Kirish Registrasiya

STD.UZ/LOKOMOTIV

Lokomotiv

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Grigoriy Kolosovskiy: «Bunday holatdagi maydonda futbol o‘yinlari o‘tkazishga kim ruxsat berayotgan ekan?»

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy O‘zbekiston kubogi 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Buxoro"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Qiziqarli va quvnoq o‘yin bo‘ldi. Muxlislar bu bahsdan zavq olishdi deya olaman. «Buxoro» kubokdagi ilk ochkolarini qo‘lga kiritdi. Bu o‘yinda ko‘p narsa ruhiy holatga bog‘liq bo‘ldi. Yigitlar Superliga jamoasini mag‘lub etish bosimi ostida vaziyatlardan foydalana olishmadi. Ko‘p bosim uyushtirdik, yaxshi vaziyatlar yaratdik. Biroq bundan foydalanishda qiynalyapmiz. Birinchi bo‘limning o‘zida o‘yin taqdirini hal qiladigan vaziyatlar yaratgandik. Maydon holatini tariflab o‘tish kerak. Tashqaridan qaraganda stadion yam-yashil chimga o‘xshaydi. Biroq o‘t uzun, maydonning ichi esa sahro kabi qup-quruq. Maydon holati sababli bizning futbolchi Jasur Hakimov, raqiblar futbolchisi oyog‘ini qayirib oldi. Bunday holatdagi maydonda futbol o‘yinlari o‘tkazishga kim ruxsat berayotgan ekan... Yaxshiroq holatdagi maydonda futbol o‘ynashni istagandik.

O‘yin davomida hakamlarning ayrim qarorlari ham mezbonlar foydasiga bo‘ldi. Ikki vaziyatda to‘p raqib jarima maydonchasi ichida raqiblarning qo‘liga tegdi. Qanotda raqib futbolchisi Akaki Shulayaga tik oyoqda tashlandi. Bosh hakam ham, vaziyat yonida bo‘lgan qanot hakami ham bu vaziyatlarda indamadi. Bu vaziyatlarga boshqacha reaksiya qilinishi kerak edi. Albatta, bu bizning fikrlar. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olish ham kerak. Gol urmasak g‘alaba ham kelmaydi. «Buxoro» esa ikkita vaziyat yaratdi, boshqa biror vaziyatini eslay olmayman ham. Ular o‘sha vaziyatlardan gollar urishdi. «Buxoro» jamoasi muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman.

— «Lokomotiv» kubokda o‘z oldiga maqsad qo‘yganmi?

— Ha, guruhdan chiqishni niyat qilganmiz. Bizda guruh juda qiyin. Bu guruhda kurash oxirgi turgacha davom etadi. Namangandagi o‘yin natijasini bilmayman, «Bunyodkor» g‘alaba qozongan bo‘lsa kerak. Bizning oldimizda faqatgina «Bunyodkor»ni mag‘lub qilish yo‘li qoladi.

— Bugun «Lokomotiv» Superliga jamoasiga qarshi o‘ynadi. Umuman olganda Superliganing Pro-liga jamoalaridan farqi bormi?

— Bugun bizning Pro-liga jamoasi ekanligimiz sezildimi? Birinchi bo‘limda Superliganing sovrinli o‘rinlarga kurashayotgan jamoa kabi katta kurash taklif etdik. Yaratgan vaziyatlarimiz gollar urib bo‘lmaydigan vaziyatlar emasdi. Shunchaki o‘zimiz gol ura olmadik. Albatta, Superligada o‘yinlar tezroq, kurashlar ko‘proq. Bizda raqiblarda tarkib yoshroq. Superligada esa tajriba ko‘p. Bu o‘z so‘zini aytdi. Tajriba, mahorat evaziga raqiblar o‘z vaziyatlaridan foydalanib ketishdi. «Buxoro»ga Superligadagi o‘yinlarda omad tilayman. Kelasi yili ular bilan Superligada kuch sinashamiz.

Kiritildi: 23.04.2025 21:54. O'qildi: 966 marta. Fikrlar: 0 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Nasaf 14 32
2 Dinamo 13 28
3 Navbahor 14 26
4 Bunyodkor 14 24
5 Neftchi 13 24
6 OKMK 14 24
7 Paxtakor 14 23
8 Andijon 14 17
9 Surxon 14 17
10 Mash’al 14 15
11 Xorazm 14 14
12 Qizilqum 14 14
13 So‘g‘diyona 14 13
14 Buxoro 14 12
15 Qo‘qon-1912 14 12
16 Sho‘rtan 14 9

Elit OCHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Buxoro 3 6
2 Lokomotiv 3 6
3 Bunyodkor 3 6
4 Namangan FA 3 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Futzal. Klublar o‘rtasida OCh

- Guruhi

Jamoa O' O

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Qo‘qon-1912 3 9
2 Paxtakor 3 6
3 Lokomotiv 3 3
4 Buxoro 3 0

So'nggi uchrashuv

21.05.2025. O‘zbekiston kubogi . 3-tur.
17:30
Bunyodkor
0-1
Lokomotiv

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.