Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

“Nasaf” O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga yo‘l oldi

“Nasaf” O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga yo‘l oldi

Bugun G‘uzorda O‘zbekiston Kubogi-2017 nimchorak finalining javob uchrashuvida, “Nasaf” Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bilan bahs yuritdi.

Bugun mezbonlar maydonda ishonchli va tartibli o‘yin namoyish etdi. Birinchi bo‘limda ko‘proq to‘p bilan muomala qilib, raqibni to‘psiz qoldirishga harakat qilishdi. “Paxtakor” jamoasi esa imkon bo‘lgandan oldinga o‘tishga urindi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida jamoalar golga tortadigan xavfli vaziyatlar yaratishmadi. Birinchi bo‘limda darvozalar dahlsizligi saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda stadionga tashrif buyurgan futbol ishqibozlari, birinchi bo‘limga nisbatan mutlaqo boshqa o‘yinga guvoh bo‘lishdi. Endi maydondagi ustunlik butunlay mezbonlar tomonida bo‘ldi. To‘g‘ri, ikkinchi bo‘lim boshida “Paxtakor” jamoasi faolroq harakat qildi. Ammo vaqt o‘tgan sayin o‘yin tizgini "Nasaf" qo‘liga o‘tdi.

Ketma-ket tashkil etilgan hujumlar natijasida, “Paxtakor” jamoasi himoyachilari xatolarga yo‘l qo‘ya boshlashdi. Qarshiliklarning eng xavfli hujumlaridan dastlabkisi 63-daqiqada sodir bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Doniyor Narzullayev maydonning o‘ng qanotidan mehmonlar jarima maydonchasiga kirib borib, to‘pni Bahrom Abdurahimovga oshirib berdi. Afsuski, bu vaziyatda Abdurahimov to‘pga yetib kela olmadi.

Uchrashuvdagi hisob 64-daqiqaga kelib, Bahrom Abdurahimov tomonidan ochildi. U Dragan Cheran bilan devor usulida o‘ynadi. Bu paytda Dragan Cheran to‘pni oyoqlari orasidan Abdurahimovga takror tashlab berdi. Abdurahimov esa Lobanov bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va to‘pni bir zarba bilan darvoza to‘riga joylab qo‘ydi – 1:0. Himoyachilar bu vaziyatda hatto bir muddat to‘xtab ham qolishdi. Ular o‘zlaricha sun’iy ravishda o‘yindan tashqari holatni yuzaga keltirishmoqchi bo‘lishdi. Vaziyatni to‘g‘ri baholagan hakam esa o‘yinni to‘xtatmadi.

Bu goldan keyin mezbonlarning hujumlari juda keskin tus oldi. Ularning tashkil etgan hujumlari, “Paxtakor” jamoasining himoyachilarini ancha sarosimaga solib qo‘ygan edi. Ammo uchrashuvda hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi.

Shunday qilib, “Nasaf” kubok nimchoragining ikkala uchrashuvida ham “Paxtakor”ni mag‘lubiyatga uchratib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Kubok chorak finalida qarshiliklarga “Qo‘qon-1912” jamoasi raqiblik qiladi.

 

O‘zbekiston Kubogi-2017. 1/8 finali javob uchrashuvi

“Nasaf” (Qarshi) – “Paxtakor” (Toshkent) 1:0 (0:0). 3850 tomoshabin

30.05.2017. “G‘uzor” markaziy stadioni. 18:30

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)

Qanot hakamlari: Obid Jumayev, Ruslan Samandarov (barchasi -Navoiydan)

Zaxira hakami: Komiljon Rasulov (Qashqadaryo vil.)

Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).

Gol: Bahrom Abdurahimov, 64’-1:0.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Maqsud Karimov (45.Bobir Abduxoliqov 70), 6.Azizjon G‘aniyev, 10.Dilshod Rahmatullayev, 18.Bahrom Abdurahimov (14.SHarof Muhitdinov 90+1), 22.Igor Golban, 23.SHerzod A’zamov (s), 27.Islom Rashidxonov (38.Doniyorjon Narzullayev 58), 34.Farruh Sayfiyev, 69.Dragan Cheran.

Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 9.Dilshod Xushbakov, 31.Saydullo Rahmatov.

“Paxtakor”: 12.Aleksandr Lobanov, 4.Adnan Oraxovas, 5.Akbar Ismatullayev, 8.SHerzod Karimov (20.Jasur Hakimov 71), 10.Jamshid Iskandarov, 11.Igor Sergeev, 17.Suxrob Nurullayev (22.Jasur Yaxshiboyev 69), 21.Kamoliddin Tojiyev (s), 27.Doston Ibroximov (28.Stanislav Andreev 46), 29.Vladimir Kozak, 34.Xushnudbek Avilov.

Zaxira: 16.SHoxruh Raimov, 3.Xojiakbar Alijonov, 7.Azim Axmedov.

Ogohlantirish: Doniyorjon Narzullayev 69 – Kamoliddin Tojiyev 16, Adnan Oraxovas, 45+1, Akbarjon Ismatullayev 67. 

Dastlabki uchrashuv: “Paxtakor” – “Nasaf” 0:3.

Manba: fcnasaf.uz

Kiritildi: 31.05.2017 00:30. O'qildi: 5815 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 25 58
2 Paxtakor 26 56
3 Navbahor 26 52
4 OKMK 26 45
5 Nasaf 26 42
6 Buxoro 26 42
7 Lokomotiv 26 40
8 Qizilqum 26 35
9 Dinamo 26 34
10 Andijon 26 31
11 So‘g‘diyona 26 30
12 Surxon 26 30
13 Bunyodkor 25 26
14 Qo‘qon-1912 26 24
15 Xorazm 26 23
16 Mash’al 26 4

Elit OCHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 0 0
2 Bunyodkor 0 0
3 Guliston 0 0
4 G‘azalkent 0 0
5 Jayxun 0 0
6 Lokomotiv 0 0
7 Nasaf 0 0
8 Navbahor 0 0
9 Neftchi 0 0
10 OKMK 0 0
11 Olimpik MobiUz 0 0
12 Paxtakor 0 0
13 Qo‘qon-1912 0 0
14 So‘g‘diyona 0 0
15 Surxon 0 0
16 Xorazm 0 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Vahda 3 9
2 Kuvayt SK 3 6
3 Nasaf 3 1
4 Xolidiya 3 1

So'nggi uchrashuv

31.10.2026. Superliga. 26-tur.
17:00
Surxon
1-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

08.11.2026. Superliga.
16:00
Buxoro
—
Nasaf

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik