxlislarini xursand qilishga harakat qilishadi.

Statistika va raqamlar:

- Ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya Premyer ligasi bahlarida «MYU»ni «Old Trafford»da «Manchester Siti» va «Liverpul»dan (7 martadan) ko‘proq APLda mag‘lub eta olmagan.

- «Manchester Yunayted» APL doirasida «Manchester Siti»ga qarshi so‘nggi 4 o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan (3 g‘alaba va durang).

- Ole-Gunnar Sulsher Xosep Gvardiolaga qarshi 8 o‘yinning 4 tasida g‘alaba qozongan. Norvegiyalik o‘zi bilan kamida 5 marta to‘qnash kelgan barcha murabbiylar orasida Pepni eng ko‘p mag‘lub etgan mutaxassis hisoblanadi.

 

- «Manchester Siti» APLning joriy mavsumidagi 10ta uchrashuvning 3tasida gol ura olmadi. «Shaharliklar» ushbu «quruq» seriyani o‘tgan mavsumdagi 38 uchrashuv davomida qayd etgandi.

Tur doirasidagi qolgan uchrashuvlar.
Angliya Premyer ligasi
11-tur

05.11.2021 
Sautgempton : Aston Villa |1:0

06.11.2021
Manchester Yunayted - : - Manchester Siti|17:30
Brentford - : - Norvich|20:00
Chelsi - : - Byornli|20:00         
Kristal Pelas - : - Vulverxempton|20:00
Brayton- : - Nyukasl|22:30    

07.11.2021
Lids - : - Lester|19:00
Everton - : - Tottenxem|19:00
Arsenal - : - Uotford|19:00
Vest Xem - : - Liverpul|21:30

 

 

La Liga

Ispaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan o‘yinlardan markaziy uchrashuvlarning biri «Selta» va «Barselona» o‘rtasida kechishi aniq. Kataloniya klubi hozirda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Ketma-ket omadsiz uchrashuvlar Vigoda yakuniga yetadimi?

 

«Selta» – «Barselona»




«Selta»

Oldingi uchta turda «Selta» barcha mumkin bo‘lgan natijalarni qayd etib ko‘rdi. Avvaliga vigoliklar «Xetafe»ni mag‘lub etishdi (3:0), keyin «Real Sosyedad»ga imkoniyatni boy berdi (0:2), so‘nggi o‘yinda esa «Rayo Valyekano» bilan murosa yo‘lini tanladi (0:0). Barqarorlikning yo‘qligi «Selta»ning mag‘lubiyatining asosiy sababi.
Xo‘sh, «Barselona»ga qarshi bellashuvda ushbu natijalarning qaysi biri kuzatilishi mumkin?!

 

«Barselona»

«Barselona»ning muammolariga chegara yo‘q. «Ko‘k-anorranglilar» ikki turdan buyon «Real»ga 1:2, «Rayo Valyekano»ga 0:1 hisoblarida mag‘lub bo‘lib kelmoqda. Shuningdek, o‘tgan turda kataloniyaliklar «Alaves» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.«Ko‘k-anorranglilar» ketma-ket uch tur davomida ochko yo‘qotganlari yetmagandek, bir qancha yo‘qotishlarga ham duch kelishdi. «Alaves» bilan o‘yinda Serxio Aguero yuragi bilan bog‘liq muammoga duch keldi va noma’lum muddatga safdan chiqdi.

Statistika va raqamlar:

«Selta» so‘nggi ikki o‘yinda bir ochko qo‘lga kiritdi;
«Barselona» uch turdan beri g‘alaba qozona olmayapti;
«Selta» so‘nggi to‘rt uchrashuvning faqatgina bittasida «Barselona»ni mag‘lub etishni uddalagan.

Tur doirasidagi qolgan uchrashuvlar.
Ispaniya La Ligasi
13-tur

05.11.2021 
Atletik - Kadis|0:1

06.11.2021 
Espanyol - : - Granada|18:00            
Selta - : - Barselona|20:15   
Alaves - : - Levante|22:30      
Real Madrid - : - Rayo Valyekano|01:00

07.11.2021 
Vilyarreal - : - Xetafe|18:00
Valensiya - : - Atletiko|20:15          
Osasuna - : - Real Sosyedad|22:30    
Malyorka - : - Elche|22:30     
Betis - : - Sevilya|01:00




A Seriya

Italiya chempionatining 12-turi eng markaziy uchrashuvlaridan biri «Milan» – «Inter» jamoalari o‘rtasidagi derbi hisoblanadi.

«Milan» – «Inter»




Mazkur jamoalar A Seriya turnir jadvalida yonma-yon joylashgan bo‘lib, faqatgina ochkolarida farq bor. «Rossonerilar» 11 turdan so‘ng 31ochko to‘plagan holda 2-pog‘onadan joy olgan. «Neradzurrilar» esa 11 uchrashuvda 7 g‘alaba, 3 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etib, 24 ochko to‘plagan va mos ravishda jadvalda 3-o‘rinni egallagan.

O‘tgan turda Stefano Pioli shogirdlari «Roma» maydoniga safar uyushtirib, 2:1 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Simeone Indzagi boshchiligidagi «Inter» esa o‘z maydonida «Udinezi»ni qabul qilib, 2:0 hisobida ustun kelishgan.

Umuman olganda, mazkur ikki jamoa uchrashuvga turli kayfiyatdatashrif buyurmoqda. Sababi, hafta boshida o‘tkazilgan Chempionlar ligasi 4-turida «Milan» Italiyada «Portu»ni qabul qilib 1:1 hisobida durang o‘ynadi. «Inter» esa Moldovaga tashrif buyurib, mahalliy «Sherif» jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etishni uddalagan.

Raqamlar va statistika:

- «Inter» «Milan»ga qarshi so‘nggi 9 uchrashuvning 7 tasida mag‘lub bo‘lmagan. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi so‘ng 5 uchrashuvning 4 martasida «neradzurrilar» g‘alaba qozongan.

- «Inter» so‘nggi 5 o‘yinning har birida o‘rtacha 2,20 tadan gol urgan. «Milan» esa ushbu ko‘rsatkich 1,00 ta golni tashkil qiladi.

- «Milan» so‘nggi 10 uchrashuvning 8 tasida gol o‘tkazib yuborgan. «Inter» so‘nggi 5 o‘yinda har bir o‘yinda o‘rtacha 0,60 gol o‘tkazib yubordi

Tur doirasidagi qolgan uchrashuvlar.
Italiya A Seriyasi
12-tur


05.11.2021
Empoli : Jenoa|2:2

06.11.2021 
Spesiya - : - Torino|19:00                
Yuventus - : - Fiorentina|22:00
Kalyari - : - Atalanta|00:45

07.11.2021 
Venesiya - : - Roma|16:30         
Udineze - : - Sassuolo|19:00  
Sampdoriya - : - Bolonya|19:00
Napoli - : - Verona|22:00       
Lasio - : - Salernitana|22:00
Milan - : - Inter|00:45




Bundesliga

Bundesliganing shanba kungi uchrashuvlari yorqin qarama-qarshilik bilan yakunlanadi, Dortmundning «Borussiya» jamoasi «Leypsig» mehmoni bo‘ladi. O‘yin «Red Bull Arena» stadionida 6 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

«Borussiya» – «Leypsig»

«Leypsig»

«Buqalar» chempionatni yaxshi boshlashmadi va allaqachon bir nechta qaqshatqich mag‘lubiyatlarga uchrab, turnir jadvalining quyi pog‘onalariga tushib ketdi. «Leypsig» Chempionlar ligasi musobaqasi guruhidan chiqish uchun barcha imkoniyatlarini yo‘qotib, haligacha 1-g‘alabasini qo‘lga kiritganicha yo‘q. Endilikda «buqalar» futbolchilari shakllana boshlashdi, natijada klub 6uchrashuvli mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda. Oxirgi turda Marsh shogirdlari Frankfurtning «Ayntraxt» klubi mehmoni bo‘lib 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

«Borussiya Dortmund»

Unchalik yorqin bo‘lmagan startdan so‘ng, «asalarilar»ning turnir jadvalidagi o‘rni ham yuqorilay boshladi. 6-turdagi Myonxengladbaxning «Borussiya»siga mag‘lub bo‘lgandan so‘ng, bir qator g‘alabalarni qo‘lga kiritib kelmoqda. To‘g‘ri, Chempionlar ligasida «asalarilar» xuddi «Leypsig» kabi omadsiz o‘tkazmoqda. Ammo ularning Bundesligadagi ishlari ancha yaxshi davom etmoqda.

Statistika va raqamlar

Bu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yin «Borussiya»ning 1:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Leypsig» oxirgi besh uchrashuvning 4 martasida «Borussiya»ga yutqazgan.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi eng sermahsul uchrashuv 2019 yilda o‘tkazilgan. O‘shanda har ikki klub ham raqib kiperlarini 3 martadan xafa qilgan.

 

Tur doirasidagi qolgan uchrashuvlar.
Germaniya Bundesligasi
12-tur

05.11.2021
Mayns : Borussiya M|1:1         

         

06.11.2021
Boxum - : - Xoffenxaym|19:30                   
Shtutgart - : - Arminiya|19:30          
Volfsburg - : - Augsburg|19:30      
Bavariya - : - Frayburg|19:30  
Leypsig - : - Borussiya D|22:30

07.11.2021
Gerta - : - Bayer|19:30
Kyoln - : - Union Berlin|21:30                 
Groyter - : - Ayntraxt F|23:30

 

 

Liga 1

Yulduzli tarkibga ega «PSJ» 13-turda «Bordo» maydoniga safar uyushtiradi. Garcha, mazkur bellashuv markaziy uchrashuv maqomida bo‘lmasa ham, parijliklarning yulduzli tarkibi o‘yinlarini ko‘rish muxlislar uchun qiziq.

«PSJ» – «Bordo»

«Bordo»

«Bordo» 12-turdan keyin Liga 1 musobaqasi turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. Ayni paytda klub hisobida atigi 12 ochko bor.

Yozda jamoani Vladimir Petkovich qabul qilganiga qaramay, «Bordo» o‘yinida hali jiddiy o‘sish kuzatilmagan.

«Jirondinlar» hozirgacha bor-yo‘g‘i ikkita g‘alabaga erishgan. Ulardan biri so‘nggi turda kuzatildi. Ular o‘z maydonida «Reyms»ni qabul qilib 3:2 hisobida mag‘lub etishdi. Mazkur g‘alaba hamon «Bordo»ning joriy mavsumdagi o‘z maydonida qo‘lga kiritgan yagona g‘alabasi hisoblanadi.

«Bordo» o‘tgan 12 uchrashuvning har birida kamida bittadan gol o‘tkazib yuborgan.

 

«PSJ»

«PSJ» yakka peshqadamlik qilgan holda, Fransiya chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Parij klubi eng yaqin ta’qibchisidan 8 ochko oldinda bormoqda.

Pochettino shogirdlar mavsumni ajoyib tarzda boshlashdi. Ular ketma-ket sakkizta g‘alabaga erishdi, shundan so‘ng jamoaning o‘yinida biroz pasayish kuzatildi.

O‘tgan haftada «PSJ» «Lill» ustidan irodali g‘alabaga erishdi (2:1). Maurisio Pochettino shogirdlari o‘yinning ko‘p qismini yaxshi o‘tkaza olishmadi, ammo so‘nggi 15 daqiqadagi harakatlar uchun parijliklar uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Bir necha kun oldin «PSJ» Chempionlar ligasi doirasida «Leypsig» bilan mehmonda durang o‘ynadi (2:2). Shuningdek, mazkur bellashuvni Lionel Messi jarohati tufayli o‘tkazib yuboradi.



Tur doirasidagi qolgan uchrashuvlar.
Fransiya, Liga 1
13-tur

05.11.2021
Lans : Trua|4:0

06.11.2021
Lill - : - Anje|21:00
Bordo - : - PSJ|01:00

07.11.2021
Marsel - : - Mets|17:00        
Sent-Etyen - : - Klermon|19:00                 
Reyms - : - Monako|19:00        
Nant - : - Strasbur|19:00       
Loryan - : - Brest|19:00                   
Nissa - : - MonpelYE|21:00    
Renn - : - Lion|00:45     

 

 

 

                                                                                Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: Stadion.uz

Kiritildi: 06.11.2021 07:17. O'qildi: 6940 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 11 29
2 Inter 11 28
3 Roma 11 27
4 Milan 11 24
5 Komo 11 23
6 Frozinone 11 20
7 Yuventus 11 18
8 Bolonya 11 17
9 Kalyari 11 16
10 Napoli 11 15
11 Torino 11 14
12 Atalanta 11 14
13 Jenoa 11 13
14 Lechche 11 10
15 Fiorentina 11 9
16 Parma 11 8
17 Sassuolo 11 8
18 Monsa 11 7
19 Venesiya 11 6
20 Udineze 11 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

08.11.2026. «A» Seriya. 11-tur.
22:00
Inter
2-0
Komo

Navbatdagi uchrashuv

23.11.2026. «A» Seriya.
00:45
Atalanta
—
Inter

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik