Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Roberto Donadoni: «Milan» va «Inter» boshqalardan ustun...»

Roberto Donadoni: «Milan» va «Inter» boshqalardan ustun...»

«Rossonerlar»ning sobiq yarim himoyachisi Roberto Donadoni La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida «Milan» va «Inter» klublarining «A» seriya yangi mavsumidagi istiqboli haqida gapirdi.

U shuning barobarida uzoq davom etgan «tortishish»lardan so‘ng «qizil-qoralar» safiga qo‘shilgan belgiyalik iqtidor - Sharl de Ketelarega katta ishonch bildirdi.

- Sizningcha, yangi mavsumda ham «Inter» va «Milan» skudetto uchun chinakamiga kurasha oladimi?

- Menimcha, bemalol. Har holda, hozirgi manzaraga qarasak, aynan shu ikki klub boshqa ishtirokchilarga nisbatan yaxshiroq tayyorgarlikka ega. Shuningdek, «Inter»­da ham, «Milan»da ham nisbatan shakllangan tarkib bor. Qolgan barcha jamoalarga qandaydir qo‘shimcha kuch kerakdek tuyulmoqda. Masalan, «Yuventus»ni olaylik. Turin superklubi uzoq yillik gegemoniyadan so‘ng ma’lum muddat qiyinchiliklarni boshdan kechirdi va endi-endi muvozanatni tiklashga harakat qilmoqda. Menimcha, «keksa sinyo­ra» hali chiziqlar bo‘­yicha mukammallikka erishishi lozim. Joriy mavsum yana «Roma»ni kuzatish ham ancha qiziqarli. Ikki hujumkor yarim hujumchi va Abraxamdek to‘purarga ega jamoaning qanday o‘ynashi hamma qatori meni ham qiziqtirmoqda. Ayniqsa, Dibalaning tarkibga qo‘shilgani jamoada ishtiyoqni oshirsa, ajabmas. Ammo «Roma»da o‘yin tuzilmasini qayta tiklash masalasi bor. Bu vaqt­da «Inter» va «Milan» allaqachon mustahkam poydevorga ega bo‘lib ulgurdi. Qisqasi, Milan klublari chempionatda ma’lum ustunlikka ega.

- «Neradzurralar» va «rossonerlar» o‘rtasida o‘yin falsafasi bo‘yicha katta farq yo‘q emas. Binobarin, «Inter» jismoniy kuchga ko‘proq tayanadi, «Milan» esa futbolchilarning texnik salohiyatlariga. Bu fikr­ga qo‘shilasizmi?

- To‘g‘ri, shunday. Lekin unutmaslik kerak, barchasi klublarning DNK tahliliga borib taqaladi. «Inter» azaldan jismonan baquvvat jamoa sifatida ajralib turgan. Misol uchun, Elenio Errera davrida ham Sandro Massola tezligi, Jachinto Fakketti va Luis Suaresning krosslariga ko‘proq tayanilgan. «Milan» aksincha, texnik futbol tarafdori - aniq yo‘lga qo‘yilgan o‘yin, to‘pning reja bo‘yicha harakatlanishi, driblinglar hisobiga maydonda ustunlik qilish... Nazarimda, Simone Inzagi va Pioli boshqarayotgan hozirgi jamoalar o‘tmishdan ildiz otgan g‘oyalar mahsulidir.

- Sharl de Ketelareni qanchalik yaxshi bilasiz?

- Uncha ko‘p bo‘lmasa-da, har­qalay, ba’zi o‘yinlarini ko‘rdim. Shularga asosan Sharl haqida faqat ijobiy fikr bildirishim mumkin. Ha, u hali yosh, muhimi, har tomonlama o‘sish uchun tabiiy resurslari yetarli. Jumladan, yetakchilik xususiyatlarini ham rivojlantirish imkoniyatiga ega. Ishonchim komil, de Ketelare «Milan»da yo‘qolib qolmaydi, aksincha, tabiiy salohiyatini yanada dadilroq namoyon etadi. 

- Umuman, Sharl qanday tasnifga mansub futbolchi?

- Birinchidan, turli taktik chizmalarga muammosiz moslashuvchan yigit. Bunday hujumchilar har doim o‘zgacha qadrlangan. Aytmoqchimanki, Sharl o‘yin uslubi bo‘yicha yopiq klassik trekvart emas, balki jamoa falsafasi asosida harakatlanadigan, har qanday tarkibga mos tushadigan va astoydil ter to‘kadigan futbolchi sanaladi. Uning mehnatkashlik xususiyati ham tahsinga sazovor. Men ko‘rgan o‘yinlarda o‘yinning barcha bosqichlarida faol ishtirok etishi bilan e’tiborimni tortdi, har holda. Qisqasi, de Ketelaredagi barcha fazilatlar, uning o‘yin dinamikasi meni zamonaviy futbolchi haqida o‘ylashga undamoqda, shunga umid uyg‘otmoqda. Zamonaviy futbol - bu tezlik, bosim va doimiy yuqori sur’at. Sharlda esa bularning barchasi mujassam.

- Biroq de Ketelarening Pioli yo‘lga qo‘ygan tizim-loyihaga mos kelish-kelmaslik masalasi ham bor-ku...

- Uning moslashuvchanlik qobiliyatini bejiz tilga olganim yo‘q. Ishonamanki, Sharl «Milan» strategiyasiga ko‘nikish uchun ko‘p vaqt sarf­lamaydi. To‘g‘ri, yangi chem-pionatga endigina qadam tashlagan yigitchadan darhol osmondagi yulduzni urib tushirishini kutmaslik kerak. Bilamizki, Pioli boshqaruvidagi «Milan» ko‘p jihatdan jamoaviy harakatlar, pozisiyalarni amlashtirish uslubi, vertikal uzatmalarga tayanmoqda. Menimcha, de Ketelare ayni shu tizimda juda foydali. Pioli unga maydonda eng maqbul joyni topib bersa, bas. Xoh markaziy hujumchi orti bo‘lsin, xoh qanot... Yana bir jihatni e’tiborga olish kerak: Sharl raqibning o‘z o‘yinini ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilish borasida ham benazir. Xullas, «Milan» zarur pallada o‘yin borishini o‘zgarishga qodir kelajagi porloq futbolchiga ega bo‘ldi.

- De Ketelarening to‘p­urarlik fazilatlarini baholashga hali erta. Lekin shunday bo‘lsa-da, uning ilk mavsumda loaqal 10ta gol marrasiga yeta olishini taxmin qilish mumkinmi?

- Bunisini faqat avliyo shaxs biladi. Qaytaraman, Sharl juda ko‘plab ajoyib fazilatlarga ega, zarbalari chakki emas, gol urish ishtiyoqi ham joyida. Tan olish kerak, Romelu Lukaku yaqqol favorit hujumchi, ammo bu hali hech narsani anglatmaydi. Avvalgi mavsumga qarasak, «Milan»da ko‘plab futbolchilar gol urishdi, chunki hujumda butun jamoa qatnashdi. 

- «Inter»ning jismoniy kuchi va «Milan»ning texnik salohiyati - qay birini ustun qo‘yasiz?

- Har doim sof «milanchi» sifatida gavdalanganman, klubga muhabbat qonimda bor. Shuning uchun bu kabi savollarga xolis javob berolmaslikdan qo‘rqaman. Tabiiyki, ustunlikni Pioli jamoasiga berishni xohlayman, keling, yaxshisi, «rossonerlar»da o‘yin qanday va nimalarning evaziga rivojlanishiga kuzataylik. Ajoyib ijrochilik mahorati bor Rafael Leauning nihoyat, boricha ochilishini kutyapman. Shuningdek, Tonalini ham alohida kuzataman. To‘g‘ri, «Inter» tarkibida ham e’tiborga loyiq yigitlar bor. Deylik, Brozovich katta qiziqish uyg‘otmoqda, yana Mxitar­yanning jamoa o‘yiniga qanday qo‘shilishini bilishga ham sabrim chidamayapti.

- Sizningcha, joriy mavsum xalqaro o‘yinlar, jumladan, JCH-2022 ta’siri qanchalik seziladi?

- «Milan» ham, «Inter» ham mavsumning birinchi qismini gaz pedalini qo‘yib yubormasdan o‘tkazishi kerak. Sprint-start ishonchni mustahkamlash uchun juda zarur. Takrorlayman, hozirgi holatda «Milan» va «Inter» qolgan ishtirokchilardan bir qadam oldinda, chunki har ikkisida o‘yin chizmasi allaqachon shakl­langan. Albatta, Chempionlar Ligasi ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan katta kuch talab etadi. Shunday ekan, rotasiya masalasini aslo unutmaslik kerak.

M.PO‘LATOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 26.08.2022 22:47. O'qildi: 1772 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 11 29
2 Inter 11 28
3 Roma 11 27
4 Milan 11 24
5 Komo 11 23
6 Frozinone 11 20
7 Yuventus 11 18
8 Bolonya 11 17
9 Kalyari 11 16
10 Napoli 11 15
11 Torino 11 14
12 Atalanta 11 14
13 Jenoa 11 13
14 Lechche 11 10
15 Fiorentina 11 9
16 Parma 11 8
17 Sassuolo 11 8
18 Monsa 11 7
19 Venesiya 11 6
20 Udineze 11 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

08.11.2026. «A» Seriya. 11-tur.
22:00
Inter
2-0
Komo

Navbatdagi uchrashuv

23.11.2026. «A» Seriya.
00:45
Atalanta
—
Inter

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik