Саҳифа ҳар 1 дақиқада автоматик янгиланади.
    
        | 1-тур. 09.03.2021. соат 18:30 | 
    
        | АГМКЭлвин Фортес(3)Касян(75)
 | 2 : 1 | ЛОКОМОТИВСанжар Қодирқулов(36) | 
    
        | ЖАМОАЛАР ТАРКИБИ | 
    
        | 1.Ботирали Эргашев 77.Дилшод Аҳмадалиев
 8.Бобур Йўлдошев
 7.Сардор Раҳмонов
 2.Акром Комилов
 23.Йован Жокич
 17.Санжар Турсунов
 22.Санжар Шоаҳмедов
 94.Элвин Фортес
 18.Александр Касьян
 11.Мурод Тошматов
 |  | 35.Жавоҳир Илёсов 28.Шуҳрат Муҳаммадиев
 3.Ислом Қобилов
 22.Диего Барданка
 94.Хуршид Мухторов
 5.Кахи Махарадзе
 8.Жавоҳир Сидиқов
 21.Ғуломҳайдар Гулямов
 14.Азизбек Аманов
 10.Марат Бикмаев
 17.Санжар Қодирқулов
 | 
        
        | ЗАҲИРА | 
    
        | 32.Суҳроб Султонов 4.Миржамол Қосимов
 5.Дилшод Жўраев
 9.Зафар Полвонов
 15.Аббос Отахонов
 20.Мирғиёс Сулаймонов
 29.Владимир Козак
 |  | 1.Абдумавлон Абдужалилов 7.Садриддин Абдуллаев
 9.Жавоҳир Алижонов
 18.Иброҳим Ғанихонов
 37.Шерзод Файзиев
 77.Диёр Туропов
 80.Фарруҳ Иброҳимов
 | 
        
	
		| 90' |  | Uchrashuv yakunlandi. AGMK Lokomotiv ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi | 
	
		| 90+' |  | O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi | 
	
		| 85' |  | Keskin kurashlar natijasida uchrashuvda to'xtalishlar yuz bermoqda | 
	
		| 74' |  | Gooooo! Ko'p sonli hujumlardan so'ng nihoyat AGMK raqib darvozasiga yo'l topdi. Aleksand Kasyan o'z goli bilan olmaliqliklarni hisobda oldinga olib chiqdi | 
	
		| 73' |  | Mavsum avvali bo'lgani uchun futbolchilarda bevosita o'yinga va moslashish, jismoniy imkoniyatlarni to'g'ri taqsimlay olish borasida kichik muammolar ko'zga tashlanmoqda | 
	
		| 69' |  | Maydon markazida Diyor Turapovga nisbatan kichik fol ishlatildi. Qarshi hujum esa shakllanmadi | 
	
		| 63' |  | "Temiryo'lchilar" tarkibida o'zgarishlar amalga oshmoqda. 14-raqamda harakat qilgan Aziz Amanov o'rniga 77-raqamda Diyor Turapov, 8-raqamda to'p tepgan Javohir Sidiqov o'rniga 7-raqamda Sadriddin Abdullayev uchrashuvni davom ettiradi
 | 
	
		| 61' |  | Zarbalar ketidan zarbalar. Mezbonlar o'tgan oxirgi daqiqalarda Lokoni o'z jarima maydonchasiga "qamab qo'ymoqda" Murod Toshmatovning uzatmasidan so'ng, yo'llangan Boburbek Yo'ldoshevning zarbasi xavfsiz ko'rinishh oldi
 | 
	
		| 57' |  | To'p maydonning u tomonidan bu toniga tez-tez ko'chmoqda. Hujum qilish navbati endi mehmonlarda | 
	
		| 55' |  | AGMK raqiblari jarima maydoncahisi tomon bosim uyushtirmoqda. Javohir Ilyasov o'z joyini tark etib to'pni maydondan chiqarib yubordi | 
	
		| 46' |  | Ikkinchi taym boshlandi! | 
	
		| 45' |  | Jamoalar 1:1 hisobidagi durang bilan birinchi bo'limni yakunlashdi. Tanaffus! | 
	
		| 45+' |  | Taym so'nggida Loko qo'shdi, yaxshi shakllangan qarshi hujum kutilgan natijani bermadi | 
	
		| 45' |  | Bosh hakam Shavkat Nasibullayev tomonidan birinchi taymga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi | 
	
		| 44' |  | Taym oxirlarida maydon egalarida standart vaziyat yuzaga keldi, biroq bu urinish samarasiz yakun topdi | 
	
		| 38' |  | Ana bo'lmasam! Taymning o'zida ikkinchi majburiy o'zgarish. Kiritilgan golda raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketgan Botirali Ergashev jarohat oldi va Suxrob Sultonov bilan almashtirildi | 
	
		| 36' |  | Hisob tenglashmoqda do'stlar. Aziz Amanovning zargarona uzatmasiga raqib darvozabonidan avval yetib borgan Sanjar Qodirqulov muvozanatni tiklamoqda | 
	
		| 36' |  | Goooool! | 
	
		| 32' |  | Maydonda to'qnashuvlar ko'payib ketmoqda. Kaxi Maharadze Sanjar  Tursunovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Shuningdek Kasyan ham maydon markazida to'xtatib qolindi | 
	
		| 25' |  | Ikkala jamoa ham to'pga egalik qilishga urinmoqda. Shu sababli maydonda mayda follar yuzaga kelmoqda. AGMK vakiliga nisbatan qo'pollik ishlatildi | 
	
		| 22' |  | Zarbaaaa! Javohir Sidiqovning yaqin burchakka yo'llagan zarbasini Botirali Ergashev bartaraf etdi
 | 
	
		| 17' |  | Mehmonlarning kombinatsion hujumidan so'ng, Javohir Sidiqov bergan zarba darvozadan ancha yiroqqa yo'l oldi | 
	
		| 15' |  | Maydon egalari o'yin tizginini qo'lga olishga harkat qilmoqda. Hujumlarda xal qiluvchi pas yoki oxirgi zarbaga aniqlik yetishmayapti | 
	
		| 12' |  | AGMK himoya chizig'ida muammo yuzaga kelmoqda. 7 raqamda harakat qilgan Sardor Rahmonov Marat Bikmayev bilan to'qnashuvdan so'ng o'yinni davom ettirolmasligi ma'lum bo'ldi va uning o'rniga 29 raqamda Vladimir Kozak maydonga tushdi. | 
	
		| 06' |  | Lokomotiv o'tkazib yuborilgan golga faol reaksiya bildirgan holda, tinimsiz hujumlar uyushtirmoqda | 
	
		| 03' |  | Tomoshabinlar tezkor gol guvohiga aylanishmoqda. AGMK vakili Elvin Fortes qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan Javohir Ilyosov darvozasiga joylab qo'ydi | 
	
		| 03' |  | Goooool! | 
	
		| 02' |  | O'yin yuqori yemp bilan boshlandi. Ilk xavfli vaziyat mezbonla rtomonidan amalga oshirildi | 
	
		| 01' |  | Bahs start oldi. Ikkala jamoaga ham omad yor bo'lsin! | 
	
		| 00' |  | Assalomu alaykum qadrli futbolsevar do'stlar. O'zbek futboli yangi mavsumining starti bilan qutlaymiz! Ayni paytda Coca-Cola Superligasi dastlabki turidan o'rin olgan AGMK hamda Lokomotiv o'yini boshlanish arafasida. Ushbu uchrashuvni siz bilan birga kamina Dadajon Foziljonov kuzatib boradi |