Финал | ||||
---|---|---|---|---|
01.02.2019 | ||||
19:00 | Япония | 1-3 | Қатар | |
Ярим финал | ||||
29.01.2019 | ||||
19:00 | Қатар | 4-0 | БАА | |
28.01.2019 | ||||
19:00 | Эрон | 0-3 | Япония | |
Чорак финал | ||||
25.01.2019 | ||||
21:00 | БАА | 1-0 | A PHP Error was encounteredSeverity: Notice Message: Undefined offset: 540 Filename: minisite/header_page.php Line Number: 508 |
|
18:00 | Жанубий Корея | 0-1 | Қатар | |
24.01.2019 | ||||
21:00 | Хитой | 0-3 | Эрон | |
18:00 | Вьетнам | 0-1 | Япония | |
Нимчорак финал | ||||
22.01.2019 | ||||
21:00 | Қатар | 1-0 | Ироқ | |
18:00 | Жанубий Корея | 2-1 | Баҳрайн | |
21.01.2019 | ||||
22:00 | БАА | 3-2 | Қирғизистон |
№ | ISM-SHARIFI | JAMOA | GOL |
---|---|---|---|
1 | Алмоез Али | Қатар | 9 |
2 | Сардор Азмун | Эрон | 4 |
3 | Элдор Шомуродов | Ўзбекистон | 4 |
4 | Али Мабхут | БАА | 4 |
5 | Юя Осако | Япония | 4 |
6 | Меҳди Таремий | Эрон | 3 |
7 | Виталий Люкс | Қирғизистон | 3 |
8 | Ю Дабао | Хитой | 2 |
9 | Хванг Уй Жо | Жанубий Корея | 2 |
10 | Моҳанад Али | Ироқ | 2 |
to'liq jadval » |
Bunga ishonish ham qiyin: OK-2023 yarim finalidan o‘rin olgan Iordaniya termasiga qarshi o‘yin arafasida J.Koreya milliy jamoasida katta mojaro kuzatilgan.
Aniqrog‘i, «PSJ» vakili Li Kan In jamoa yetakchisi Son Xyun Minga musht tushirmoqchi bo‘lgan. Nima, nahotki? Hamisha tartib-intizomga qat’iy amal qiladigan koreyslarda bunaqa bo‘lishi aqlga sig‘maydi, ochig‘i...
Voqelik tafsilotiga kelsak, J.Koreya termasining nisbatan yosh futbolchilari - Li Kan In, Seol Yong Vu va Jung Vo Yong jamoaviy kechki tamaddidan ertaroq turib, darhol stol tennisi o‘yinini boshlashadi. Ular bunda jamoadoshlari hali ovqatlanayotganlariga e’tibor bermay, biroz shovqin ko‘tarishadi. Tabiiyki, bunday hurmatsizlik jamoa sardori Son Xyun Minga yoqmaydi va u futbolchilarga o‘yinni to‘xtatib, o‘z joylariga qaytishlari, hamma bilan teng turishlari kerakligini aytadi. Tushunarliki, «Tottenxem» yetakchisi yigitlarning bunday xatti-harakatlari yarim final o‘yinidan oldin jamoada birdamlikka putur yetkazishini o‘ylagan. Biroq stol tennis o‘yiniga berilib ketgan futbolchilar Son Xyun Min gapiga parvo ham qilishmaydi. Oqibatda o‘rtada janjal boshlanadi va sardor Li Kan In yoniga yaqinlashib, uning yoqasidan ushlaydi. «PSJ» vakili bunga javoban Son Xyunga musht tushirishga urinadi, faqat u chaqqonlik evaziga zarbaga chap beradi. Ko‘plab futbolchilar janjalni bostirayotgan pallada esa Son Xyun Minning barmog‘i shikastlanadi. Xullas, «Tottenxem» hujumchisi yarim final o‘yinida bejiz ikki barmog‘ini bog‘lab olgan holda o‘ynamagan ekan...
Umuman, ta’kidlanishicha, Son Xyun Min va Li Kan In o‘rtasida anchadan buyon sovuq munosabat bor. Oxirgi nizodan keyin J.Koreya termasining aksariyat tajribali futbolchilari bosh murabbiy Yurgen Klinsmannga murojaat qilib, Li Kan Inni tarkibdan chetlashtirishni so‘rashadi. Biroq germaniyalik mutaxassis muhim o‘yin oldidan keskin qaror chiqarishda ikkilanadi. Aksincha, iordaniyaliklarga qarshi o‘yinning boshlang‘ich tarkibida Son Xyun Minga ham, Li Kan Inga ham joy berdi. Bundan nima chiqqani hammaga ma’lum: koreyslar sensasion mag‘lubiyatni tan olib, turnirdan chiqib ketishdi. Son Xyun Min esa shundan so‘ng terma jamoadagi kelajagi mavhumligi, bunga aynan bosh murabbiy sababchi ekanligini yashirmadi: «J.Koreya termasi uchun yana o‘ynaymanmi? Hozir buni aniq bilmayman. Murabbiy menga e’tiborsiz qaramoqda. Keyinchalik nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi».
Ushbu mojaro tafsilotlari matbuotga chiqib ketganidan so‘ng asosiy aybdor - Li Kan In koreyaliklar va shaxsan Son Xyundan rasman oshkora uzr so‘radi. «Osiyo kubogi yarim final o‘yinidan oldin Son Xyun Min bilan o‘rtamizdagi mojaro? Afsus, muxlislar hafsalasini pir qildik. O‘sha vaziyatda o‘zimni qo‘lga olishim va akalarim so‘zlariga quloq solishim shart edi. Taassufki, o‘zimni tutib turolmadim. Kimni ranjitgan bo‘lsam, hammadan uzr so‘rayman. Muxlislar mendan nimalar kutishayotganini yaxshi bilaman. Bugundan e’tiboran jamoada barchaga yordam berishga, o‘zimni eng yaxshi futbolchi va insondek tutishga va’da beraman», - deb yozdi Li Kan In ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Klinsmann iste’foga chiqarildi
J.Koreya futbol assosiasiyasi qarori bilan milliy jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann iste’foga chiqarildi. «Klinsmann biz kutgan boshqaruv qobiliyati va raqobatbardosh jamoa tuzish fazilatlarini ko‘rsatolmadi. J.Koreya termasi shunchaki, sport jamoasi emas, u butun mamlakatni namoyon etishi, odamlar e’tiborini o‘ziga qaratishi va xalqqa kuch bag‘ishlashi kerak. Jamoada ayni shu an’ana davom etishi shart. Turli munozaralar natijasida xulosa chiqardik: Klinsmann kelajakda barchasini yaxshilashi qiyin», - deyiladi maxsus bayonotda. Oldinroq Klinsmannning iste’fosi J.Koreya futbol assosiasiyasiga 5 mln. dollar (tovon puli)dan ko‘proqqa tushishi aytilgandi. Eslatma, germaniyalik mutaxassis J.Koreya milliy jamoasi boshqaruvini 2023 yilning fevralida qo‘lga olgandi.
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | BAA | 3 | 5 |
2 | Bahrayn | 3 | 4 |
3 | Tailand | 3 | 4 |
4 | Hindiston | 3 | 3 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Iordaniya | 3 | 7 |
2 | Avstraliya | 3 | 6 |
3 | Falastin | 3 | 2 |
4 | Suriya | 3 | 1 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Janubiy Koreya | 3 | 9 |
2 | Xitoy | 3 | 6 |
3 | Qirg‘iziston | 3 | 3 |
4 | Filippin | 3 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Eron | 3 | 7 |
2 | Iroq | 3 | 7 |
3 | Vyetnam | 3 | 3 |
4 | Yaman | 3 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Qatar | 3 | 9 |
2 | Saudiya Arabistoni | 3 | 6 |
3 | Livan | 3 | 3 |
4 | KXDR | 3 | 0 |
№ | Jamoa | O' | O |
---|---|---|---|
1 | Yaponiya | 3 | 9 |
2 | O‘zbekiston | 3 | 6 |
3 | Ummon | 3 | 3 |
4 | Turkmaniston | 3 | 0 |
© STADION.UZ Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|