Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Nasaf»: Yoshlarimiz ligani g‘alaba bilan boshlashdi

«Nasaf»: Yoshlarimiz ligani g‘alaba bilan boshlashdi

Bugun yoshlarimiz liganing 1-tur uchrashuvini Farg‘onada “Neftchi” yoshlariga qarshi o‘tkazishdi.

Uchrashuv qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi.

“Neftchi” yoshlari uchrashuvni faollik bilan boshlashdi. Ular dastlabki daqiqadanoq darvozamiz oldida xavfli vaziyat yarata olishdi. Ammo bu vaziyatda himoyachilarimiz bexato harakat qilishdi.

Bunga javoban, yoshlarimizning tashkil etgan tezkor qarshi hujumi, gol bilan yakunlandi. Sherzod Temirov 3-daqiqadayoq gol urib, jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1.

Uchrashuvda hisob ochilgach, maydon egalari yana faollashishdi. Ular ketma-ket tashkil etgan hujumlari orqali, 25-daqiqada hisobni tenglashtirishdi – 1:1. Golga  Otabek Axmadjonov muallif bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘lim ham juda qiziqarli bo‘ldi. Har ikkala jamoa hujumkor o‘yin namoyish etdi. Ammo bu hujumlar samara bermadi. Ya’ni o‘yin oxirigacha 1:1 hisobi saqlanib turdi.

O‘yinning 85-daqiqasida Xudoyorxon Sagdullayev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo futbolchimiz bu imkoniyatdan foydalana olmadi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalar boshlanganda, maydonda tashabbusni qo‘lga olgan jamoamiz o‘z maqsadiga erishdi. Jamoamizning navbatdagi hujumini Akmal Mozgovoy gol bilan yakunladi – 1:2.

Uchrashuv ana hisobda nihoyasiga yetdi.

Shunday qilib, yoshlarimiz ligani g‘alaba bilan boshlashdi va o‘z hisoblariga dastlabki uch ochkoni yozdirib qo‘yishdi.

Yoshlrimiz 2-tur uchrashuvini o‘z maydonida “Buxoro” yoshlariga qarshi o‘tkazishadi. Uchrashuv 8 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Yoshlar ligasi. 1-tur

“Neftchi” (Farg‘ona) – “Nasaf” (Qarshi) 1:2 (1:1)

28.02.2018. Qirguli stadioni. 15:30da

Hakamlar: Jasur Muxtorov (Toshkent), Ravshan Kapadze (Farg‘ona), Shoxruhbek A’zamov (Farg‘ona), Sanjar Raxmonov (Farg‘ona)

Nazoratchi: Arslon Xotamov (Toshkent)

Gollar: Otabek Axmadjonov, 25’ – 1:1  -  Sherzod Temirov, 3’-0:1, Akmal Mozgovoy, 90+1’-1:2

“Neftchi”: 21.Farrux Turdaliyev (1.Abdumavlon Abdujamilov 46), 2.Jamshid Qobulov, 3.Mirjamol Ne’matov, 5.SHodiyor Xojimatov, 6.Abrorbek Ismoilov, 7.Islombek Karimov (s), 8.Rustam Solijonov (18.Jamshidbek Turaqulov 54), 9.Xamidullo Abduxamidov (19.Olloyor Solijonov 89), 11.Xurshidbek Asqaraliyev (24.Ulug‘bek Ismoiljonov 54), 17.Otabek Axmadjonov, 22.Asilbek G‘oyibjonov.

Zaxira: 14.Abdulloh Haydarov, 27.Rahmonberdi Mamatkarimov, 33.Avazbek Ulmasaliyev.

“Nasaf”: 1.Umidjon Ergashev, 4.Jo‘rabek Mannonov (s), 5.SHerzod Nasrullayev, 6.Akmal Mozgovoy, 7.Jahongir Qurbonboyev, 10.Xudoyorxon Sagdullayev, 16.Navro‘zjon Izatillayev, 28.Sardor Sadullayev, 34.Samandar Shukrullayev, 45.SHerzod Temirov (38.Sardor To‘rayev 90+4), 96.Dadajon Mamatqulov (22.Ma’ruf Jumayev 46).

Zaxira: 65.Mashhur Muhammadjonov, 14.SHohmalik Komilov,   32.Jasur Jumayev.

Ogohlantirish: Jamshid Qobulov (57), Avazbek Ulmasaliyev (72), Rahmonberdi Mamatkarimov  - Shohmalik Komilov (84).

Manba: www.fcnasaf.uz

Kiritildi: 28.02.2018 21:16. O'qildi: 2919 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 27 64
2 Paxtakor 27 59
3 Navbahor 27 55
4 Nasaf 27 45
5 OKMK 27 45
6 Lokomotiv 27 43
7 Buxoro 27 42
8 Dinamo 27 37
9 Qizilqum 27 35
10 Surxon 27 31
11 Andijon 27 31
12 So‘g‘diyona 27 30
13 Xorazm 27 26
14 Bunyodkor 27 26
15 Qo‘qon-1912 27 24
16 Mash’al 27 5

Elit OCHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 0 0
2 Bunyodkor 0 0
3 Guliston 0 0
4 Jayxun 0 0
5 Lokomotiv 0 0
6 Navbahor 0 0
7 Nasaf 0 0
8 Neftchi 0 0
9 OKMK 0 0
10 Olimpik MobiUz 0 0
11 Paxtakor 0 0
12 Surxon 0 0
13 So‘g‘diyona 0 0
14 Xorazm 0 0
15 G‘azalkent 0 0
16 Qo‘qon-1912 0 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 Olimpik MobiUz 1 1
4 FarDU 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Vahda 4 9
2 Kuvayt SK 4 6
3 Nasaf 4 4
4 Xolidiya 4 4

So'nggi uchrashuv

08.11.2026. Superliga. 27-tur.
16:00
Buxoro
0-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

21.11.2026. Superliga.
17:00
Nasaf
—
Mash’al

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik