Kirish Registrasiya

STD.UZ/LOKOMOTIV

Lokomotiv

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Sardor Mirzayev: «Jamoamizga foydam tegsa xursand bo‘laman»

Sardor Mirzayev jarohat sabab yaqin ikki yil futbol o‘ynay olmadi. U OKMKda juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi.

«Lokomotiv»ga kelganida ham zo‘r formada emasdi. Sekin-asta tiklanib bordi va hozirgi payt o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Mirzayev klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida bir nechta fikrlarni bildirdi.

«Nasaf» bilan o‘yin haqida
— O‘yin yaxshi kechdi. Boshida kutilmaganda gol o‘tkazib yubordik, shunga qaramay o‘z kuchimizga ishongandik. Juda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

Bosh bilan urgan goli haqida
— Bu golni uzoq kutdim. Anchadan beri to‘p kiritishni o‘ylab yurgandim. G‘uzorda «Mash’al» darvozasiga ham gol urgandim, biroq hisobga olinmagandi. Jamoamizga foydam tekkanidan xursandman. Niyatim ko‘proq gol urib «Lokomotiv»ga foyda keltirish.

Futbolda hamma gol muhim. Tanaffusga hisobni tenglashtirib chiqib ketganimiz yaxshi bo‘ldi. Bosh bilan urgan gollarim sanoqli emas, juda ko‘p urganman.

G‘alabani kimga bag‘ishlagani haqida
— Jamoamizga bag‘ishladim. Bizga uch ochko juda zarur edi. Turnir jadvalida jamoalar zich joylashgan. Juda qiziq chempionat ketyapti. Holatimizni biroz bo‘lsa-da yaxshilab oldik. Shu ruhda davom etishga harakat qilamiz.

Hozirgi sport formasi haqida
— Jarohat sabab uch hafta o‘ynay olmadim. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman.

Olti yildan keyin O‘zbekiston chempionatida gol urgani haqida
— Ha, bu juda katta muddat. Orada to‘rt yilni Tailandda o‘tkazdim. Qaytganimdan keyin jarohat olib yana maydonga tusha olmadim. Uzoq vaqtni davolanish bilan o‘tkazdim.

Shuncha payt sabr qilgani haqida
— Hammasi uchun Xudoga shukur qilaman. Jarohat sabab chetda qolish og‘ir. Ayniqsa bu yoshda oson kechmaydi. Ko‘pchilik futbolni tugatib qo‘yganini ham bilamiz. To‘g‘risi, menda ham shunaqa o‘y bo‘ldi. Tugatsammi deb o‘yladim. Lekin harakatdan to‘xtamadim. Sabr qilib sog‘ayishimni va maydonga qaytishni kutdim. Yonimda yaqin insonlar borligi dalda berdi.

Fursatdan foydalanib OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga, klub bosh direktori Baxodir Mirzayevga rahmat aytmoqchiman. Ular jarohatdan tiklanishim uchun ko‘p yordam berishdi. Keyin jamoani tark etdim, Olmaliq jamoasiga o‘zim xohlagandek yordam bera olmadim. Balki kelajakda yana yo‘llarimiz kesishar.

Ikkinchi yoshlikka qaytishi haqida
— (kuladi) Hammasi Xudodan. Kuchim yetguncha futbol o‘ynamoqchiman. Kuchim yetmasligini sezsam faoliyatimni tugataman.

Tailand chempionati haqida
— Tailanddagi to‘rt yil o‘zim uchun yaxshi o‘tdi. U yerda uch mavsum harakat qilib 30 ta gol urdim, 25 tacha golli pas berdim. Yaxshi taassurot qoldirdim deb o‘ylayman, yo‘qsa uzoq vaqt o‘ynamagan bo‘lardim.

Yoshlarga Tailandga borishni maslahat bermagan bo‘lardim. Baribir Tailand chempionati saviyasi biznikidan past. Men 30 yoshdan keyin ketganim uchun buni normal holat deb o‘ylaganman. Lekin yoshlar bormasin deyman, faqat Yevropani ko‘zlash kerak.

Kiritildi: 27.04.2026 15:42. O'qildi: 721 marta. Fikrlar: 0 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Neftchi 11 28
2 Paxtakor 11 26
3 Buxoro 11 20
4 Navbahor 10 19
5 Bunyodkor 11 19
6 OKMK 11 16
7 Lokomotiv 10 14
8 Andijon 10 13
9 Nasaf 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Qizilqum 10 13
12 Surxon 11 12
13 Dinamo 11 11
14 Qo‘qon-1912 11 11
15 So‘g‘diyona 11 9
16 Mash’al 11 0

Elit OCHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Buxoro 3 6
2 Lokomotiv 3 6
3 Bunyodkor 3 6
4 Namangan FA 3 0

Futzal

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Futzal. Klublar o‘rtasida OCh

- Guruhi

Jamoa O' O

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Qo‘qon-1912 3 9
2 Paxtakor 3 6
3 Lokomotiv 3 3
4 Buxoro 3 0

So'nggi uchrashuv

27.04.2026. Superliga . 10-tur.
19:00
OKMK
2-1
Lokomotiv

Navbatdagi uchrashuv

04.05.2026. Superliga . 11-tur.
19:00
Lokomotiv
-:-
Qizilqum
© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.



счётчик