Ichimizda «Transformerlar» haqida kinolar antalogiyasini ko‘rmagan odam topilmasa kerak. Bugun qo‘limizdan kelgancha futbolchilarni mashinalarga qiyoslashga urinib ko‘ramiz. Qani ketdik, bo‘lmasa!
Aryen Robben — «Kabriolet»
O‘xshashlikni qarang, «Kabriolet»ning ham usti yo‘q, Robbening ham boshida sochi… Ha, mayli.
Piter Krauch –«Limuzin»
Menimcha, izohga hojat yo‘q!
Riberi — «Porshe»
Ulardagi o‘xshashlik: ikkisi ham qisqa masofaga tezlik olishda va tezkor burilishlarda juda qulay!
Pogba –«Audi A6»
Pogbaning o‘rtacha tezligi, baquvvat tanasi va jismoniy yetukligi shu mashina modeliga o‘xshab ketadi.
Muhammad Saloh — «Yaguar»
Bu markaning qolgan mashinalardan bitta o‘zgacha tomoni bor. U ham Saloh singari kamyoblar sirasiga kiradi.
Serxio Ramos — «Mersedes»
Ramos ham aynan shu mashina singari jangovar o‘yinchilar sirasiga kiradi. Bu mashina o‘zining ishonchli ekanligi bilan nom qozongan, xuddi Elkapitano singari.
Zlatan Ibrahimovich — «Hammer»
Ibrahimovichga boshqacha mashina mos kelmasdi!
Neymar — «Lamborjini»
Neymarning jozibali o‘yiniga jozibali Lamborjini yarashadida!
Messi — «Ferrari»
Dunyoning eng mashhur o‘yinchisiga, eng mashhur mashina brendi! Tezlikda ikkisi ham benazir.
Krishtianu Ronaldu — «Bugatti Veyron»
CR7 — o‘zgacha yigit. Kiyinishi ham, soch turmagi ham, hamma-hammasi o‘zgacha. Bugatti ham ayni u bop desam adashmagan bo‘laman.
Mirjalol Qosimov — «Malibu»
Aslida Mirjalol Qosimovni vertolyotga qiyoslasak ham bo‘lardi, lekin qonun barchaga barobar. Qisqacha qilib aytganda: Milliy mahsulot — milliy g‘urur!
Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV
Матнда хатолик топсангиз, ўша хатони белгилаб, бизга жўнатинг (Ctrl + Enter).