Kirish Registrasiya

STD.UZ/LOKOMOTIV

Lokomotiv

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Mirko Yelichich: «Men uchun maydondagi tartib-intizom juda muhim ahamiyatga ega»

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich Proliganing 13-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Jayhun"ga qarshi o‘yin (5:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Hisobni qarashsa, yengil o‘yin bo‘lgan deb hisoblashlari mumkin, biroq bu ligada yengil o‘yinlar bo‘lmaydi. «Jayxun» jamoasi menga yoqdi, ular maydonda o‘zlarini yaxshi tutishadi, futbol o‘ynashga harakat qilishadi. Bugun ularga nimadirlar yetishmadi, balki tajriba yetishmagan bo‘lishi mumkin. Balki uzoq yo‘ldan keyin yigitlarda kuch qolmagandir. Mening jamoamda esa yaxshilanish va rivojlanish bor. Qadam va qadam oldinga harakatlanyapmiz.

— Natijani bir chetga surgan holda: futbolchilar ko‘rsatmalarni qanchalik bajarishdi? O‘yindan mamnunmisiz?

— Men shunday odamman, doimo norozi bo‘laman. Men uchun doimo o‘yinda o‘xshagan ishlardan o‘xshamagani ko‘proq bo‘ladi. Doimo bu holatlarni yaxshilashga, rivojlantirishga harakat qilaman. Istalgan inson aytishi mumkin, mening eng yaxshi jamoam shu. Shu sababli har doim rivojlantirish yo‘lida ishlayman. Hozirgi holatda, balki, hisob unchalik muhim bo‘lmagandir. Biroq o‘yinda ko‘rindiki, nimalarnidir yaxshilash kerak. Yaxshi tomoni shundaki, ishlarimiz ko‘rina boshlandi.

— Bugun debyutini amalga oshirgan Husanov va Abdusalomovning o‘yinini qanday baholaysiz? Ularga yana imkoniyat beriladimi?

— Buni bilmadim, kelgusi ishlarni taxmin qilib bo‘lmaydi. Jarohatlar yoki kartochkalarda muammolar bo‘lishi mumkin. Hozir ikkinchi davradamiz. Ya’ni, ko‘p narsalarni o‘zgartirmay katta kuch bilan futbol o‘ynash mumkin, keyin mavsum yakunlanadi. Nimalarnidir o‘zgartirish esa ochkolarning yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hudo xohlasa ularga yana imkoniyat beramiz. Lekin bu savolga aniq javob bera olmayman.

— Maydondagi tartib-intizom Siz uchun qanchalik muhim?

— Juda muhim. Ilk navbatda futbolchi maydondagi vazifasini tushunishi kerak. Kim tushunmasa maydondagi ishini tugataverishi kerak. Uning vazifasini qanchalik tushunishini maydondagi tartib-intizomidan sezsa bo‘ladi: professional va jamoaviy bo‘lish muhim. Har doim ishlashda davom etish kerak, lekin mayda detallar ham bor. Ishlaring yaxshi ketayotgan bo‘lsa, ishlashni to‘xtatish kerak degani emas, yanada kuchayish darkor.

— Qisqa muddat ichida 3ta o‘yin o‘tkazdingiz. Endi 20 kundan ko‘proq ta’til bor. Bu vaqt ichidagi rejalar qanday?

— Bu biz uchun noqulay. Dunyoning barcha ligalarida ham bunday bo‘lmasa kerak. Ligada o‘zi oltitagina jamoa bor, o‘yinlar soni yetarli emas. Liganing qanday ekanligini his qilib bo‘lmaydi. Keyin ta’til yuzaga keladi va jarayonni buzib qo‘yadi. Shu sababli bu davr uchun yaxshi raqiblar izlayapmiz va mashg‘ulotlarda qattiqroq ishlashimiz kerak bo‘ladi.

— Demak, kichik yig‘in tashkillashtiriladi?

— Ha, mini-yig‘in desak ham bo‘ladi. Bizni ikkita o‘rtoqlik o‘yini kutib turibdi. Bu o‘yinlarda ham jamoaviylikni oshirishimiz kerak bo‘ladi. Ikkinchi davra uchun qanday jismoniy yuklama berishni ham bilib bo‘lmaydi. Deyarli bir oy mashg‘ulot olib boramiz. O‘yinlarga borganda nimadirlar yetishmay qolishi ham mumkin. Shu boisdan o‘yinni tushunish va jismoniy yuklama bo‘yicha ishlar olib boramiz.

— Jamoani tonusda ushlab turish qiyin bo‘ladimi?

— Tonusda ushlab turish kerak. Buni o‘yinlar orqali amalga oshiramiz. Biroq bu qanday o‘yin uslubi bilan o‘ynashga va raqibning o‘yiniga ham bog‘liq. Raqiblar har xil o‘ynaydi, shu sababli talablar ham boshqacha bo‘ladi. Raqiblarni qanchalik yaxshi bilib olsak, ularga qarshi o‘ynash osonroq bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 24.08.2025 06:42. O'qildi: 477 marta. Fikrlar: 0 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 21 42
3 Paxtakor 21 39
4 Bunyodkor 21 38
5 Dinamo 20 38
6 OKMK 21 37
7 Navbahor 21 33
8 Qizilqum 21 26
9 So‘g‘diyona 21 24
10 Surxon 21 24
11 Andijon 20 21
12 Qo‘qon-1912 21 21
13 Mash’al 21 21
14 Xorazm 21 19
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 21 11

Elit OCHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Buxoro 3 6
2 Lokomotiv 3 6
3 Bunyodkor 3 6
4 Namangan FA 3 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Futzal. Klublar o‘rtasida OCh

- Guruhi

Jamoa O' O

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Qo‘qon-1912 3 9
2 Paxtakor 3 6
3 Lokomotiv 3 3
4 Buxoro 3 0

So'nggi uchrashuv

21.05.2025. O‘zbekiston kubogi . 3-tur.
17:30
Bunyodkor
0-1
Lokomotiv

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.