Kirish Registrasiya

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

KLUB TARIXI

Xo‘sh,“Nasaf” oliy ligada qachon va qay tariqa paydo bo‘lishgan? Barchaga ma’lumki, odatda har bir mamlakatning har qanday jamoasi yuqori ligada qatnashish huquqini qo‘lga kiritish uchun dastlab undan bir pog‘ona pastdagi tabaqada g‘olib chiqishi lozim bo‘lgan. Ammo boshqa jamoalardan farqli ravishda «Nasaf» o‘ziga xos uslubda oliyda paydo bo‘lgan. Gap shundaki, 1994 yilda qashqadaryo viloyati tarixida ilk marotaba Muborakning «Mash’al» jamoasi birinchi ligada g‘oliblikni qo‘lga kiritib, kelgusi mavsumdan kuchlilar safida qatnasha boshladi. Ammo yosh, tajribasiz, asosan mahalliy yigitlardan tashkil topgan jamoa ikki yil bir amallab oliy ligada o‘z o‘rnini saqlab qoldi. O‘sha tarkibda hozirda barcha yaxshi taniydigan Asror Aliqulov, Anvar Berdiyev, Oleg qahhorov singari charm to‘p ustalari harakat qilishgan. 1997 viloyat rahbariyatining sa’y-harakati bilan «Mash’al» oliy ligadagi o‘z o‘rnini «Nasaf»ga bo‘shatib berdi. Bungacha birinchi ligada qarshi shahri sharafini «Dinamo-Nasaf» (Avvalgi nomlari «Geolog», «Nasaf») jamoasi himoya qilib kelardi. «Mash’al» esa birinchi tabaqada «Dinamo-Nasaf» o‘rnini egalladi.

Shu tariqa viloyatning ikki jamoasi o‘zaro rokirovkasidan so‘ng 1997 yilgi mavsumdan boshlab «Nasaf»ning oliy ligadagi faoliyati boshlandi. O‘sha yili qarshidagi «Mehnat» stadioni qayta rekonstruksiya qilinib, «Nasaf» markaziy stadioniga aylantirildi. qarshiliklar debyut mavsumni Viktor Borisov murabbiyligida kuchli oltilikda yakunlashga erishishdi.

1998 yilgi mavsumda ham «Nasaf» yanada yuqorilashda davom etdi. Garchi «Andijon»dan qabul qilingan qaqshatqich (0:6) mag‘lubiyatdan keyin bosh murabbiy Viktor Borisov iste’foga chiqqan bo‘lsada, unining adashi Viktor Makarov bilan jamoa finishga beshinchi bo‘lib yetib keldi. Ammo o‘zining uchinchi mavsumini klub o‘z tarixidagi hozirgacha eng yomon natija - 11-o‘rin bilan yakunladi. O‘sha 1999-yilgi omadsizlikdan keyin jamoada tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tarkib 80 foizga yangilandi. Jamoaga qo‘qonlik mutaxassis Bahrom Hakimov bosh murabbiy etib tayinlandi. Ushbu murabbiy qo‘l ostida «Nasaf» birin-ketin o‘z tarixidagi eng yuqori cho‘qqilarni zabt eta boshladi. XX asrning ilk yillaridayoq «Nasaf» chempionatimizda peshqadamlardan umuman hayiqmaydigan jamoa sifatida gavdalandi. qarshida o‘tgan bellashuvlarda amaldagi chempion «Do‘stlik» va “Neftchi”, “Navbahor”u «Paxtakor» ham mag‘lubiyat alamini tatib ortlariga qaytishdi.. O‘sha yaili jamoa chempionatda 85 ochko to‘plab, 20 jamoa orasida mavsumni uchinchi pog‘onada yakunladi. Bu qarshiliklarning oliy liga tarixidagi dastlabki medallari edi. Jamoa hujumchisi Zafar Xolmurodov ham chempionat to‘purarlari bahsida jamoasi singari «bronza» pog‘onani band etdi. Jamoa raqiblari darvozasini 92 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, shu gollarning salkam uchdan bir qismiga Xolmurodov mualliflik qildi. 2001 yilgi mavsumda ham «Nasaf» yana bronza medalini o‘z muzeyiga olib ketdi.

2001-2002 yilgi Osiyo chempionlari kubogida mamlakat sharafini himoya qilish «Nasaf»ning chekiga tushdi. «Do‘stlik» va «Neftchi» jamoalari bu turnirda qatnashishdan bosh tortgach, bu vazifa «Nasaf»ga yuklandi. Va qarshilik futbolchilar o‘shanda qit’ada shov-shuvli natijalarni qayd etishgandi. Dastlab Turkmaniston va Tojikiston chempionlari mahv etilgach, BAA da tashkil etilgan guruh bosqichida mezbonlar, Eron hamda Quvayt chempionlariga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. «Nasaf»chilar mamlakatimiz jamoalari orasida «Neftchi»dan keyin qit’aning eng nufuzli musobaqasida yarim finalga qadar yetib kelishdi. Albatta mamlakatning uchinchi jamoasining qit’a turnirida to‘rtinchi pog‘onani egallashi ham ancha yuqori natija hisoblanadi. O‘zbekiston kubogida ham jamoa finalga qadar yetib keldi va “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘ldi (1:3).

2003-2004 yillarda jamoa sovrindorlar safiga kirolmay qolishi natijasida Bahrom hakimovning «Nasaf»dagi besh yillik faoliyati nihoyasiga yetdi. 2005 yilda ukrainalik Oleg Morozov jamoani boshqaruviga olgach, qarshiliklar birinchi davrani birinchi pog‘onada yakunlashdi. Ammo mavsum oxiriga kelib jamoa uchinchi bor bronza medallarga sazovor bo‘ldi. 2006 yili Bahrom Hakimov yana “Nasaf”ga qaytdi va jamoa bilan to‘rtinchi marta bronzani qo‘lga kiritdi.

Oliy ligadagi 11-mavsumga kelib asosiy tarkibning o‘zagi bir necha yillardan beri saqlanib qolgan bo‘lsada, baribir vaqt o‘z hukmini o‘tkaza boshladi. Natijada 2007 yili ikkinchi davrani Fomichyov qo‘l ostida o‘tkazgan qarshiliklar kuchli oltilikda yakunlashdi.. 2008 yilgi mavsumda esa «Nasaf» 9 – o‘rin bilan cheklandi. Natijada yil so‘nggi kelib klub rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. «Nasaf»ni oliy ligadagi muvaffaqiyatlariga tamal toshini qo‘ygan Bahrom Davlatov jamoa rahbari va menejeri etib tayinlandi. Nafaqat Qashqadaryoda, balki mamlakatimizdagi yetakchi sanoat korxonalaridan biri hisoblangan “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi klub muassisi va bosh homiy qilib belgilandi.

2009 yilda Viktor Kumikov qo‘l ostida “Nasaf” futbolchilari mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, uch yillik tanaffusdan keyin beshinchi bor bronza medal egasiga aylanishdi. Mavsum-2010 da esa birinchi davrada jamoani Viktor Kumikov, ikkinchi davradan esa ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Vasilyevich Demyanenko boshqara boshladi. Natija esa yana – 3-o‘rin. Shuningdek, keyingi ikki yil ichida klubqoshida futbol akademiyasi ish boshladi va o‘zining ilk kurtaklarini berdi. Unga ukrainadan Sergey Petrovich Kucherenko taklif etildi. Jamoa qoshidagi futbol maktab tarbiyalanuvchilari (1994 - 1995 yilda tug‘ilgan) o‘z tengqurlari orasida 2010 yili mamlakat chempionligiga aylandi.

 2011 yil jamoa tarixidagi eng esda qolarli mavsum sifatida yodda qoladigan bo‘ldi. Mavsum avvalida tarkibga bir qator tajribali va iqtidorli futbolchilarni jalb etgan qarshiliklar oldiga bir yo‘la uchta musobaqa – Osiyo futbol konfederasiyasi kubogi, O‘zbekiston chempionati va kubogi bellashuvlarida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qo‘yildi. Ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko qo‘l ostida qarshilik futbolchilar 2011 yili Osiyo Futbol Konfederasiyasi kubogini qo‘lga kiritishdi.

Superliga

Jamoa O' O
1 Neftchi 3 9
2 Andijon 3 7
3 Lokomotiv 3 7
4 Nasaf 3 7
5 Qizilqum 3 6
6 Navbahor 3 5
7 OKMK 3 5
8 Paxtakor 3 4
9 Dinamo 4 3
10 So‘g‘diyona 3 2
11 Metallurg 4 2
12 Olimpik 3 1
13 Bunyodkor 3 1
14 Surxon 3 0

OCHL

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 6 11
2 As-Sadd 6 8
3 Sharja 6 8
4 Al-Faysaliy 6 6

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Mash’al 0 0
2 Nasaf 0 0
3 Qo‘qon-1912 0 0
4 Surxon 0 0

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

So'nggi uchrashuv

16.03.2024. Superliga . 3-tur.
19:00
Nasaf
2-1
Qizilqum

Navbatdagi uchrashuv

30.03.2024. Superliga . 4-tur.
19:00
Andijon
-:-
Nasaf

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.