Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

"Milan"ning kambeki, "Yuventus"ning omadsizligi va Dibala bilan xayrlashuv: A Seriyada qanday natijalar qayd etildi?

"Milan"ning kambeki, "Yuventus"ning omadsizligi va Dibala bilan xayrlashuv: A Seriyada qanday natijalar qayd etildi?

Italiyada mavsum qiziqarli o‘tishi aniq edi. Sababi Massimiliano Allegri “Yuventus”ga qaytdi, Joze Mourinyo “Roma”, Maurisio Sarri esa “Lasio” boshqaruviga keldi. Shu bilan birga, “Inter” va “Milan” o‘z tarkibini yanada kuchaytirdi. Mavsum haqiqatdan ham qiziqarli va voqealarga boy bo‘ldi. Shu sabab bugun yakuniga yetgan A seriya haqida biroz suhbatlashamiz.

Chempion: “Milan”
Chempionlar ligasi: “Milan”, “Inter”, “Napoli”, “Yuventus”
Yevropa ligasi: “Lasio”, “Roma”
Konferensiyalar ligasi: “Fiorentina”
Elitadan tushib ketganlar: “Kalyari”, “Jenoa”, “Venesiya”
A seriyaga chiqqanlar: “Lechche, “Kremoneze”, “Monsa”

Mavsumning eng yaxshi to‘purari

A Seriyada mavsumning “eng yaxshi to‘purari” Chiro Immobile bo‘ldi. “Lasio” hujumchisi 27 marta o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Bu uning Italiya chempionatidagi eng yaxshi uchinchi natijasi hisoblanadi — 2017/18 yil 29 gol va 2019/20 yil 36 gol. Hujumchi Dushan Vlaxovich to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Mavsum davomida "Fiorentina" va "Yuventus" safida to‘p tepgan serb 24 ta gol urishni uddaladi. Kuchli uchlikni “Inter” hujumchisi Lautaro Martines 21 gol bilan yakunlab berdi. Qiziqarli tomoni Immobile penaltidan 7 marta unumli foydalangan.

Mavsumning eng yaxshi assistenti

A seriyada mavsumning “eng yaxshi assistenti” nomi Domeniko Berardiga berildi. “Sassuolo” vingeri 14 marta sheriklarining gol urishiga yordam berdi. Umuman olganda, italiyalik futbolchi har bir o‘yinda o‘rtacha 0,43 golli uzatma berdi, bu esa chempionatdagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni "Inter" yarim himoyachilari Nikolo Barella va Xoqon Chalxano‘g‘li egalladi. Har ikki futbolchi hisobida 12tadan golli uzatma bor. Kuchli uchlikni “Lasio” yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich yakunlab berdi. Serb futbolchisi 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Liganing “eng yaxshi assistenti” sovriniga ega chiqqan Berardi mavsumni juda yaxshi o‘tkazdi, ammo “Sassuolo” bor-yo‘g‘i 11-o‘rinni egalladi, xolos.

“Gol+pas” bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich

“Gol+pas” tizimida eng yaxshilar Immobile va Berardi bo‘ldi. Har ikki futbolchi ham 29 ochkodan jamg‘argan. Shu bilan birga, “Lasio” forvardi 27+2, “Sassuolo” vingeri esa 15+14 ko‘rsatkich qayd etgan. Keyingi o‘rinlarni Vlaxovich (27 ochko, 24+3) va Lautaro (24 ochko, 21+3) egalladi. “Lasio” yarim himoyachisi Milinkovich-Savich gol+pas tizimida 22 ochko (11+11) to‘pladi. OAV xabariga ko‘ra, Berardi va Savich yangi mavsum qaysidir grand klubga o‘tishi mumkin. Kuzatamiz.

Mavsumning eng yaxshi darvozaboni

Mavsumning eng yaxshi darvozaboni nomini haqli ravishda Mayk Menyan oladi. “Milan” darvozaboni 17 ta o‘yinda o‘z davozasi dahlsizligini saqlab qolib, “rossonerilar”ga chempionlik uchun kurashda katta yordam berdi. Qolaversa, bu ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Samir Xandanovich (“Inter”) va Rui Patrisiu (“Roma”) esa 15tadan “quruq” o‘yin o‘tkazgan. "Napoli" darvozaboni David Ospina 13 marta “nol”ga o‘ynagan. Menyan – “Milan”ning asosiy qahramonlaridan biri. Sababi uning "rossonerilar" safidagi birinchi mavsumi va Mayk A seriyaning “eng yaxshi darvozaboni” bo‘ldi.

Mavsum jamoasi

Bu nom ham “Milan”ga berilishi kerak. “Rossonerilar” haqiqiy kambekni amalga oshirishdi, ayniqsa 2 yil oldin Yevropa ligasi yo‘llanmasini zo‘rg‘a qo‘lga kiritgan jamoa bugungi kunda chempionga aylandi. 2020/21 yilgi mavsumda ham “qizil-qoralar” Skudetto uchun kurashga yaqin keldi, biroq A Seriya turnir jadvalida “Inter”dan 12 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinni egalladi. "Milan" joriy mavsum chempionlik uchun kurashda asosiy raqibi - "neradzurrilar"ni 2 ochkoga ortda qoldirdirgan holda oltin medallarga ega chiqdi. Skudetto - "rossonerilar" uchun katta muvaffaqiyat. "Qizil-qoralar" 11 yildan so‘ng yana Italiya futbolining cho‘qqisiga qaytishdi. Ajablanarlisi shundaki, shundan so‘ng darhol klub egalari jamoani sotishga qaror qilishdi. Nimadir g‘alati.

Mavsum omadsizligi

Mavsumning eng omadsiz jamoasi "Yuventus" bo‘ldi desak ham bo‘ladi. Bunday darajadagi jamoa Skudettoga yo‘l olishi kerak. Ammo ketma-ket 2 yildan beri “byankonerilar” faqat Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. Andrea Pirloning bosh murabbiy etib tayinlanishi bilan bog‘liq tajriba hech qanday naf bermadi. Massimiliano Allegrining qaytishi bilan Turinda barqarorlik qaytayotgandek tuyuldi. Biroq, "keksa sinyora" yana bir omadsiz mavsumni o‘tkazdi. Keyingi mavsum "Yuventus" Milan klublariga chempionlik uchun kurashni taklif qilishi aniq. Aks holda rahbariyatda Allegri va futbolchilar kuchli tanqid ostida qolishi mumkin.

Xayrlashuvlar

Bu mavsum Turin klubi uchun juda og‘ir kechdi. Biriga natijalar sabab bo‘lgan bo‘lsa, yana biriga Jorjo Kyellini va Paulo Dibala bilan xayrlashish sabab bo‘ldi. Birinchisi klub afsonasiga aylandi, ikkinchisi esa...

Kyellini bilan vaziyat boshqacha. Jorjo 17 yil davomida "keksa sinyora" liboslarini himoya qildi va Turin klubini sharaf bilan tark etadi. Argentinalik futbolchining ketish sababi esa noma’lum. Ko‘plab OAV xabariga ko‘ra, yangi shartnoma borasida kelisha olishmagan. Bu yigitlar faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha noma’lum, ammo baribir ularning ketishi klub uchun katta yo‘qotish.

Manba: Stadion.uz

Kiritildi: 05.06.2022 14:21. O'qildi: 2551 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 11 29
2 Inter 11 28
3 Roma 11 27
4 Milan 11 24
5 Komo 11 23
6 Frozinone 11 20
7 Yuventus 11 18
8 Bolonya 11 17
9 Kalyari 11 16
10 Napoli 11 15
11 Torino 11 14
12 Atalanta 11 14
13 Jenoa 11 13
14 Lechche 11 10
15 Fiorentina 11 9
16 Parma 11 8
17 Sassuolo 11 8
18 Monsa 11 7
19 Venesiya 11 6
20 Udineze 11 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

08.11.2026. «A» Seriya. 11-tur.
22:00
Inter
2-0
Komo

Navbatdagi uchrashuv

23.11.2026. «A» Seriya.
00:45
Atalanta
—
Inter

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik