Kirish Registrasiya

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Tur yakunlari: Ikkinchilik uchun zichlik, o‘zgarmagan o‘rtalik

O‘zbekiston Superligasining 15 tur bahslari 15 16 17 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi.

Dushanba kunida Qarishining “Nasaf“ jamoasi Andijonga safar qildi. Yetakchi o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari, Bobur Abduxoliqovning goli evaziga, “Andijon“ni kichik, 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Musobaqa avvalidan buyon hali biron marta g‘alaba nashidasini his etmagan vodiyliklar yangi ustozi Baxtiyor Hamidullayev oldingi chiziqlardagi kamchiliklar, jismoniy tayyorgarlik, kadrlar masalalari haqida gapirib, bu muammolar ustida ishlanayotganligini takidladi. Hozircha, yangilanayotgan “burgutlar“ 6 ochko bilan, eng quyi pog‘onadan siljishganicha yo‘q.

 

Shu kuni yana bir bahs, Toshkentda “Lokomotiv“ hamda “Navbahor“jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda, o‘z natijalarni yangi mutaxassislar bilan yaxshilashga urinayotgan “temiryo‘lchilar“ Namangandan tashrif buyurgan raqiblari ustidan 1:0 hisobida zafar quchishdi. O‘yindagi yagona golga Avazbek O‘lmasaliyev mualliflik qildi. Yangi bosh murabbiy Andrey Miklyayev va uning yordamchisi Temur Kapadzelar boshqaruvida jamoa, ikkinchi g‘alabasini qayd etdi. Bu orqali toshkentliklar, o‘z imkoniyatlarini biroz yaxshilagan holda, 18 ochko bilan 9 o‘ringa ko‘tarildi. Barqarorlikni yo‘qotib qo‘yayotgan mehmonlar katta murabbiyi Numon Xasanov, qayd etilayotgan natijalarni ayni pandemiya vaziyati jamoada qiyin kechgani va muhitning biroz ko‘ngildagidek emasliga bilan izohladi. Ayni paytda “lochinlar“ 15 o‘yindan so‘ng 20 ochko jamg‘arib, ekvator chizig‘ida borishmoqda.

Ikkinchi futbol kunida, kuchli uchlikdagi o‘rinlar uchun jiddiy kurash olib borayotgan “Qo‘qon-1912“ hamda “Metallurg“ jamoalari to‘qnash kelishdi. Qizg‘in va shiddatli kechgan bahsda mehmonlar vodiydan 3 ochko olib qaytishdi. “Metallurg“ safida gollarga Abror Toshqo‘ziyev va Shahzod Ubaydullayevlar mualliflik qilishdi. Bekobodliklar 4 o‘yindan iborat kichik g‘alabali seriya namoyish etayotgani diqqatga sazovor. Ammo, bu seriya kelasi turda barham topadi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, 26 ochko bilan 5 o‘rinni band etgan Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari kuchli uchlik bilan oradagi farqning katta emasligini hisobga olib, jiddiy kurashda davom etishadi. Andrey Shipilov jamoasi esa 29 ochko to‘plagan 4 o‘rindagi “Nasaf“dan bir ochko va bir pog‘ona pastda boryapti.

Shu kuni, Muborakdagi “Bahrom Vafoyev“ nomli o‘yingohda mehmon bo‘lgan “Bunyodkor“ mezbon “Mash’al“ ustidan zafar quchdi 1:2. Uchrashuvning 2 daqiqasidayoq, Rahimjon Davronovning xatosi tufayli bir kishi kam bo‘lib qolgan muborakliklar darvozasiga mehmonlar safidan, Xurshid G‘iyosov hamda Nurillo To‘xtasinovlar to‘p kiritishdi. Kamchilik bo‘lsada raqiblariga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olgan mezbonlar vakili Sirojiddin Qo‘ziyevning goli esa durrang uchun ham yetarli bo‘lamdi. Shu tariqa “qaldirg‘ochlar“ 29 ta yani, yaqin ta’qibchisidan 1 ochko kam to‘plab, 3 o‘rindan joy olishdi.

Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan qarama-qarshiliklarda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.
Dastlab, “Surxon“ hamda “Qizilqum“ bahsida nursiz durrang qayd etildi. Shundan so‘ng mehmonlarning Termizdagi g‘alabasiz o‘yinlar soni 7 taga yetdi. Jamoalarning turnir jadvalidagi quyi o‘rinlarida esa o‘zgarish bo‘lmadi. Navoiyliklar 11 ochko bilan 11 o‘rin, Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi klub esa 9 ochko bilan 12 o‘rinni band etishdi. Muxlislar, Olmaliqdagi markaziy stadionda start olgan uchrashuvda ancha qiziqarli to‘qnashuning guvohi bo‘lishdi. Ma’lum muddat 10 kishi bo‘lib qolgan “AGMK“ mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. Himoyachilarning xatosidan unumli foydalangan Javohir Qahramonovning goliga keyinchalik, Mate Vatsadze javob qaytardi. Tablodagi hisob yakuniy hushtak chalingunga qadar saqlanib qoldi. Shu tariqa olmaliqliklar 30 ochko bilan vitse yetakchilikni qaytarib oldi. Jizzaxliklar esa umumiy 17 ochko jamg‘argan holda, 10 o‘ringa tushishdi.

Xalqaro maydondagi ishtirok tufayli, ushbu turni muddatidan avval o‘tkazgan “Paxtakor“ “Buxoro“ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Igor Sergeev, Jaloliddin Masharipov, Akromjon Komilov va Dragan Cheranlar kiritgan gollari toshkentliklarning karvonboshiligini yanada mustahkamladi.

Dadajon Foziljonov

Kiritildi: 18.09.2020 11:05. O'qildi: 3612 marta. Fikrlar: 0 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Lokomotiv 5 8
4 Nasaf 4 8
5 OKMK 5 8
6 So‘g‘diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Surxon 5 4
12 Dinamo 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2

OCHL

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 6 11
2 As-Sadd 6 8
3 Sharja 6 8
4 Al-Faysaliy 6 6

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Mash’al 0 0
2 Nasaf 0 0
3 Qo‘qon-1912 0 0
4 Surxon 0 0

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

So'nggi uchrashuv

30.03.2024. Superliga . 4-tur.
19:00
Andijon
1-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.