Kirish Registrasiya

STD.UZ/LOKOMOTIV

Lokomotiv

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Grigoriy Kolosovskiy: «Bu mag‘lubiyatda murabbiylar shtabining aybi katta»

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy Proliganing 4-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Olimpik Mobiuz" klubiga qarshi o‘yin (0:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Raqibni haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Ular qanday futbol o‘ynash, to‘p uchun qanday kurashish kerakligini ko‘rsatdi. Bu mag‘lubiyatda murabbiylar shtabining aybi katta. Biz har bir to‘p uchun kurashish kerakligini, maydonga tushgandan keyin hech kim uch ochkoni shunchaki sovg‘a qilib yubormasligini yaxshi uqtira olmaganmiz. Ushbu ligada barcha jamoalar bizga raqobat qilish uchun harakat qilyapti. Kombinasiyali futbol va uzun paslar orqali o‘yin o‘rtasida adashib qoldik va faqatgina qanotdan uzatmalar bilan to‘xtab qoldik. O‘yinimiz o‘xshamadi. Penaltidan gol ura olmadik va qarshi hujumni o‘tkazib yubordik. Markaziy himoyada qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydik, raqibning darvozabonimiz bilan birga-bir holatga chiqib berishiga va penalti ishlashiga yo‘l qo‘ydik. O‘sha muammo pand berdi: vaziyatlar yarata oldik, biroq gol ura olmadik. Hatto o‘tkazib yuborilgan goldan keyin ham biz hisobni tenglashtirishimiz, balki, g‘alaba golini urishga yetarlicha vaziyat yaratdik. Biz juda yomon o‘ynadik. Raqiblar qanday kurashish kerakligini ko‘rsatishdi. Buni rad etib bo‘lmaydi. G‘alaba bizdan ko‘ra ularga munosibroq edi.

— Bunga qadar matbuot anjumanida siz «Lokomotiv» faqatgina qog‘ozda favorit ekanligini aytgandingiz.

— Ha, istalgan jamoa maydonga tushib, kurashyapti. O‘zidan yaxshi taassurot qoldirishni istamoqda. Yigitlar yosh, barcha harakat qilyapti, qayerdadir kimlardir ajralib turibdi. Hatto darvozabonimizga bir necha marta jarohat yetkazishdi. Futbolchilarimiz barchasi oson o‘tib ketadi deb o‘ylashgandi. Biroq bunday emas. Natija adolatli. «Olimpik-Mobiuz» g‘alabani haqli tarzda qo‘lga kiritdi.

— Urilmagan penalti haqida nima deya olasiz?

— Penalti lotereya kabi bir gap. Gol ura olmadik. Darvozabon boshqa burchakka sakradi, to‘p esa boshqa tomonga ketdi. Bu istalgan futbolchi bilan sodir bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda Shulaya penaltini tepishi kerak, u shunchaki gol ura olmadi. Shu penaltidan keyin biz qarshi hujumda qo‘pol xato qildik, keyin penaltidan gol qo‘yib yubordik. Bugun himoyachilarimiz qoniqarsiz o‘yin ko‘rsatishdi.

— Bugun «Lokomotiv»ning chap qanot himoyasida katta muammo borligini ko‘rdik. Xosrov Xananov nega o‘yinda ishtirok etmadi va Ibrohim Yo‘ldoshevning holati qanaqa?

— Ibrohim Yo‘ldoshev ikki o‘yin oldin jarohat oldi. Hali u tayyor emas. Xosrov esa oilaviy sabab tufayli uchrashuvda qatnasha olmadi. Kozakka yana bir imkoniyat bergandik, biroq u imkoniyatdan foydalana olmadi. O‘ng qanotimizdan ko‘p hujumlar uyushtirayotgan bo‘lsak, chap qanotimizda muammolar katta. Bu qanotdan juda kam uzatmalarimiz o‘tmoqda. Chap qanotdagi o‘yinimiz sifatini, hujumkorligini oshirish ustida ishlaymiz. Chunki o‘ng qanotdan biz ko‘proq vaziyatlar yaratmoqdamiz.

Kiritildi: 28.04.2025 07:24. O'qildi: 752 marta. Fikrlar: 0 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 OKMK 9 22
2 Nasaf 9 19
3 Dinamo 8 18
4 Bunyodkor 9 16
5 Neftchi 8 15
6 Navbahor 9 14
7 Paxtakor 9 12
8 Qo‘qon-1912 9 12
9 Qizilqum 8 11
10 Mash’al 9 11
11 Surxon 9 10
12 Andijon 9 9
13 So‘g‘diyona 9 8
14 Xorazm 8 8
15 Buxoro 9 6
16 Sho‘rtan 9 2

Elit OCHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bunyodkor 2 6
2 Lokomotiv 2 3
3 Buxoro 2 3
4 Namangan FA 2 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Futzal. Klublar o‘rtasida OCh

- Guruhi

Jamoa O' O

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Qo‘qon-1912 3 9
2 Paxtakor 3 6
3 Lokomotiv 3 3
4 Buxoro 3 0

So'nggi uchrashuv

23.04.2025. O‘zbekiston kubogi . 2-tur.
16:30
Buxoro
2-0
Lokomotiv

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.