Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Superligada derbilar turi yaqinlashmoqda. 5-tur prevyusi.

Superligada derbilar turi yaqinlashmoqda. 5-tur prevyusi.

Superligada derbilar turi yaqinlashmoqda. 5-tur prevyusi.

O‘zbekiston Superligasida 19-iyun kuni 5-tur uchrashuvlari start oladi. Unda futbol muxlislarini 2ta derbi, shuningdek yana bir qator e’tiborga molik uchrashuvlar kutmoqda.

Alamzadalar to‘qnashuvi  - "Qo‘qon-1912"-"Qizilqum"

Bu ikki jamoa 4-turda kichik hisobda, alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi. Ayniqsa, Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari munosib o‘ynab, kutilmagan gol ortidan ochkolardan quruq qolishdi. Tajmurod Agamudorov "Qizilqum"ga joylashib ulgurmay AGMKga qarshi o‘yin o‘tkazdi va shogirdlari bilan mag‘lub bo‘ldi.

Bu uchrashuvda mezbonlarning imkoniyati yuqori. Shu sabab, Agamudorov himoyaga katta urg‘u bersa kerak, lekin uning shogirdlariga oson bo‘lmaydi.

Markaziy to‘qnashuv: Toshkent derbisi – "Paxtakor"-"Bunyodkor".

Bu ikki jamoa tanaffusdan turli xil holatda qaytdi. "Paxtakor" Jizzaxda o‘zining dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib olgan bo‘lsa, "Bunyodkor" qiyin o‘tgan uchrashuvda "Qo‘qon-1912"dan 3 ochko tortib oldi.

Derbida g‘alaba qozonish ikki jamoa uchun ham juda muhim. Chunki, yetakchilar guruhida qolish uchun 3 ochko qo‘lga kiritish kerak. Bu yo‘lda "Paxtakor"ning imkoniyatlari yaxshiroqdek. Sababi ular mezbon. Lekin "Bunyodkor" ham to‘pni nazorat qilishni ajoyib tarzda uddalamoqda. Bu uchrashuvda katta ishni ijrochilar bajarib beradi. Shuningdek, Shota Arveladze va Vadim Abramov to‘qnashuvi ham muxlislar e’tiboridan chetda qolmasa kerak.

Ayriliq. "Navbahor"-"Buxoro"

Namangandagi stadion muxlislarsiz "Navbahor"-"Buxoro" uchrashuvni qabul qiladi. Bu "Navbahor" va klubning sodiq muxlislari uchun katta ayriliq. Namangan "Markaziy" stadionidagi oldingi muxlislikni sog‘inamiz – atmosfera ajoyib bo‘lardi. Bu o‘yinda mezbonlarning imkoniyati ancha yuqori. "Buxoro" 4-turda dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi. Ammo bu gal ijobiy natija qilishi juda qiyin.

Qosimov qaytmoqda. AGMK-"Surxon"

Mirjalol Qosimov, nihoyat, o‘z jamoasi bilan medallar uchun kurashga qo‘shildi. AGMK 4ta turdan so‘ng 8 ochko jamg‘ardi va hozircha mag‘lub bo‘lmagan ikki jamoaning biri. Bu gal Olmaliqda "Surxon" mag‘lub qilinsa, uchlikka kirib olishi mumkin.

Termizliklar o‘tgan turda derbida 1ochkoli bo‘lishdi. Irodali o‘yinda ikkita gol farqi yo‘qqa chiqarildi. Bu gal Bahrom Haydarov tajribali Mirjalol Qosimovga raqobat qilishi kerak bo‘ladi.

So‘nggi imkon – "Lokomotiv"-"So‘g‘diyona"

Nima uchun so‘nggi imkon? Mavsum avvalida bu ikki jamoaning medallarga da’vogar sifatida qarardik. Hozirda jadvaldagi holat buning aksini ko‘rsatmoqda. "Lokomotiv" 7, "So‘g‘diyona" 11-o‘rinda. Bu uchrashuvda qaysi jamoa g‘alaba qozonsa, yetakchilar guruhiga yaqinlashib oladi. Ammo tobora quyiga sho‘ng‘ib borayotgan Andrey Fyodorov jamoasining yuqori kayfiyatdagi "So‘g‘diyona"ga qarshilik ko‘rsatishi oson bo‘lmaydi.

Shahzodbek Ubaydullayev. "Andijon" – "Metallurg"

Bu uchrashuvda Ubaydullayevdan boshqa muhim jihatlar ham bor edi. Lekin supergol muallifiga to‘xtalib o‘tishni joiz deb topdik. 4-turda "Loko"-"Metallurg" bahsida Ubaydullayev mualliflik qilgan Supergol ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p aylandi. Superligamizni mana shu kabi gollar bezab beradi. 5-turda Shahzodbek bekobodliklar bilan sobiq jamoasi maydoniga safar qiladi.

Ushbu o‘yinda ham maydonda juda qizg‘in kurash kechadi. "Metallurg" yetakchilar qatoridagi o‘rnini saqlab qolishga intilsa, "Andijon" har bir o‘yinda 3 ochko uchun 200% kuch sarflashga majbur holatda.

Voha derbisi  –   "Mash’al"-"Nasaf"

Uchinchi yil deganda jadvalda 10 ochko bilan yetakchiga aylangan "Nasaf" bu ishni davom ettirish uchun yaxshi imkoniyat bor. Raqib odatda mag‘lub qilinadigan "Mash’al". Ammo uchrashuv Muborakda bo‘lib o‘tadi. Bu qarshiliklarga muammo tug‘dirishi mumkin. Dilyaver Vaniyev shogirdlari bilan "So‘g‘diyona"ni shu arenada tor-mor keltirishgandi.

Ikkala jamoada ham tarkib ancha yosh. Uslub esa hujumkor. Demak, 21-iyun kuni bizni tomoshabob o‘yin kutmoqda.

Zuhriddin Qilichev

Kiritildi: 18.06.2020 18:19. O'qildi: 3985 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 25 58
2 Paxtakor 26 56
3 Navbahor 26 52
4 OKMK 26 45
5 Nasaf 26 42
6 Buxoro 26 42
7 Lokomotiv 26 40
8 Qizilqum 26 35
9 Dinamo 26 34
10 Andijon 26 31
11 So‘g‘diyona 26 30
12 Surxon 26 30
13 Xorazm 27 26
14 Bunyodkor 26 26
15 Qo‘qon-1912 26 24
16 Mash’al 26 4

Elit OCHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 0 0
2 Bunyodkor 0 0
3 Guliston 0 0
4 Jayxun 0 0
5 Lokomotiv 0 0
6 Navbahor 0 0
7 Nasaf 0 0
8 Neftchi 0 0
9 OKMK 0 0
10 Olimpik MobiUz 0 0
11 Paxtakor 0 0
12 Surxon 0 0
13 So‘g‘diyona 0 0
14 Xorazm 0 0
15 G‘azalkent 0 0
16 Qo‘qon-1912 0 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 Olimpik MobiUz 1 1
4 FarDU 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Vahda 4 9
2 Kuvayt SK 4 6
3 Nasaf 4 4
4 Xolidiya 4 4

So'nggi uchrashuv

04.11.2026. OChL-2. 4-tur.
22:00
Kuvayt SK
2-3
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

08.11.2026. Superliga.
16:00
Buxoro
—
Nasaf

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik