Klub tarixi
«Lokomotiv» O‘zbekistondagi eng yosh jamoalardan biri hisoblanadi. Jamoa 2001 yilda «Davr» nomi ostida Ikkinchi ligada ishtirok eta boshlagan va dastlabki mavsumning o‘zidayoq Toshkent shahar hokimi kubogini qo‘lga kiritgan. Ushbu natija klub uchun Birinchi ligiga o‘tish turniriga yo‘l ochib berdi. Xorazmda o‘tkazilgan “pulka”da muvaffaqiyatli ishtirok etgan klub, Birinchi liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 2002 yilning 18 fevral kuni esa jamoa O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan “Lokomotiv” professional futbol klubi shaklida ro‘yxatga olindi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksionerlik temiryo‘l kompaniyasi klub bosh homiysiga aylandi va jamoa shu tariqa mamlakat chempionatiga kirib keldi.
2002 yilga mavsumda klub Birinchi ligada debyutant bo‘lishiga qaramay 7-o‘rinni band etdi. Lekin bu natija jamoa rahbariyatii qanoatlantirmadi. Shu bois jamoa oldiga Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi. Alatta, buni amalga oshirish oson emasdi. Tabiiyki, klub rahbariyati tarkibni tajribali futbolchilar bilan to‘ldirishga qaror qildi. V.Buntov, R.Bozorov, O.Shaskix, shuningdek, yosh iqtidorli futbolchilar — YU.Vintovkin, V.Galyanov, V.Gavrilov, J.Hamroaliyev, U.Ikramov, N.Nurullayev tarkibga jalb qilinishdi. To‘p Shoymardonov boshchiligidagi jamoa o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddaladi va Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Klub yaqin ta’qibchisi “NBU-Osiyo”ni 10 ochkoga ortda qoldirib ketdi va 1-o‘rinni egalladi.
2004 yildan e’tiboran jamoaning yangi tarixi yozila boshlandi. Jamoa O‘zbekiston chempionatining Oliy ligasida ishtirok eta boshladi. Klub yuqori divizionda munosib ishtirok etishi maqsadida O.Usmonxo‘jayev, V.Baranov, T.Madrahimov, M.Idiatullin, O.Isaboyev, S.Akbarov, U.Qobilov, SH.Sharipov, M.Ikramov, G‘.Halimtoyev, M.Dilmuhammedov kabi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Jamoa oldiga jiddiy vazifa qo‘yildi — kuchli beshlikka kirish. Bu maqsad yo‘lida klub bosh murabbiyligiga yosh, iqtidorli mutaxassis Andrey Miklyayev olib kelindi. Ammo yangilangan tarkib ushbu vazifani amalga oshira olmadi. Hal qiluvchi 23-turda “temiryo‘lchilar” poytaxtning “Traktor” jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi va mavsumda 6-o‘rinni band etishdi. 5-o‘rin esa aynan “Traktor”ga nasib etdi. Natijada Andrey Gennadyevich Miklyayev o‘z lavozimidan ozod etildi.
2005 yilgi mavsumni «Lokomotiv» tajribali Rustam Mirsadiqov qo‘lostida boshladi. Tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilindi. Yuriy Soy, Hikmat Hoshimov, Viktor Klishin jamoa bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, murabbiylar Sobir Usmonxo‘jayev, Aziz Haydarov, Haydar Pirnazarov kabi yosh va iqtidorli futbolchilarga ham ishonch bildirishdi. Birinchi davradan keyin «Lokomotiv» 5-o‘rinda borayotgandi. Lekin ikkinchi davrada jamoa o‘z mavqeini pasaytirib yubordi va natijada Mirsodiqov iste’foga chiqarildi. Mavsum yakuniga qadar jamoani To‘ra Shoymardonov boshqardi va «Lokomotiv» yakunda 10-o‘rinni egalladi.
Keyingi mavsum ham klub uchun oson kechmadi. “Temiryo‘lchilar” o‘z tarixlaridagi eng yirik mag‘lubiyatni aynan ushbu mavsumda qayd etishdi. 2006 yilda yana bosh murabbiy o‘zgardi. Mavsumni Ravshan Muqimov qo‘l ostida boshlagan jamoa, ikkinchi davrada tajribali Vyacheslav Soloxo rahbarligida o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rdi. Oliy liganing 15-mavsumini «Lokomotiv» turnir jadvalining 9-pog‘onasida yakunladi.
2007 yil ham «Lokomotiv» tarixida omadsiz mavsumlardan biri bo‘ldi. Bosh murabbiy V.Soloxo yoshlarga imkon berishni ma’qul ko‘rdi. Natijada mavsum o‘rtalariga kelib jamoa Oliy ligani tark etish xavfi ostida qoldi. Vaqtida amalga oshirilgan o‘zgarishlar natijasida «Lokomotiv» qiyinchilik bilan Oliy ligada o‘z o‘rnini saqlab qoldi.
Keyingi yil jamoada jiddiy o‘zgarishlar qilindi. Bosh murabbiylikka Sergey Kovshov taklif etildi. Andrey Miklyayev sport direktori lavozimini egalladi. Tarkib ham sezilarli darajada ko‘chaytirildi. Mavsum so‘ngida «Lokomotiv» marraga 8-o‘rinda yetib keldi.
2009 yilda jamoa oldiga kuchli beshlikdan joy olish vazifasi qo‘yildi. Shu maqsadda jamoaga mamlakat Olimpiya terma jamoalaridagi faoliyati orqali muxlislarga tanish Vadim Abramov bosh murabbiy etib tayinlandi. Yil yakunida «Lokomotiv» 6-o‘rinni egalladi. Abramov shogirdlari chempionatda «Paxtakor», «Nasaf», «Neftchi» va hatto yulduzli tarkibga ega «Bunyodkor»ga munosib qarshilik ko‘rsatishgani bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini tortdi.
Yangi mavsumda «O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK rahbariyati klub oldiga mavsumni sovrindorlar safida yakunlash vazifasini qo‘ydi. Tarkibga mahoratli futbolchilar jalb etildi. Natijada «Lokomotiv» 2010 yilgi mavsumni ajoyib tarzda boshladi. Ammo, bosh murabbiy Vadim Abramov milliy terma jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olgach, «Lokomotiv» o‘yinida pasayish kuzatildi. Alal-oqibat jamoa Oliy ligani tark etdi.
2011 yilgi mavsumni «Lokomotiv» yana 1-ligada o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Jamoa boshqaruviga rossiyalik mutaxassis Vazgen Manasyan taklif etildi va bir yildayoq jamoa o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddaladi.
2012 yilgi mavsum arafasida «Lokomotiv»ga Islom To‘xtaxo‘jayev, Islom Inomov, Dilshod Rahmatullayev, Aleksandr Shadrin, Jora Oganesyan, Romik Xachatryan, Maksim Kazankov, Ibroxim Rahimov, Sobir Usmonxo‘jayev hamda fransiyalik Muhammad Mustafo Bindilar kelib qo‘shildi. Bosh murabbiylikka Armanistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi Xoren Oganesyan tayinlandi. 2-davra oldidan tarkibga Akmal Xolmatov, Arturas Fomenko va Ildar Magdeevni qo‘shib olgan temiryo‘lchilar o‘yini sezilarli tarzda ko‘chaydi va yakunda bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
«Lokomotiv» OCHL-2013 saralash bahslarida omadsizlikka uchradi. Ammo, milliy chempionatda jamoa mazmunli o‘yin ko‘rsatib, bir qator klub rekordlarini yangiladi. Eng uzun g‘alabali seriya, eng sermahsul mavsum, eng uzun mag‘lubiyatsiz seriya, jamoaning O‘zbekiston milliy chempionatlaridagi 300-goli urilgani hamda 300-ochko qo‘lga kiritilgani shular jumlasidan. Va yakunda kumush medal qo‘lga kiritildi.
Yangi 2014 yilgi mavsumda ham muxlislar «Lokomotiv»dan yanada yuksak natijalarni kutishmoqda. Eng avvalo, jamoa o‘z tarkibini saqlab qoldi hamda I.Nesterov, J.Hasanov, L.To‘rayev, A.G‘ofurov, S.Mirzayev, E.Isaboyev, milliy terma jamoa a’zosi M.Bikmayev, ukrainalik V.Shevchenko hamda Moldova terma jamoasi vakili A.Kojokarlarni o‘z safiga qo‘shib olish orqali ko‘chaydi. Umid qilamizki, 2014 yilda temiryo‘lchilar o‘z muxlislariga orziqib kutilgan chempionlikni taqdim etadi. Olg‘a, «Lokomotiv»!!!
Bosh murabbiylar
2002 yil – Anvar Jabborov
2003 yil – To‘ra Shoymardonov.
2004 yil – Andrey Miklyayev.
2005 yil – Rustam Mirsodiqov (1-davra), To‘ra Shoymardonov – bosh murabbiy v.b. (2-davra)
2006 yil – Ravshan Muqimov (1-davra), Vyacheslav Soloxo (2-davra)
2007 yil – Vyacheslav Soloxo (8-turgacha), Ravshan Bozorov (9-15-turlar), Ravshan Muqimov (2-davra)
2008 yil – Sergey Kovshov (25-turgacha), Ravshan Muqimov – Andrey Miklyayev (birgalikda 25-30-turlar)
2009 yil – Vadim Abramov
2010 yil –Vadim Abramov (3-turgacha), Marat Miftaxutdinov (4-9 va 18-19-turlar),Andrey Miklyayev (10-13-tur), Tachmurad Agamuradov (14-17 va 20-26-turlar)
2011 yil – Vazgen Manasyan
2012 yil–Xoren Oganesyan (9-turgacha), Hakim Fuzaylov – bosh murabbiy v.b.
2014 yil – Vadim Abramov (hozirgi kungacha)
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Nasaf | 24 | 52 |
2 | OKMK | 24 | 41 |
3 | So‘g‘diyona | 24 | 40 |
4 | Navbahor | 24 | 39 |
5 | Paxtakor | 24 | 38 |
6 | Neftchi | 24 | 37 |
7 | Surxon | 24 | 33 |
8 | Dinamo | 24 | 29 |
9 | Qizilqum | 24 | 27 |
10 | Andijon | 24 | 26 |
11 | Olimpik | 24 | 25 |
12 | Bunyodkor | 24 | 24 |
13 | Lokomotiv | 24 | 21 |
14 | Metallurg | 24 | 17 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Nasaf | 9 | 18 |
2 | Paxtakor | 9 | 17 |
3 | Metallurg | 9 | 17 |
4 | Lokomotiv | 9 | 16 |
5 | Andijon | 9 | 15 |
6 | OKMK | 9 | 14 |
7 | Navbahor | 9 | 13 |
8 | Buxoro | 9 | 11 |
9 | So‘g‘diyona | 9 | 11 |
10 | Dinamo | 9 | 10 |
11 | Surxon | 9 | 8 |
12 | Qo‘qon-1912 | 9 | 7 |
13 | Qizilqum | 8 | 7 |
14 | Bunyodkor | 8 | 7 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Lokomotiv | 9 | 27 |
2 | Maksam-Chirchiq | 9 | 22 |
3 | Kogon | 9 | 19 |
4 | Bunyodkor | 9 | 14 |
5 | Ardus | 9 | 13 |
6 | Do‘stlik AIN | 9 | 13 |
7 | Paxtakor | 9 | 9 |
8 | Stroitel-Zarafshon | 9 | 7 |
9 | Turon-S | 9 | 4 |
10 | Nafis | 9 | 3 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Lokomotiv | 20 | 46 |
2 | Paxtakor | 20 | 37 |
3 | Navbahor | 20 | 31 |
4 | Bunyodkor | 20 | 27 |
5 | Metallurg | 20 | 19 |
6 | Buxoro | 20 | 10 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Lokomotiv | 20 | 48 |
2 | Dinamo | 20 | 41 |
3 | Qo‘qon-1912 | 21 | 41 |
4 | Mash’al | 22 | 38 |
5 | Sho‘rtan | 21 | 26 |
6 | Aral | 20 | 26 |
7 | Xorazm | 20 | 22 |
8 | Yunired | 20 | 18 |
9 | Navbahor Farm | 20 | 18 |
10 | G‘ijduvon | 20 | 16 |
11 | Andijon-SGS | 20 | 12 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Qo‘qon-1912 | 3 | 9 |
2 | Paxtakor | 3 | 6 |
3 | Lokomotiv | 3 | 3 |
4 | Buxoro | 3 | 0 |
07.11.2024. Superliga . 24-tur. | |||
18:15 | Dinamo |
1-2 | Lokomotiv |
24.11.2024. Superliga . 25-tur. | |||
17:15 | So‘g‘diyona |
-:- | Lokomotiv |
© STADION.UZ Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|