Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

APL klublarining eng qimmat xaridlari haqida bilasizmi?

APL klublarining eng qimmat xaridlari haqida bilasizmi?

Bu qishda faqat «Chelsi»ning transfer siyosati qanchalik kuchli bo‘lgani haqida gap ketmoqda. «Ko‘klar» yanvar oyida turli tasniflar bo‘yicha bir qancha rekordlarni yangilagan. Quyida Premyer-liga klublari tarixidagi eng qimmat o‘nta xarid haqida gaplashamiz.

1. Enso Fernandes («Chelsi», 106,8 million funt; 2023 yil)

Ha, «Chelsi» bu qishda ham rekordni saqlashga muvaffaq bo‘ldi. Argentinalik futbolchining «Stemford Brij»ga o‘tishi haqidagi hikoya ehtirosli va hayajonli bo‘ldi. «Chelsi» va Ensoning agenti «Benfika»ni sun’iy sindirishga va JCH-2022dagi eng yaxshi yosh o‘yinchini ulardan tortib olishga erishdi. Lissabon aholisi bundan xafa bo‘lgan bo‘lishi dargumon. Haqiqatan ham, 2022 yilning yozida ular barcha bonuslar bilan Fernandesni atigi 16 million funtga sotib olishdi. Yetti oydan keyin esa uni 90 million foyda bilan sotishdi. Balki ular Fernandesning yanada qimmatlashishini kutishgandir?! «Chelsi»ning transferlarga o‘chligi va Argentinaning muvaffaqiyatidan so‘ng narx juda yuqorilagan ko‘rinadi.

2. Jek Grilish (Manchester Siti; 100 million funt; 2021)

Grilish nafaqat «Siti»ning rekordi, balki barcha davrlardagi eng qimmat britaniyalik futbolchi edi. U «Aston Villa»dan ko‘chib o‘tgach ko‘pchilik undan ko‘proq narsani kutgandi. Hozir Jek foydasiz o‘yinlardan keyin tanqid qilinmoqda. Katta narx albatta, katta bosim olib keladi. Ayniqsa, har bir o‘yinda va har bir turnirda g‘alaba qozonishi kerak bo‘lgan klubda bu qiyin. Xolandning ushbu klubga kelishi, ehtimol, Grilishga bo‘lgan e’tiborni biroz o‘zgartirdi.

3. Pol Pogba («Manchester Yunayted», 89,5 million funt; 2016 yil)

So‘nggi yillarda transfer bozori ancha keskinlashib ketgan. Mana, yetti yil oldin sodir bo‘lgan kelishuv. Bu rekordga yaqin summalar edi. To‘g‘ri, kimdir buni juda ko‘p pulni behuda sarflashning misollaridan biri deb biladi. Erkin agent bo‘lgan Pogba 2022 yilning yozida «Yuventus»ga qaytdi. Kim biladi, balki «Yunayted» yangi davraga o‘tib, uni yana qaytarishga urinar?

4. Darvin Nunyes («Liverpul», 85 million funt; 2022)

Nunyes o‘ziga tushayotgan bosimlarni qabul qilishga mahkum edi. Bu faqat narx tufayli bo‘lmagan. Shu bilan birga, o‘sha paytdagi asosiy raqobatchilar Angliyada ustunlik qilish uchun kurashda kuchli hujumchilarni mo‘ljalga olishdi. Ammo agar Xoland «Siti»ga foyda keltirishga arziydigan bo‘lsa, Nunyes ham undan qolishmaydigan sifatlarga ega. Sadio Maneni yo‘qotganidan so‘ng «Enfild»da undan ko‘p narsa kutilgandi, ammo hozircha 22 yoshli urugvaylik futbolchi o‘z muxlislarini ancha kuttiryapti.

5. Nikolya Pepe (Arsenal; 72 mln funt; 2019)

«Arsenal»ning avvalgi rekordchisi Obameyang hech qachon jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘la olmadi, barqarorlikka erisha olmadi. Premyer-ligani faqatgina individual o‘yinlar bilan zabt etib bo‘lmaydi. Pepe bu mavsumni «Nissa»da ijarada o‘tkazmoqda. To‘g‘ri, u yerda ham porlaganicha yo‘q, shuning uchun fransuz klubi hujumni kuchaytirish uchun Pepeni Shimoliy Londonga qaytarib yuboradi.

6. Tanguy Ndombele («Tottenxem», 63 million funt; 2019)

«Tottenxem»da Ndombele epizodik tarzda porladi. Ammo u kamdan-kam hollarda iste’dodi va yuqori umidlarga mos keladigan ajoyib darajani ko‘rsatdi. Umuman olganda, Ndombeledan «Tottenxem»ning hafsalasi pir bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay u «Lion»ga qaytdi va u yerdan «Napoli»ga ijaraga o‘tdi va bu yerda kutilmaganda Italiya chempioni bo‘lishi mumkin.

7. Aleksandr Isak (Nyukasl Yunayted; 63 million funt; 2022)

«Nyukasl»ni Saudiya Arabistonining boy egalari sotib olganda, jamoa transferlarga bu qadar ko‘p pul sarflashi dargumon edi. «Real Sosyedad»ning umidli hujumchisi Isak klubning avvalgi eng qimmat futbolchisi Bruno Gimarayshdan olti oy o‘tib jamoaga kelib qo‘shilgan holda bu rekordni yangiladi. Isakning jarohatlar borasida omadi chopmadi, lekin maydonga tushganida u o‘z o‘yinini yaxshi tomonlama ko‘rsatdi.

8. Gilfi Sigurdsson (Everton; 45 mln funt; 2017)

Biz «Everton»nining transfer rekordi Premyer-liganing qolgan klublariga nisbatan unchalik katta emas. 2014 yilda «irischilar» avvalgi rekordchi Romelu Lukakuni «Chelsi»dan31,8 million funt sterlingga sotib olgandi. Keyinchalik ushbu rekordni «Suonsi»dan kelgan Sigurdsson yangiladi. Biroq, 2018/19 yilgi mavsumda Gilfi chinakam porladi, Premyer-ligada 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Boshqa mavsumlarda esa u qadar ko‘rinmadi va erkin agent sifatida ketdi.

9. Sebastyan Aller (Vest Xem; 45 million funt; 2019)

So‘nggi paytgacha sog‘ligi bilan bog‘liq muammolarga qadar Aller «Ayaks»dagi o‘yi bilan hayratlanarli edi. U «Vest Xem» uchun rekord darajadagi shartnomaga imzo chekkan. Angliyada esa Allerning ishi o‘xshamadi. Premyer-liganing 48 o‘yinida atigi 10 ta gol urdi. 

10. Morgan Gibbs-Uayt (Nottingem Forest; 42,5 million funt; 2022)

23 yildan so‘ng Premyer-ligaga qaytgan «Nottingem Forest» bu mavsumda ikkita transfer oynasida 29 nafar yangi futbolchini qo‘lga kiritib, barchani shokka tushirdi. Bu vaqt ichida klub transfer rekordini bir necha bor yangiladi, bu rekord Gibbs-Uaytga tegishli. Uning uchun darhol 25 million funt to‘lashdi, 17,5 million funt esa bonuslar hisobidan amalga oshgan. Aytgancha, Morgan o‘ziga tikilgan pullarni to‘liq oqlaydi. Klubga boshqa ko‘plab yangi kelganlar orasida u yaqqol ajralib turadi.

Kiritildi: 08.02.2023 11:07. O'qildi: 2384 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 10 28
2 Inter 10 25
3 Roma 10 24
4 Komo 10 23
5 Milan 10 21
6 Frozinone 10 20
7 Yuventus 10 17
8 Napoli 10 14
9 Bolonya 10 14
10 Torino 10 13
11 Jenoa 10 13
12 Kalyari 10 13
13 Atalanta 10 11
14 Lechche 10 9
15 Parma 10 8
16 Fiorentina 10 8
17 Sassuolo 10 8
18 Monsa 10 7
19 Udineze 10 5
20 Venesiya 10 3

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 3 9
2 Aston Villa 3 9
3 Liverpul 3 9
4 Real Madrid 3 9
5 Betis 3 9
6 Shtutgart 3 7
7 Arsenal 3 7
8 Barselona 3 6
9 Komo 3 6
10 Manchester Siti 3 6
11 Bryugge 3 6
12 Sporting 3 6
13 Borussiya D 3 6
14 Bavariya 3 5
15 Roma 3 4
16 Atletiko 3 4
17 Shaxtyor 3 4
18 PSV 3 4
19 Vilyarreal 3 3
20 Inter 3 3
21 Man. Yunayted 3 3
22 Napoli 3 3
23 Galatasaroy 3 3
24 LASK 3 3
25 Sabah 3 3
26 Feyenoord 3 3
27 Lans 3 3
28 Bude-Glimt 3 3
29 AYEK 3 3
30 RB Leypsig 3 3
31 Fenerbaxche 3 2
32 Slaviya 3 1
33 Viking 3 1
34 Portu 3 0
35 Lill 3 0
36 Slovan 3 0

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

04.11.2026. ECHL. 4-tur.
01:00
Feyenoord
0-3
Inter

Navbatdagi uchrashuv

08.11.2026. «A» Seriya.
22:00
Inter
—
Komo

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik