Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Tasodifiy finalchilar

Tasodifiy finalchilar

YECHLdek nufuzli turnirda qatnashish har qanday jamoaning orzusi ekanligi barchaga ma’lum.

Unda g‘olib chiqish esa har qanday klub uchun azaliy orzu. Lekin maydon tekis, to‘p dumaloq - ba’zan hech kimning xayoliga ham kelmagan jamoa nomdor grandlarni dog‘da qoldirib, turnir finishigacha yetib borishi mumkin. Faqat aldoqchi muxlisgina «Inter»ning finalga chiqishiga sentyabr oyidayoq ishonch hosil qilgandim, deya maqtanishi mumkin. Misol uchun, hozirda eskirgan safardagi gol qoidasi bo‘lmaganida, «PSJ» «setka»ning portugal-italyan qismida favorit bo‘lardi. Biroq Istanbulga Mbappe emas, balki Lukaku va Martineslar yo‘l oldilar. Bu asrimizdagi 12-tasodifiy finalchi. Keling, ularni eslab o‘tamiz.

2000/2001 yillar mavsumi.  «Valensiya»

Garchi bu «ko‘rshapalaklar»ning qatorasiga ikkinchi finali bo‘lsada, Ektor Kuper jamoasi xuddi «Real» bilan bo‘lgani kabi, yana sovrinni qo‘lga kirita olmadi. Vaholanki, u «Arsenal», «Lids» to‘siqlaridan o‘tgan, «Bavariya» bilan tengma-teng kurashgandi. Biroq penaltilar seriyasida Kan Kanisaresdan ustun keldi. Ayala, Baraxa, Mendyeta, Aymar, Kili Gonsales va Karyular jamoasi esa samoviy meteordek kuyib ketdi.

2001/2002. «Bayer»

«Dorishunoslar» ikkinchi guruh bosqichida «Arsenal» va «Yuventus»dan ustun kelishdi, Toppmeller «Liverpul» va «MYU»ni tomoshabinga aylantirdi. Lekin finalda Raul va Zidan ularga imkoniyat qoldirmadilar. «Bayer» tarkibida Ballak, Lusio, Shnayder, Ramelov va Noyvillar to‘p surishgan bo‘lsada, Zayniddinning g‘alaba keltirgan goli javobsiz qoldi. «Dorishunoslar» Bundesligada ham g‘olib chiqa olmadilar...

2003/2004. «Portu» va «Monako»

Birdaniga ikkita «qattiq yong‘oq» jamoa finalda. Navqiron Mourinyo va Desham o‘shanda yuksak saviyali jamoani shakllantirgan edilar. Fransiyaliklar «Real» va «Chelsi»ni, portugallar «MYU»ni mahv etishdi. Keyin Joze jamoasiga qur’ada omad keldi. «Lion» va «Deportivo» «Yuventus» va «Milan»chalik kuchli emasdilar. Biroq italiyaliklarni La-Korunya jamoasi taslim etdi. Mourinyo Alenichev, Deku, Manishe va Karvalyular yordamida «Monako»dan ustun keldi.

2004/2005. «Liverpul»

«Qizillar» Istanbulda anderdoglarga aylanishdi. Buni birinchi bo‘lim natijasi isbotladi, chunki Benites shogirdlari 45 daqiqa ichida 3ta to‘p o‘tkazib yuborishgandi. «Liverpul» o‘sha mavsumda APLda g‘olib bo‘lmadi, o‘z muxlislarini faqat qo‘shimcha vaqtda «Alaves»ni 5:4 hisobida yengib, UYEFA Kubogi bilan xushnud etishgandi. Demak, «Milan»ga qarshi bahsdagi kambek - anderdog g‘alabasi. Jerrard va Dudek kubokni yaqqol favoritdan tortib olishdi, Anchelotti buyuk finalda yengildi.

2005/2006. «Arsenal»

«To‘pchilar» YECHLda juda yomon ishtirok etishgan, bir marta ham finalga chiqmagan edilar. APLdagi muvaffaqiyatlar esa «Arsenal»ni YECHLning pley-off bosqichida favoritlik maqomiga ko‘tara olmadi. Ronaldinyoning «Barselona»si «Chelsi» va «Milan» to‘siqlaridan o‘tdi, «Arsenal» «Real», «Yuventus»va «Vilyarreal»ni yengdi. Hal qiluvchi bahsda esa Lemann qizil kartochka olib, jamoadoshlarini qiyin vaziyatda qoldirdi. Uchrashuv 2:1 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi.

2009/2010. «Inter»

«Liverpul» va «Arsenal» autsayderlik maqomiga e’tiroz bildirishi mumkin, Mourinyoning «Inter»i esa chinakam anderdog. Ular «Chelsi» va «Barselona» to‘siqlaridan o‘ta olishlariga hech kim ishonmagandi. Chunki hatto SSKAni bir amallab yengishgandi. «Bavariya» «MYU» va «Lion» qarshiligini sindirish bilan ovora bo‘lgan pallada Joze yanada jangovar jamoani shakllantirdi. Garchi Lam, Robben, Shvaynshtayger va Myullerlar favorit maqomida to‘p surgan bo‘lsalarda, shohsupani milanliklar zabt etishdi va tasodifiy qirollarga aylanishdi.

2012/2013. «Borussiya D.»

Finalda Yurgen Klopp uchrashuv yakunida o‘zi bilan hamkorlikni taklif etgan va rad javobini olgan «Bavariya»ga duch kelgandi. Gyundogan, Roys va Xummels kabi iqtidorlar yordamida «arilar» Levandovskining pokeri evaziga «Real»dan final yo‘llanmasini tortib oldilar. Lekin hal qiluvchi bellashuvda kuchlari yetmay qoldi. Finallar to‘purari maqomi bilan tanilgan Manjukichning goliga Gyundogan penaltidan gol urib, javob qaytardi. Biroq Robbenning aniq zarbasi evaziga «Bavariya» uchinchi urinishda kubokni qo‘lga kiritdi.

2013/2014. «Atletiko»

O‘zining ikkinchi finalida Diyego Simeone tasodifiy mehmon emasdi. 2014 yilda uning shogirdlari nufuzli sovrin yo‘lida o‘zlaridan ancha kuchli hisoblangan «Barselona» va «Chelsi»ni musobaqadan chiqarib yuborish orqali ko‘pchilikni lol qoldirgan edilar. Ayni pallada «Real» nemis klublari - «Shalke», «Borussiya D.» va «Bavariya»ni taslim etgandi. Lekin «qirollik klubi» uchun ham final muhim ahamiyat kasb etgandi. Boisi, bu jamoa ham «Bayer» bilan to‘qnashganidan beri ilk marta sovringa yaqin kelgandi. Hal qiluvchi bellashuvning so‘nggi soniyalarida Ramosning aniq zarbasi «Real»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi, overtaymlarda esa favorit Kurtua, Vilya va Gabilar jamoasini mahv etdi.

2018/2019. «Tottenxem»

Yangi asrdagi o‘ta tasodifiy finalchi! «Portu»da kuchli tarkib va Mourinyo bor edi, «Inter» o‘z yurtida zafar quchgan, Pochettino «Ayaks»dan o‘ta olmagandi. Biroq kutilmaganda Moura yarim finalning qahramoniga aylandi. Sal avvalroq «Manchester Siti»ga qarshi bahsda «taqachilar»ga hakamlar bobida omad kulib boqqandi. Garchi Keyn, Eriksen, Vertongen va Lyorislar ajoyib futbolchilar bo‘lsalarda, hech kim ularni finalda kutmagandi. Londonliklar o‘yin davomida «Liverpul»ni bosim ostida ushlab turishdi, lekin Muhammad Saloh va Divok Origining gollari nufuzli sovrin taqdirini hal qildi.

2020/2021. «Chelsi»

«Liverpul», «Arsenal» va «Chelsi» klublari Valensiya, Portu yoki Leverkuzendagi kasbdoshlaridan farq qiladilar. Biroq anderdog uchun pulsiz yoki shon-shuhratsiz bo‘lish shart emas. So‘nggi yillardagi YECHLda raqobat shu qadar kuchliki, hatto «PSJ»dek grand ham atigi bir marta finalda maydonga tushdi. Shu sababli, mavsum davomida aynan Parij klubidan Tuxelni ilib ketgan «Chelsi»ni kubok bilan ko‘rish - syurpriz. Kante va Xaversning «Manchester Siti»dan ustun kelganligi - supersyurpriz! Shak-shubhasiz favorit finalda mag‘lub bo‘ldi.

2022/2023. «Inter»

11 autsayderning 4tasi kubok bilan. Inzagining «Inter»ini finalda kutishmagandi. Bu gal ham Istanbulda o‘ta kuchli tarkibga ega bo‘lgan sovrindor jamoa anchayin kamtar jamoaga qarshi maydonga tushdi. Benitesning «Liverpul»i 3ta nokdaundan keyin qaddini tiklab olgandi. «Neradzurri» bilan xorijliklar YECHKni qo‘lga kiritishgan, mahalliy murabbiy esa ikkinchi marta mahv etildi. Dastlabki finalda Inzagi jamoasi «Ayaks»ni yenga olmagandi.

 MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 12.09.2023 23:48. O'qildi: 3237 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Lasio 11 29
2 Inter 11 28
3 Roma 11 27
4 Milan 11 24
5 Komo 11 23
6 Frozinone 11 20
7 Yuventus 11 18
8 Bolonya 11 17
9 Kalyari 11 16
10 Napoli 11 15
11 Torino 11 14
12 Atalanta 11 14
13 Jenoa 11 13
14 Lechche 11 10
15 Fiorentina 11 9
16 Parma 11 8
17 Sassuolo 11 8
18 Monsa 11 7
19 Venesiya 11 6
20 Udineze 11 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

08.11.2026. «A» Seriya. 11-tur.
22:00
Inter
2-0
Komo

Navbatdagi uchrashuv

23.11.2026. «A» Seriya.
00:45
Atalanta
—
Inter

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik