Kirish Registrasiya

STD.UZ/LOKOMOTIV

Lokomotiv

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Javohir Ilyosov: «O‘z vaqtim kelishiga ishonaman»

Yangi mavsum «Lokomotiv» uchun juda omadsiz boshlandi. «Temiryo‘lchilar» ilk rasmiy uchrashuv, ya’ni OCHL saralash bosqichidan o‘rin olgan muhim bahsda Tojikistonning «Istiqlol» klubidan alamli mag‘lubiyat qabul qilib olishdi. Superliga 1-turida «Andijon» ustidan g‘alaba qozonilgan bo‘lsada, o‘sha kuni mehmon rolida o‘ynagan vodiyliklar kamida bir ochkoga loyiq ko‘rinishdi. 2-turda esa Andrey Fyodorov jamoasi Namanganda «Navbahor» oldida shunchaki, ojiz qoldi. Albatta, jamoa yangitdan shakllantirilayotgani, tarkib keskin o‘zgarganini inobatga olish kerak. Deylik, avvalgi mavsum «Loko» sharafini himoya qilgan Anzur Ismoilov, Jamshid Iskanderov, Islom To‘xtajo‘jayev, Oston O‘runov kabi futbolchilar qishki transferlar vaqti «temiryo‘lchilar» bilan xayrlashishdi. Shunga qaramay, murabbiylar shtabi qisqa vaqtda har bir chiziqda raqobatni yuzaga keltirishga urindi. Misol uchun, ayni payt darvozani qo‘riqlayotgan tajribali Ignatiy Nesterovga iqtidorli Javohir Ilyosov raqobat taqdim etishga harakat qilmoqda. Aslida «Mash’al» tarbiyalanuvchisi katta futbolga aynan «Loko» safida qadam qo‘ydi va keyinchalik «Metallurg»da tajriba oshirdi, o‘zini ko‘rsatdi. Samvel Babayan olimpiya jamoasini boshqargan vaqt Javohirni tarkibga jalb etgandi. O‘tgan mavsum Nesterov Saudiyaning «Uhud» klubi bilan shartnoma tuzgach, «Loko» uning o‘rniga aynan Ilyosovni taklif qildi. Natijada u birinchi davrada jamoaning asosiy kiperiga aylandi, jumladan, OCHLda debyut qildi. Yakunda milliy jamoamiz yig‘iniga ham chaqirildi. Xullas, yaqinda Javohirni suhbatga tortib, ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ba’zi savollarga javob olishga urindik.

- Javohir, o‘tgan mavsum «Lokomotiv»ning asosiy tarkibidan joy oldingiz va faoliyatingizdagi eng yaxshi o‘yinlaringizni o‘tkazdingiz. Har holda, muxlislar nazariga tushdingiz, e’tirofga sazovor bo‘ldingiz. Lekin keyinchalik Nesterov qaytgach, o‘z-o‘zidan «soya»ga o‘tdingiz. Tajribali ampluadoshingizga raqobatda yutqazganingiz ruhiyatingizga salbiy ta’sir qilmadimi? Klubdagi kelajagingizga qanday qarayapsiz?

- Raqobatning salbiy ta’siri yo‘q. Axir biz futbolchilarmiz. Har qanday holatda ham, o‘zimizni professionallardek tutishimiz shart. Umuman, sog‘lom raqobatga munosabatim ijobiy. Chunki futbolchi raqobatsiz o‘sishga erishmaydi. Agar oldingizda kuchli raqobatchini ko‘rsangiz, o‘z salohiyatingizni namoyish etish uchun yanada qattiq ishlaysiz. Bu - koni foyda. Qisqasi, bir joyda to‘xtab qolmaysiz. Klubdagi kelajagimga kelsak, hozircha imkoniyatim kelishini kutmoqdaman. Bu har bir darvozabon faoliya­tida kuzatiladigan holat. Ishonamanki, mashg‘ulotlarda astoydil ishlasam, menga ham o‘ynash imkoniyatini berishadi, albatta. Ayni payt mashg‘ulotlarda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilyapman. Zaxirada qolayotganim men uchun ruhiy zarba emas, aksincha, qo‘shimcha motivasiya hisoblanadi. Hozir umumiy holatim ajoyib. Nolishga asos yo‘q. Hamma biladi, Nesterov yurtimizdagi eng tajribali va kuchli kiper. Undan ko‘p narsalarni o‘rganish mumkin. O‘zaro munosabatimiz ham yaxshi.

- «Lokomotiv» yangi mavsumni omadsiz boshladi. Bunga sabab sifatida nimani ko‘rsata olasiz? Balki jamoa o‘z o‘yinini topishda qiynalayotgandir... Misol uchun, «Andijon»ga qarshi kechgan 1-tur o‘yinida ham jamoangiz kutilgan darajada o‘ynolmadi. «Navbahor» bilan bo‘lgan o‘yin haqida-ku gapirish shart emas. Boisi, hamma ko‘rdi - jamoaning rejalari o‘xshamadi. Aytingchi, «Loko»ga aynan nima yetishmayapti?

- Shoshilmang, mavsum endi boshlandi. Xulosa chiqarishga hali erta. Jamoamiz hamisha o‘z oldiga yuksak vazifalarni qo‘yadi. Albatta, bu yil ham sovrinli o‘rinlardan joy olishni istaymiz. To‘g‘ri, bu oson emas. Zero, Superligada kuchli raqiblar ko‘paymoqda. Deylik, har bir ishtirokchi o‘z tarkibini imkon qadar kuchaytirdi. O‘ylaymanki, bizda ham tarkib chakki emas.

- Xo‘sh, sovrindorlar qatoriga kirishga nima turtki berishi mumkin, qaysi jihatni «Loko»ning ustun tomoni sifatida ayta olasiz?

- Birinchidan, ahil va inoq jamoamiz. Ichki muhit juda yaxshi. To‘g‘ri, hozirdan baralla gapirish yaramaydi. Bilasiz, futbolda soniyasiga o‘zgarish yuz bermoqda. Lekin jamoa bilan yuqori o‘rinlardan birini egallashimizga ishonaman.

- Demak, sizningcha, ko‘pchilik ayt­ganidek, «Loko» kuchsizlanmagan, shundaymi?

- Jamoaga nomlarga qarab, baho bermaslik kerak. «Loko» bir necha yillardan buyon kuchli klublardan biri ekanligini isbotlamoqda. Menimcha, bu yil ham aslo zaiflashmadik. Ketgan futbolchilar o‘rniga munosib ijrochilar kelishdi. Ha, hozir tarkibimizda yoshlar ko‘proq, lekin ular ham iqtidorli.

- Himoyaviy va qarshi hujumga asoslangan futbolga munosabatingiz qanday?

- Mudofaani mustahkamlagan holda qarshi hujumlardan samarali foydalanishga e’tirozim yo‘q. O‘tish davrida bunday usulni qo‘llashda yomon tomoni bo‘lmasa kerak.

- Dastlabki turlarda chakki taassurot qoldirmagan sobiq klubingiz - «Mash’al» haqida nima deya olasiz?

- «Mash’al» - o‘zbek futbolidagi yorqin alanga. Jamoaning Superligaga qaytganidan xursandman, natijalariga befarq emasman. Axir 9 yil davomida shu jamoada o‘ynadim. O‘ylaymanki, «Mash’al» hali o‘z otadiga ko‘ra, ko‘plab jamoalarni qiynab qo‘yadi.

Kiritildi: 27.03.2020 08:09. O'qildi: 2947 marta. Fikrlar: 0 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Lokomotiv 5 8
4 Nasaf 4 8
5 OKMK 5 8
6 So‘g‘diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Surxon 5 4
12 Dinamo 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2

OCHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Dinamo 0 0
2 Lokomotiv 0 0
3 Qizilqum 0 0
4 Zomin 0 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Futzal. Klublar o‘rtasida OCh

- Guruhi

Jamoa O' O

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Qo‘qon-1912 3 9
2 Paxtakor 3 6
3 Lokomotiv 3 3
4 Buxoro 3 0

So'nggi uchrashuv

04.04.2024. Superliga . 5-tur.
19:15
Lokomotiv
1-2
Andijon

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.