Kirish Registrasiya

STD.UZ/LOKOMOTIV

Lokomotiv

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Qobil Yunusov: «Lokomotiv» — mening hayotim!»

Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan hamkorlik o‘rnatganimdan keyin Qobil Yunusovning ishini tez-tez kuzatish imkoniga ega bo‘ldim. U nafaqat «temiryo‘lchilar» yutuqlariga zamin hozirlaganlardan biri sanaladi, balki klub tashkil etilgan pallalarda ham jonkuyarligi bilan ajralib turgan». Yaqinda sports.ru saytidagi «Uzbekskaya kuxnya» blogi muallifi Yevdokim Raimov «Lokomotiv» jamoasi boshlig‘i bilan intervyu uyushtirib, klub rahbariga shunday ta’rif bergandi. Quyida mazkur suhbatni qisqartirilgan holda e’tiboringizga havola etamiz.

- Salom, Qobil Bekovich! Siz klub tarixining boshidan beri ishlaydigan kam sonli fidoiylardan birisiz. Qanday qilib ushbu klubda ish boshlagansiz?

- 1999 yildan 2001 yilgacha Samarqandning «Dinamo» klubida ma’mur bo‘lib ishladim. «Lokomotiv»ning birinchi direktori Bahodir Nazirov meni klubga taklif qildi. Keyinchalik jamoa «Davr» deb nomlangan va o‘sha payt ikkinchi ligadan birinchi ligaga ko‘tarilgandi. Jamoa rahbari sifatida mana shu tarzda «Lokomotiv»ga kelib qoldim.

- Jamoa boshlig‘i o‘zi kim, qanday vazifalarni bajaradi? Oddiy muxlis uchun bu qiziq.

- Bu lavozim joylarda boshqacha nomlanadi: kimdir klub menejeri, kimdir texnik direktor deydi. Umuman olganda, jamoa rahbari futbolchilarning barcha kundalik hayotlari, ularning ko‘chib o‘tishi, ovqatlanishi, uy-joylari bilan shug‘ullanadi, barcha safar o‘yinlarini tashkillashtiradi, uy uchrashuvlarini tashkil qilish ustida ishlaydi, ya’ni barcha tashkiliy masalalar ularning bo‘ynida bo‘ladi. Va, albatta, ichki muammolar mavjud. Futbolchi harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin yoki u universitetda o‘qiydi. Bunday hollarda jamoa boshlig‘i futbolchiga yordam beradi, shunda o‘yinchi muammolar haqida emas, balki faqat futbol haqida o‘ylaydi.

- Pandemiya paytida yangi xususiyatlar bo‘lganmi? Biror narsa o‘zgarganmi?

- Albatta, bor edi. Bu kasallik bizni o‘zgartirdi, butun dunyoni o‘zgartirdi. Avvalo, biz sog‘lig‘imiz va gigiyenamiz uchun yanada mas’uliyatli bo‘ldik. Ular musobaqa tashkilotchilariga haroratni o‘lchagan futbolchilar ro‘yxatlarini berishni, xodimlarning o‘zlari ularning sog‘lig‘ini yaqindan ko‘rib chiqishni boshladilar. Ammo biz ko‘rgan eng katta kamchilik - bu tomoshabinlarsiz o‘yin edi. Zero, futbol tomoshabinlar uchun.

- 2011 yilda jamoamiz birinchi ligaga tushib ketdi. O‘shanda klubda qanday atmosfera hukm surgandi?

- Aksincha, bu holat «qayta tug‘ilish» imkonini berdi. Bizda tushkunlik kayfiyati bo‘lmagan va o‘z ustimizda qattiqroq ishlay boshladik. 2012 yilda, ligaga katta kuch bilan qaytib kelganimizdan so‘ng, darhol sovrinni qo‘lga kiritdik.

- Oliy divizionga qaytgandan so‘ng, jamoa nafaqat o‘yin jihatidan, balki chempionlik sari safarini boshladi. Shuningdek, homiylarni jalb qilish, «Lokomotiv»ni O‘zbekistonda taniqli brendga aylantirishga qanday erishdingiz?

- Yaxshi savol. Bu 2011 yilda boshlangan. Bizga «Oriyent Financ Bank» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» homiylik qila boshladi. Strategiyamizni o‘zgartirdik va homiylar tufayli tajribali futbolchilarni taklif qildik, ular nafaqat «cho‘qqi»ga qaytishimizga, 2012 yilgi bronza medallarining qo‘lga kiritilishida ham yordam berishdi. Fan-klub yaratdik, fan-klub menejeri lavozimini joriy etdik va shu tufayli faol ravishda muxlislarni jalb qila boshladik.

- To‘labek Akramov o‘z «Tvitter»ida homiylar bilan hamkorlik tufayli 1,5 milliard so‘m ishlab topilganligini yozdi. Amaldagi byudjet 2000-yillarga qaraganda sezilarli darajada ko‘paydimi?

- 2000-yillarda bizning birinchi smetamiz 150 000 000 so‘mni tashkil qilgan. Albatta, har yili inflyasiya tufayli kurslar ko‘tarilib bordi. Ammo o‘sha paytda biz ushbu miqdorga qoniqardik va o‘zimiz uchun hamma sharoitlarni yaratib oldik. Hatto xorijdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini ham tashkil qilardik. Endi bizning yoshlar jamoalariga, shu jumladan, qurilayotgan futbol akademiyasiga ma’lum miqdorda pul ajratilmoqda. Bolalar bemalol o‘qishlari va yaxshi sharoitlarda futbol o‘ynashlarini ta’minlash bo‘yicha katta rejamiz bor.

- «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning klub tarixidagi o‘rni to‘g‘risida gapirib bering.

- Bu bizning asosiy va 20 yillik bosh homiyimiz hisoblanadi. Albatta, ularga katta rahmat. Ko‘plab futbolchilar tarbiyaladik, ko‘pchiligi xorijda o‘ynashyapti. Achilbay Jumaniyazovichning ham bu yerda hissasi katta, u mamlakatimizda faol futbolni qo‘llab-quvvatlaydi va muntazam ravishda bizni kuzatib boradi.

- Jamoa 2012 yilda ilk marta medallarini qo‘lga kiritganida o‘zingizni qanday his qildingiz? Chempionatlik haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

- Bu bizning birinchi medalimiz edi. Juda xursand bo‘ldik, lekin oldimizda muhim vazifalar borligini bilardik. Birinchi o‘rin, Chempionlar Ligasidagi ishtirok... Bu yo‘lda mehnat qilgan barchaga minnatdorlik bildiraman.

- «Lokomotiv»dagi faoliyatingiz davomida sizga boshqa jamoalardan takliflar bo‘lganmi? Agar shunday bo‘lsa, nega ularni rad etdingiz?

- Klubning ilk kunlaridanoq birga bo‘layotganlar meni yaxshi tushunishadi. Biz klubning paydo bo‘lishida ishtirok etganmiz. Bu bizning yo‘limiz. O‘zimning mehnatimdan voz kecha olmayman. Bu sizning 20 yoshlik bolangizga o‘xshaydi. Menda takliflar bor edi, ammo jamoani tark eta olmadim. Agarda bir kun kelib klubga kerak bo‘lmasam, o‘z o‘rnimni bo‘shatib bera olaman.

- Nima deb o‘ylaysiz, nima uchun o‘tgan yili jamoamiz muvaffaqiyat qozona olmadi?

- Birinchi davrada pandemiya tufayli yaxshi o‘yin ko‘rsatolmadik. Jamoani Andrey Fyodorov boshqarayotgandi. Uni barcha yaxshi biladi. Ehtimol, pandemiya bilan bog‘liq nostandart vaziyat tufayli o‘z darajamizni ko‘rsata olmagandirmiz. Keyin Fyodorov Rossiyaga ishlashga taklif qilindi va jamoani Temur Kapadze qabul qildi. U yigitlarni birlashtirdi va biz ko‘tarilishni boshladik. Chempionat pandemiya holatidagi kabi markazlashgan emas, balki o‘zining oldingi tizimi kabi o‘tkazila boshlandi. Shundan keyin futbolchilarimiz o‘zlarini ko‘rsatdilar. Ammo birinchi davrada juda ko‘p yutqazganimiz sababli, turnir jadvalining o‘rtalarida qolib ketdik.

- Mikayel Sekeyra haqidagi fikringiz qanday?

- Birinchi kunlardanoq u haqida ijobiy fikrdaman. Axir men ko‘plab murabbiylarni ko‘rganman. Avvaliga u jamoaga, bizning mentalitetimizga o‘rganib oldi. Mamlakatimizga moslashgandan so‘ng, «Lokomotiv» bilan g‘alaba qozonishni boshladi. Ishonchim komilki, Sekeyra bilan jamoamiz o‘z rejalariga erisha oladi. U juda yaxshi mutaxassis va o‘z ishining ustasi.

- Sir emaski, «Lokomotiv» nafaqat asosiy tarkibni, balki ayollar futboli, futzal va o‘z akademiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Shu haqida qisqacha fikr bersangiz.

- Aytganimdek, ilgari bizda faqat asosiy va yoshlar jamoalari bor edi, xolos. Endi ayollar futboli, futzalni rivojlantirishimiz mumkin. Menimcha, barcha klub bolalar futbolini rivojlantirishdan boshlashi kerak. Biz ayollar futboliga ham, mini futbolga ham katta e’tibor beramiz. O‘zbekiston futzal jamoasi jahon chempionatida ham qatnashishni boshladi. Bundan tashqari, bu yildan boshlab biz U-18 jamoasini tuzdik, ularning o‘yinini tomosha qilish zavqli. Menimcha, deyarli barcha uchun bolalar futboli qiziq. Aynan ular voyaga yetib, jamoani sovrinlar sari yetaklashlari mumkin.

- «Lokomotiv»ning iqtidorli yoshlaridan qaysi birini ajratib ko‘rsatasiz?

- O‘tgan yillar davomida yoshlar jamoamiz tarkibida o‘ynagan yigitlar - Dilshod Komilov, Jalollidin Jumaboyev kabi futbolchilar asosiy tarkibimizda ham o‘ynashmoqda. Mavsum boshida Abdumavlon Abdujalilovni qo‘lga kiritdik. Ikrom Aliboyev bizning futbol maktabimizda chiqqan va ayni damda Janubiy Koreyada o‘ynamoqda. Quvondiq Ro‘ziyev ham bizning maktabimizda tarbiya topgan. Kelajakda asosiy jamoamizda o‘ynay oladigan yoshlarimiz juda ko‘p. Akademiya va yoshlar jamoalariga qaratiladigan e’tibor doimo o‘z mevalarini beradi.

- «Lokomotiv» tarixidagi eng yaxshi tarkib qaysi yili jamlangan, deb hisoblaysiz?

- 2013 va 2016 yillarda yaxshi jamoalarimiz bo‘lgan. To‘g‘risi, biror jamoamizni ajratib ko‘rsata olmayman. Uzoq yillar davomida tarkibimizda kuchli futbolchilar o‘ynadi.

- Klub tarixidagi eng yaxshi 3 nafar eng yaxshi futbolchini sanab bera olasizmi?

- Uzoq vaqt davomida klubning to‘purari bo‘lgan, hozir esa bolalar maktabimiz murabbiyi sifatida ishlayotgan Marsel Idiatullinni alohida ta’kidlamoqchiman. Uzoq yillar oldin tarkibimizda o‘ynagan Aziz Haydarov ham. U keyinchalik jamoadan ketdi, terma jamoada o‘ynadi va biz bilan faoliyatini yakunlandi. Islom To‘xtaxo‘jayev. Balki u boshqa klub tarbiyalanuvchisidir. Ammo Islom biz uchun ancha vaqt davomida harakat qildi.

- Eng yaxshi 3 nafar murabbiy?

- To‘ra Shoymardonov. 2004 yilda jamoamizni yuqori ligaga olib chiqishda uning katta xizmatlari bor. Shuningdek, Mirko Yelichich va Temur Kapadzeni ham qo‘shib ketaman.

- Eng esda qolarli o‘yin?

- Chempionlar Ligasida Qatarning «As-Sadd» jamoasiga qarshi bahs. Yodimda, dastlabki o‘yinda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldik. Toshkentda esa ularni 5:0 hisobida tor-mor etganmiz.

- «Lokomotiv» siz uchun nimani anglatadi?

- Bu - mening hayotim!

Yevdokim RAIMOV suhbatlashdi

Kiritildi: 18.07.2021 11:28. O'qildi: 2549 marta. Fikrlar: 0 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Lokomotiv 5 8
4 Nasaf 4 8
5 OKMK 5 8
6 So‘g‘diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Surxon 5 4
12 Dinamo 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2

OCHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Dinamo 0 0
2 Lokomotiv 0 0
3 Qizilqum 0 0
4 Zomin 0 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Futzal. Klublar o‘rtasida OCh

- Guruhi

Jamoa O' O

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Qo‘qon-1912 3 9
2 Paxtakor 3 6
3 Lokomotiv 3 3
4 Buxoro 3 0

So'nggi uchrashuv

04.04.2024. Superliga . 5-tur.
19:15
Lokomotiv
1-2
Andijon

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.