Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Bir Grilishning puliga sakkizta Ronaldu. 2021 yilning eng shov-shuvli transferlari

Bir Grilishning puliga sakkizta Ronaldu. 2021 yilning eng shov-shuvli transferlari

 

2021 yil megatransferlar bo‘yicha eng gavjum yil bo‘ldi. Ronaldu va Messi klubini o‘zgartirdi, PSJ yulduzlarni sotib oldi, Sancho, Varan va Lukaku Angliya chempionatiga yo‘l oldi. Jek Grilishning "Manchester Siti"ga o‘tishi yilning eng qimmat transferi bo‘ldi. Ular yangi jamoasidagi mavsumni qanday o‘tkazishmoqda?

Serxio Ramos, "Real"dan PSJga erkin agent sifatida.  

Ramos «PSJ» bilan ikki yillik shartnoma imzoladi, biroq o‘zini darhol yangi ommaga ko‘rsatmadi. Himoyachi oyoq suyagidagi jarohatidan forig‘ bo‘lish uchun to‘rt oy vaqt sarfladi va faqatgina 28 noyabr kuni Fransiyada "Sent-Etyen"ga qarshi 90 daqiqa o‘ynab, debyut qildi. O‘shandan beri ispaniyalik parijliklar safida uchta o‘yin o‘tkazdi va mushaklari shikastlangani uchun to‘rtta bahsni o‘tkazib yubordi. “Loryan”ga qarshi uchrashuvda biz haqiqiy Ramosni ko‘rdik, negaki u o‘yinda qizil kartochka olib maydondan chetlatildi.

Yangi yilda Serxio Chempionlar ligasida sobiq jamoasiga qarshi o‘ynaydi. “Taqdirni oldindan aytib bo‘lmaydi. Men boshqa jamoaga qarshi o‘ynashni istardim, lekin bu taqdir. "Real Madrid"ga qanchalik bog‘langanimni bilasiz va men ularni yaxshi ko‘raman, bu hech qachon o‘zgarmaydi.

Menda aralash tuyg‘ular bor. Men bir-birimiz bilan yarashishimizni xohlamadim, lekin boshqa tomondan, men hayotimning eng yaxshi yillarini o‘tkazgan va kovid tufayli xayrlasholmay qolgan "Santyago Bernabeu"ga qaytaman. Men boshqacha bo‘lishini xohlardim, lekin bu futbol. Men jamoamni himoya qilishim kerak. PSJ uchun o‘laman, - deydi Ramos.

Janluiji Donnarumma,"Milan"dan PSJga erkin agent sifatida.

Donnarumma Yevro-2020 finalidan uch kun o‘tib PSJ futbolchisiga aylandi. Darvozabon parijliklar bilan besh yillik shartnoma imzoladi, biroq Navas bilan o‘yin vaqtini bo‘lishishga majbur. Qiyin raqobat tufayli italiyalik barcha turnirlarda parijliklar safida bor yo‘g‘i 11ta o‘yinda 9ta gol o‘tkazib yubordi va 12ta o‘yinni zaxirada o‘tkazdi.

Murabbiy bunda yomon narsani ko‘rmayapti. “Menimcha, hammasi yaxshi ketmoqda. Har bir inson rivojlanishning, assimilyasiyaning turli davrlarini boshidan kechiradi. Har bir holatni yaxshi tushunish kerak. Raqobat muhim va mutlaqo sog‘lom. Bu jamoaning rivojlanishiga va har kuni bizda bo‘ladigan darajaga hissa qo‘shadi. Darvozabonlarimizga rahmat aytishimiz kerak, chunki ular har kuni bor kuchlarini berishadi.

Keylor bilan munosabatlarim a’lo darajada, zarracha ziddiyat yo‘q. Ba’zida odamlar eshitishni xohlagan narsani aytishadi va turli qiyin vaziyatlarni o‘ylab topishni boshlaydilar ", - deb Pochettino so‘zlaridan iqtibos keltiradi Le10sport.

Lionel Messi, "Barselona"dan PSJga erkin agent sifatida.

Messining Fransiyadagi starti o‘ta munozarali reaksiyaga sabab bo‘ldi. Bir tomondan, klubning Chempionlar ligasidagi 13 ta golidan beshtasi, boshqa tomondan - Fransiya chempionatining 11-turida atigi bitta gol. “Loryan”ga qarshi o‘yinda gol ura olmagan argentinalik futbolchi safar o‘yinlarida o‘zining antirekordini takrorladi (safarda gol kiritmagan sakkizinchi o‘yin). Messi PSJ bilan yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan ikki yillik shartnoma imzoladi. Leoning klubga kelishining nojo‘ya ta’siri Neymar va Mbappe o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashuvidir.

Antuan Grizmann, "Barselona"dan "Atletiko"ga ijara asosida.

Fransuz yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida Madridga qaytdi. «Atletiko» hujumchini 10 million yevro evaziga bir yillik ijaraga oldi va uni 40 million yevroga xarid qilishi mumkin. Dekabr oyi o‘rtalarida fransiyalik futbolchining mushaklari shikastlangan va u hozirda jarohatdan qutilish bilan band.

Krishtianu Ronaldu, "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga 15 million yevro evaziga.

"Manchester Yunayted"ga qaytgandan keyin birinchi o‘yinda portugaliyalik "Nyukasl"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Ronaldu uchun Chempionlar ligasi guruh bosqichi yanada omadliroq bo‘ldi - dastlabki beshta turda oltita gol urdi. Shu tariqa, “qizil iblislar” uchun Krishtianu 18ta o‘yin o‘tkazib, “gol+pas” tizimi bo‘yicha 13+2 natija qayd etdi. Ronalduning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Katta ehtimol bilan “qizil iblislar” kelishuvni yana bir yilga uzaytirish variantidan foydalanishadi. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Krishtianu 39 yoshgacha MYUda qoladi.

Rafael Varan, "Real"dan "Manchester Yunayted"ga 40 million yevro evaziga.

 

Himoya chizig‘i so‘nggi mavsumlarda "Manchester Yunayted"da eng muammoli nuqtadir. Varanning transferi ajoyib yechim bo‘lishi kutilgandi. Ammo hozircha fransuz deyarli maydonda ko‘rinish bergani yo‘q. Himoyachi oktyabr oyida jaroxat oldi va hozirda tizzasidan jarohatini tiklamoqda. Yanvar oyida Varan maydonga qaytishi kutilmoqda. Fransiyalik futbolchi "Manchester Yunayted" bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

Dayot Upamekano, “Leypsig”dan “Bavariya”ga 42,5 million yevro evaziga

23 yoshli himoyachi “Bavariya”ga o‘tib, to‘g‘ri qaror qabul qildi. Upamekano doimo asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. 17 dekabr kuni u debyut golini urdi va 15 uchrashuvda 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Na “Leypsig”da, na “Zalsburg”da fransuz bunday o‘yini bilan maqtana olmasdi. "Bavariya" bilan Upamekano klubdagi faoliyatidagi ilk sovrin - Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shubhasiz, bu u uchun oxirgisi emas - oldinda hali 4,5 yillik shartnoma bor.

Jeydon Sancho, Dortmundning "Borussiya"sidan "Manchester Yunayted"ga 85 million yevro evaziga.

Angliyalik futbolchi “Borussiya”da to‘rt mavsum davomida 137 ta o‘yin o‘tkazib, 50 ta gol urdi va 64 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 21 yoshli vinger uchun ajoyib raqamlar. «Manchester Yunayted» «shaharliklar» tarbiyalanuvchisi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Jeydonning so‘zlariga ko‘ra, “qizil iblislar” tarkibida to‘p terish uning orzusi bo‘lgan. Ammo yangi klubida Sancho hali yaxshi natija qayd eta olmayapti barcha turnirlarda 19ta o‘yinda atigi ikkita gol.

Romelu Lukaku, "Inter"dan "Chelsi"ga 115 mln yevro yevaziga.

2011 yilning 8 avgustida “Chelsi” Lukakuni “Anderlext”dan 15 million yevroga sotib olgan. 10 yildan so‘ng yana 100 million yevro to‘lashga majbur bo‘ldi. Belgiyalik futbolchi “Inter” safida ikki yil davomida 95 o‘yinda 64 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Lukaku bu mavsumda har bir o‘yinda o‘rtacha 60 daqiqa o‘ynamoqda, barcha turnirlarda beshta gol urdi va bir oyni jarohati tufayli kasalxonada o‘tkazdi.

Jek Grilish, “Aston Villa”dan “Manchester Siti”ga 117,5 million evro evaziga. 

Grilish "Siti"ga 5 avgust kuni kelib qo‘shildi, ammo baribir klubga yaxshiroq moslasha olmayapti. Barcha turnirlarda 20 ta o‘yin, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma - 117,5 million yevrolik futbolchining kamtarona statistikasi.

“Agar ular siz uchun 118 million yevro to‘lagan bo‘lsalar, siz odamlarning gaplari tufayli qiyin holatga tushib qolasiz. Men buni his qilyapman, lekin klub menga juda ko‘p pul sarflaganini bilaman. Umid qilamanki, uni gollar va sovrinlar bilan to‘lay olaman», - deya Grilish so‘zlaridan iqtibos keltiradi SKY Sports.

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi.

Manba: www.championat.com

Kiritildi: 03.01.2022 17:16. O'qildi: 10429 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 11 29
2 Inter 11 28
3 Roma 11 27
4 Milan 11 24
5 Komo 11 23
6 Frozinone 11 20
7 Yuventus 11 18
8 Bolonya 11 17
9 Kalyari 11 16
10 Napoli 11 15
11 Torino 11 14
12 Atalanta 11 14
13 Jenoa 11 13
14 Lechche 11 10
15 Fiorentina 11 9
16 Parma 11 8
17 Sassuolo 11 8
18 Monsa 11 7
19 Venesiya 11 6
20 Udineze 11 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

08.11.2026. «A» Seriya. 11-tur.
22:00
Inter
2-0
Komo

Navbatdagi uchrashuv

23.11.2026. «A» Seriya.
00:45
Atalanta
—
Inter

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik