Kirish Registrasiya

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

"Nasaf"-"Andijon": PREVIEW

19 oktyabr kuni Qarshi shahridagi markaziy “Nasaf” stadionida “Nasaf” hamda “Andijon” jamoalari “Coca Cola” Superligasining 22-tur doirasida o‘zaro bahs olib borishadi.

Quyida ushbu jamoalarning milliy chempionatimizdagi shu kungacha bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlari bilan tanishishingiz mumkin.

“Nasaf” hamda “Andijon” jamoalari shu kungacha o‘zaro 37 marotaba bahs olib borishgan.

O‘tkazilgan 37 uchrashuvning 23 tasida Qarshining “Nasaf” jamoasi qo‘li baland kelgan. “Andijon” jamoasi esa olti uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilgan. Qolgan 8 ta uchrashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati 85-46 “Nasaf” foydasiga.

“Nasaf” jamoasining “Andijon” ustidan eng yirik g‘alabasi 2004 yili sodir bo‘lgan. 23-tur doirasida Qarshida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “ajdarlar” “Andijon” jamoasini 8:1 hisobida mag‘lub etgan. Qayd etish joizki, o‘sha mavsumda “Andijon” jamoasi birinchi ligaga ravona bo‘lgandi.

“Andijon” jamoasi esa “Nasaf” ustidan eng yirik g‘alabasini 1998 yilgi mavsumning 23-turida tantana qilgan. Andijon shahridagi “Navro‘z” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘sha uchrashuvda “Andijon” futbolchilari qarshiliklar darvozasiga javobsiz oltita gol kiritishgandi.

Shuningdek, ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari gollarga boy ruhda o‘tadi. Masalan 2001 yilgi chempionatda “Andijon” – “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda 4:4 hisobida qayd etilgan bo‘lsa, 2007 yilgi chempionatda ham Qarshida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 4:4 hisobida qayd etilgandi.

Ushbu jamoalarning so‘nggi uchrashuvi mavsumning aprel oyida bo‘lib o‘tgan edi. “Sog‘lom Avlod” stadionining ochilish marosimida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Andijon” jamoasi “Nasaf” klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Quyida ushbu jamoalarning shu kungacha o‘tkazgan barcha uchrashuvlari natijasi bilan tanishishingiz mumkin.

“Andijon” – “Nasaf” - 0:0

30.03.1997 yil. 4 tur. 5500 tomoshabin.

Bosh hakam: Gali Imomov

“Nasaf” – “Andijon” - 3:0

28.10.1997 yil. 31 tur. 10000 tomoshabin.

Bosh hakam: Gali Imomov.

Gollar: Ro‘ziqul Berdiyev, (1:0), Ro‘ziqul Berdiyev, (2:0), Baxtiyor Davlatov, (3:0)

 

“Nasaf” – “Andijon” - 4:1

02.05.1998 yil. 8 tur. 12000 tomoshabin.

Bosh hakam: Noil Lutfullin

Gollar: Valentin Poddubniy, (1:0), Timur Timashev, (2:0), Ro‘ziqul Berdiyev (penalti 3:0), Ro‘ziqul Berdiyev, (4:0), Otabek Qilichev, (4:1).

 

“Andijon” – “Nasaf” - 6:0

28.09.1998 yil. 23 tur. 5000 tomoshabin.

Bosh hakam: Rashid Aytekov

Gollar: Andrey Shipilov, (1:0), Seyran Gafarov, (2:0), Toxir Mo‘minov, (3:0), Otabek Qilichev, (4:0), Baxtiyor Xamidullayev, (5:0), Timur Abdulmanov, (6:0)

 

“Andijon” – “Nasaf” - 0:1

28.03.1999 yil. 3 tur.

Gollar: Anvar Berdiyev, (0:1)

 

“Nasaf” – “Andijon” - 1:2

23.10.1999 yil. 28 tur.

Gollar: Baxodir Annamatov, (1:0), Baxtiyor Xamidullayev, (1:1), Zaxriddin Akbarov (penalti, 1:2)

 

“Andijon” – “Nasaf” - 1:1

21.05.2000 yil. 13 tur.

Gollar: Seyran Gafarov, (1:0), Rustam Abdullayev, (1:1)

 

“Nasaf” – “Andijon” - 5:2

26.08.2000 yil. 26 tur.

Gollar: Zafar Xolmurodov ( penalti 1:0), Asror Aliqulov, (2:0), Ro‘ziqul Berdiyev, (3:0), Rustam Abdullayev, (4:0), Otabek Qilichev, (5:0), Seyran Gafarov, (5:1), Zafar Musaboyev, (5:2)

 

“Nasaf” – “Andijon” - 2:1

15.05.2001 yil. 11 tur.

Gollar: Asror Alikulov, (1:0), Zafar Xolmurodov (penalti 2:0), Baxtiyor  Xamidullayev (2:1).

 

“Andijon” – “Nasaf” - 4:4

27.08.2001 yil. 25 tur.

Gollar: Zafar Musaboyev, (1:0), Zafar Musaboyev, (2:0), Zafar Musaboyev, (3:0), Umid  Jo‘rayev (4:0), No‘’mon Xasanov, (4:1), Shuxrat Toshpo‘latov, (4:2), Shuxrat Toshpo‘latov, (4:3), Shuxrat Toshpo‘latov, (4:4)

 

“Andijon” – “Nasaf” - 1:0 (0:0)

17.04.2002. 4 tur. Andijon. “Navro‘z” stadioni. 8500 tomoshabin.

Bosh hakam: Andrey Tambovsev - 10

Gollar: Umid Jo‘rayev, 56 (1:0)

Amalga oshirilmagan penalti: Xolmuradov Zafar (Nasaf), 66, Akbarov Zaxritdin (Andijon), 87.

 

“Nasaf” – “Andijon” - 2:0 (2:0)

09.11.2002 yil. 27 tur. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 6000 tomoshabin.

Bosh hakam: A.Petrov - 8,7

Gollar: Zafar Xolmuradov, 7 (1:0), Otabek Qilichev, 9 (2:0).

 

“Andijon” – “Nasaf” - 1:1 (1:1)

23.06.2003 yil. 14 tur. Andijon. “Navro‘z” stadioni. 5000 tomoshabin.

Bosh hakam: Tohir Toshmuxamedov - 8,8

Gollar: Sanjar Askaraliyev, 22 (1:0), Zafar Xolmuradov, 31 (1:1).

 

“Nasaf” – “Andijon” - 4:2 (1:0)

10.08.2003 yil. 17 tur. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 8000 tomoshabin.

Bosh hakam: G‘ayrat Karimov - 8,5

Gollar: Kamoliddin Kenjayev, 12 (1:0), Rustam Qurbanbayev, 62 (1:1), Dilshod Mavlonov, 64 (2:1), Zafar Xolmuradov, 73 (3:1), Jasur Xamrayev, 82 (4:1), Andrey Zaxarov, 90 (4:2)

 

“Andijon” – “Nasaf” - 1:2 (0:2)

20.03.2004 yil. 4 tur. Andijon. “Navro‘z” stadioni. 5000 tomoshabin.

Bosh hakam: Saidov Rustam - 8,5

Gollar: Dilshod Mavlonov, 21 (0:1), Vali Keldiyev, 43 (0:2), Aleksey Sobolev, 63 (1:2)

 

“Nasaf” – “Andijon” - 8:1 (4:0)

30.10.2004 yil. 23 tur. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 8000 tomoshabin.

Bosh hakam: Roman Dmitriy - 8,7

Gollar: Ilyos Qurbanov, 2 (1:0), Zafar Xolmuradov, 14 (2:0), Ilyos Qurbanov, 33 (3:0), Zafar Xolmuradov, 36 (4:0), Shuxrat Toshpo‘latov, 50 (5:0), Dilshod Mavlonov, 69 (6:0), Zafar Xolmuradov, 73 (7:0), Zafar Xolmuradov, 79 (8:0), Baxodir Shamshiddinov, 89 (8:1)

 

“Nasaf” – “Andijon” - 3:2 (1:1)

13.05.2006 yil. 9 tur. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 6000 tomoshabin.

Bosh hakam: Sulton Zaylobiddinov - 8

Gollar: Vitaliy Alikperov, 15 (1:0), Mekan Nosirov (avtogol), 21 (1:1), Vitaliy Alikperov, 63 (2:1), Rustam A’zamov, 67 (3:1), Umid Isoqov, 75 (3:2)

 

“Andijon” – “Nasaf” - 0:1 (0:0)

21.09.2006 yil. 22 tur. Andijon. “Sog‘lom Avlod” stadioni. 5500 tomoshabin.

Bosh hakam: Aleksandr Popov - 8,5

Gollar: Zafar Xolmuradov, 51 (0:1)

 

“Nasaf” – “Andijon” - 4:4 (1:1)

27.06.2007 yil. 15 tur. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 5000 tomoshabin.

Bosh hakam: Aleksandr Popov - 8

Gollar: Umid Isoqov, 16 (1:0), Rustam Qurbonboyev – (penalti, 21) (1:1), Davron Karimqulov, 55 (2:1), Igor Taran, 60 (2:2), Zafar Xolmuradov, 63 (3:2), Igor Taran, 79 (3:3), Zafar Xolmuradov – (penalti 86) (4:3), Baxtiyer Xamidullayev, 87 (4:4)

 

“Andijon” – “Nasaf” - 1:1 (1:0)

06.08.2007 yil. 16 tur. Andijon. “Sog‘lom Avlod” stadioni. 5500 tomoshabin.

Bosh hakam yil: Marat Ismailov - 8,4

Gollar: Baxtiyer Xamidullayev, 10 (1:0), Zafar Xolmuradov, 48 (1:1)

 

“Nasaf” – “Andijon” - 4:2 (2:1)

23.03.2009 yil. 3 tur. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 14263 tomoshabin.

Bosh hakam: Marat Ismailov - 9,5

Gollar: Samandar Shodmonov, 16 (1:0), Mirzokamol Kamalov, 21 (1:1), Ilxom Shomurodov, 30 (2:1), Samandar Shodmonov, 67 (3:1), Ibrohim Otaxonov, 77 (3:2), Oleg Melnik, 89 (4:2)

 

“Andijon” – “Nasaf” - 2:2 (2:1)

30.10.2009 yil. 28 tur. Andijon. “Sog‘lom Avlod” stadioni. 8760 tomoshabin.

Bosh hakam: Sulton Zaylobiddinov - 8,1

Gollar: Asqar Jadigerov, 15 (1:0), Sergey Krot, 17 (1:1), Mirzokamol Kamalov, 30 (2:1), Ilxom Shomurodov, 64 (2:2)

Amalga oshirilmagan penalti: Mirxoldirshayev Shuxrat (“Andijon”), 15

 

“Nasaf” – “Andijon” - 3:1 (1:0)

06.05.2010 yil. 8 tur. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 7929 tomoshabin.

Bosh hakam: Vladislav Seytlin - 9,2

Gollar: Botir Qodirqulov, 31 (1:0), Jasur Boboyev 65 (2:0), Samandar Shodmonov, 77 (3:0), Baxtiyor Hamidullayev, 90+3 (3:1)

 

“Andijon” – “Nasaf” - 1:0 (1:0)

12.09.2010 yil. 19 tur. Andijon. “Sog‘lom Avlod” stadioni. 11341 tomoshabin.

Bosh hakam: Valentin Kovalenko - 9,4

Gollar: Shuhrat Mirxoldirshayev 14 (1:0)

 

“Nasaf” – “Andijon” - 2:0 (1:0)

06.03.2011 yil. 1 tur. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 11631 tomoshabin.

Bosh hakam: Ravshan Ermatov - 9,6

Gollar: Artur Gevorkyan 25 (1:0), Ilhom Shomuradov 88 (2:0),

 

“Andijon” – “Nasaf” - 0:4 (0:1)

05.11.2011 yil. 26 tur. Andijon. “Sog‘lom Avlod”. 4711 tomoshabin.

Bosh hakam: Valentin Kovalenko - 9,4

Gollar: Fozil Musayev, 26 (0:1), Keja To‘rayev, 62 (0:2), Ilhom Shomuradov, 68 (0:3), Lutfulla To‘rayev, 72 (0:4)

 

“Nasaf” – “Andijon” - 4:0 (1:0)

22.04.2012 yil. 5 tur. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 4128 tomoshabin.

Bosh hakam: Rustam Bobomurodov

Gollar: Shuxrat  Mirxoldirshayev – (penalti), 19 (1:0), Artur Gevorkyan 47 (2:0), Ivan Boshkovich, 71 (3:0), Andrey Pereplyotkin, 90 (4:0)

 

“Andijon” – “Nasaf” - 3:4 (2:2)

05.10.2012 yil. 22 tur. Andijon. “Sog‘lom Avlod” stadioni. 3821 tomoshabin.

Bosh hakam: Hasan Ro‘ziyev

Gollar: Alisher  Tuxtasinov, 20 (1:0), Davron Tursunov, 33 (2:0), Artur Gevorkyan, 39 (2:1), Vladimir Shishelov, 45 (2:2), Jahongir Jiyamuradov (penalti), 64 (2:3), Artur Gevorkyan, 82 (2:4), Akmal Jo‘raboyev 86 (3:4).

 

“Andijon” – “Nasaf” - 0:1 (0:1)

23.05.2014 yil. 9 tur. Andijon. “Sog‘lom Avlod” stadioni. 5420 tomoshabin.

Bosh hakam: Ravshan Ermatov

Gollar: Farrux Sayfiyev 35 (0:1),

 

“Nasaf” – “Andijon” - 3:0 (1:0)

01.10.2014 yil. 22 tur. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 3022 tomoshabin.

Bosh hakam: Hasan Ro‘ziyev - 8,7

Gollar: Artur Gevorkyan, 45+1 (1:0), Artur Gevorkyan, 79 (2:0), Shuxrat Muxammadiyev, 89 (3:0).

 

“Nasaf” – “Andijon” - 3:1 (2:0)

12.03.2015 yil. 1 tur. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 6246 tomoshabin.

Bosh hakam: Marat Muxamedov - 9

Gollar: Artur Gevorkyan, 21 (1:0), Artur Gevorkyan, 45+1 (2:0), Oleksandr Koblash, 54 (3:0), Rustam A’zamov, 68 (3:1)

 

“Andijon” – “Nasaf” - 0:1 (0:1)

02.08.2015 yil. 16 tur. Andijon. “Sog‘lom avlod” stadioni. 9522 tomoshabin.

Bosh hakam: Viktor Serazitdinov - 8,5

Gol: Artur Gevorkyan – (penalti 9) (0:1)

 

“Nasaf” – “Andijon” - 3:0 (0:0)

28.04.2016 yil. 7 tur. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 3312 tomoshabin.

Bosh hakam: Sherzod Qosimov - 8,5

Gollar: Azamat Allaniyazov 61 (1:0), Ildar Mamatkazin 78 (2:0), Maksud Karimov 83 (3:0).

 

“Andijon” – “Nasaf” - 0:0

17.09.2016 yil. 22 tur. Andijon. “Sog‘lom avlod” stadioni. 6553 tomoshabin.

Bosh hakam: Olim Tolibjonov - 8,5

 

“Andijon” – “Nasaf” - 3:1

18.04.2019 yil. 5 tur. Andijon. “Sog‘lom Avlod” stadioni. 16856 tomoshabin.

Bosh hakam: Ravshan Ermatov.

Gollar: Shahzodbek Ubaydullayev 1 (1:0), Humoyun Murtazoyev 18 (1:1), Ro‘zimboy Ahmedov 40 (2:1), Ro‘zimboy Ahmedov (penalti 57) (3:1). 

Kiritildi: 13.10.2019 10:22. O'qildi: 2381 marta. Fikrlar: 1 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Lokomotiv 5 8
4 Nasaf 4 8
5 OKMK 5 8
6 So‘g‘diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Surxon 5 4
12 Dinamo 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2

OCHL

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 6 11
2 As-Sadd 6 8
3 Sharja 6 8
4 Al-Faysaliy 6 6

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Mash’al 0 0
2 Nasaf 0 0
3 Qo‘qon-1912 0 0
4 Surxon 0 0

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

So'nggi uchrashuv

30.03.2024. Superliga . 4-tur.
19:00
Andijon
1-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.