Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Real» yoki «PSJ»: Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun asosiy 5 da’vogar

«Real» yoki «PSJ»: Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun asosiy 5 da’vogar

15 fevral kuni Chempionlar ligasining pley-off bosqichi start oldi. Qur’adan keyin «PSJ» - «Real», «Inter» - «Liverpul» va «Atletiko» - «Manchester Yunayted» kabi juftlik o‘zaro o‘ynashini hisobga olsak, Yevropa futbolining ba’zi gigantlari turnirni 1/8 final bosqichida tark etishi aniq bo‘ladi. Shu sabab joriy mavsum YECHL bosh sovrini uchun qaysi jamoalarning imkoniyati qolganlariga qaraganda yuqoriroq ekanligi haqida suhbatlashishga qaror qildik. Keling, eng kuchlilaridan boshlaylik.

«Manchester Siti»

O‘tgan yili «shaharliklar» uzoq kutilgan kubokni qo‘lga kiritishga bir qadam qolgandi. Ammo, ular finalda «Chelsi»ga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. APL tarixidagi eng qimmat transfer, Jek Grilish bilan kuchaytirilgan (117 million yevro) Pep Gvardiola boshchiligidagi klub bu mavsum ham bosh sovrin uchun asosiy da’vogar sifatida qaralmoqda. Qishda «Siti» Ferran Torresni 55 million yevro evaziga «Barsa»ga sotib yubordi, ammo bu sotuv jamoani umuman zaiflashtirmadi. Garchi «shaharliklar»ning markaziy hujum pozisiyasida kamchilik bo‘lsa-da, baribir «Man Siti» tarkib jihatdan qolgan jamoalardan kuchliroq. Agar avvalroq «Siti» hujumda chizig‘i orqali ko‘pchilikni hayratda qoldirgan bo‘lsa, Ruben Dias kelishi bilan Gvardiola jamoasining himoyasi deyarli o‘tib bo‘lmas bo‘lib qoldi. Lissabondagi 1/8 finalning birinchi o‘yinida «shaharliklar» buni isbotlashdi. Ingliz klubi tajribali «Sporting»ni ayab o‘tirmadi. «Siti» «shafqatsizlarcha» o‘ynab, portugaliyaliklarni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

 

«Bavariya»

Myunxen klubi xuddi «shaharliklar» kabi 1/8 finalda bir qarashda oson bo‘lib ko‘rinadigan raqibga qarshi o‘ynashdi. Ammo, yosh iqtidorlar yetishtirib chiqarishi bilan nom qozongan «Zalsburg» o‘z uyida «Bavariya»ga katta muammolar tug‘dira oldi. Bundesliga klubida top darajadagi futbolchilar bor, lekin ular Avstriya «buqalari»ga qarshi o‘yinda juda ham qiynalishdi. «RB Zalsburg»ning tezkor hujumchilari Myunxen jamoasi himoyasini sochib tashladi.

Avstriyaliklar tarixiy g‘alabaga bir qadam qolganda, ammo...

O‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganda Kingsli Koman gol urib, muvozanatni takladi – 1:1. Bu natija qaysidir ma’noda «Bavariya» uchun qulay hisob. Chunki ular Myunxenda yanada tajovuzkoroq o‘ynash uchun sabab bo‘ldi. Agar, mag‘lub bo‘lishganida, «Zalsburg» safarda himoyaviy o‘yin namoyish ko‘rsatishi mumkin edi. Yulian Nagelsmann qo‘l ostida Myunxen klubi Xans Flik jamoasi darajasigacha chiqqani yo‘q. Ammo shunday bo‘lsa-da, «Bavariya» har qanday turnirda favorit hisoblanadi. Xohlaysizmi, yo‘qmi, «nemis mashinasi» Yevropaning eng barqaror jamoalaridan biri.

 

«Liverpul»

Yurgen Klopp jamoasi 1/8 final bosqichidan Italiya chempioni - Konte va Lukaku ketganidan keyin ham o‘zining darajasini ko‘rsata olgan «Inter»ga qarshi maydonga tushishdi. «Juzeppe Meassa»da kechgan birinchi o‘yinning birinchi taymi biroz zerikarli kechdi, ammo ikkinchi bo‘limda o‘yin biroz jonlandi va chorak final yo‘llanmasi deyarli aniq bo‘ldi. Indzagi shogirdlari o‘z maydonida Klopp boshchiligidagi mersisaydliklarga imkoniyatni boy berdi – 0:2. Ta’kidlash kerakki, Milanda, Italiyaning amaldagi chempionini mag‘lub etgan jamoa bosh sovrin uchun kurashishi aniq. Unutmaylikki, mersisaydliklar «Atletiko», «Milan» va «Portu» kabi jamoalar bo‘lgan o‘lim guruhidan o‘tib, to‘plash mumkin bo‘lgan 18 ochkodan 18 tasini ham o‘ziniki qila oldi. Shunchaki, respekt!

 

«Real» yoki «PSJ»

Parijliklarga pley-offning birinchi bosqichidayoq raqib borasida omad kulib boqmadi. Qur’a ularga Ispaniyaning «Real» klubini raqib sifatida tanladi.  Parijda kechgan birinchi o‘yin mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi — Kilian Mbappe 94-daqiqada g‘alaba golini kiritdi. Biroq tablodagi hisob «PSJ» va «Real» o‘rtasida qanchalik katta farq borligini to‘liq ko‘rsatib bera olmaydi. «Qaymoqranglilar» o‘zlarining tajribali futbolchilardan tashkil topgan jamoasi bilan keyingi bosqichga chiqish uchun kurash olib boradi. Hech shubha yo‘qki, Madridda kechadigan o‘yin barchasini hal qilib beradi.

Parijda kechgan uchrashuvda «Real Madrid» qarshi hujumda o‘ynadi. Ammo, ular Donarumma darvozasi oldida aytarli xavfli vaziyat yarata olmadi. Neytral muxlislar ikki gigant jamoa o‘rtasidagi bahsda parijliklar ustunligini taxmin qilishmoqda. Lekin shuni ham unutmaylikki, «Real» o‘z maydonida, 60-70 ming muxlislari qarshisida har qanday jamoa qarshiligini sindira oladi. Shu sabab ushbu o‘yin g‘olibini, YECHL bosh sovrini uchun ham asosiy da’vogar sifatida qarash mumkin.

 

«Chelsi»

Oxirgi Chempionlar ligasida «ko‘klar» asosiy raqibi «Man Siti» ustidan g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasi kubogini o‘ziniki qildi. Hech shubha yo‘qki, bu yil ham «aristokratlar» bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Yozda «Chelsi» Romelu Lukaku orqali tarkibni kuchaytirdi, ammo belgiyalik futbolchi Tomas Tuxel bilan tortishib qoldi. Lukaku va rahbariyat o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Ammo, keyinchalik barchasi iziga tushdi. Joriy mavsumda «Chelsi»ning Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyati ko‘proq, ammo londonliklar tarkibni kuchaygani uchun emas, balki omadli qur’a tufayli. «Lill» o‘tgan yilgi Fransiya chempioniga aylangan tarkibni deyarli yarmini sotib yubordi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu qarama-qarshilikda londonliklarning imkoniyati yuqori. O‘tgan yilgi finalda Tuxel jamoasini nimalarga qodirligini isbotladi, shuning uchun bu yil ham «aristokratlar»ni yoddan chiqarib bo‘lmaydi.

Kiritildi: 20.02.2022 14:56. O'qildi: 5053 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 11 29
2 Inter 11 28
3 Roma 11 27
4 Milan 11 24
5 Komo 11 23
6 Frozinone 11 20
7 Yuventus 11 18
8 Bolonya 11 17
9 Kalyari 11 16
10 Napoli 11 15
11 Torino 11 14
12 Atalanta 11 14
13 Jenoa 11 13
14 Lechche 11 10
15 Fiorentina 11 9
16 Parma 11 8
17 Sassuolo 11 8
18 Monsa 11 7
19 Venesiya 11 6
20 Udineze 11 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

08.11.2026. «A» Seriya. 11-tur.
22:00
Inter
2-0
Komo

Navbatdagi uchrashuv

23.11.2026. «A» Seriya.
00:45
Atalanta
—
Inter

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik