Kirish Registrasiya

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ro‘ziqul Berdiyev, «Nasaf»dagi moliyaviy muammolar, ’’CHelsi» va Ronaldu haqida Bobur Abduxoliqov bilan intervyu

Qarshining «Nasaf» klubi so‘nggi o‘n yil ichida o‘zbek futboliga bir qator iste’dodli o‘yinchilarni yetishtirib berdi. Klub akademiyasida shunday bir tizim yo‘lga qo‘yildiki, jamoani har mavsum yakunida yetakchi futbolchilar tark etsa-da, kelasi yilda ularning o‘rniga yangidan yangi yosh o‘yinchilar chiqaveradi. Bunga yaqqol misol qilib, Superliganing 2020 yilgi mavsumini keltirish mumkin, deyarli butunlay yangilangan tarkib bilan Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari chempionatda faqat «Paxtakor»dan ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egalladi. Ana shu jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan Bobur Abduxoliqov ham yangi mavsumni legioner sifatida boshlaydigan bo‘ldi. 23 yoshli hujumchi Ukrainaning «Rux» klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. «Daryo» muxbiri Bilol Erkin o‘zbekistonlik futbolchi bilan bog‘lanib, unga faoliyatida «Nasaf»ning tutgan o‘rni, jamoadagi moliyaviy muammolar, kumirlari va boshqa bir qator mavzulardagi savollarga javob oldi.

Katta futbolga kirib kelishi va oilasidagi futbolga bo‘lgan munosabat haqida

— Yoshligimda uydagilarim menga to‘p sovg‘a qilgan, to‘p o‘ynab yurib futbolga mehr qo‘yganman. Oilamizda hech kim futbolchi bo‘lmagan, lekin ota-onam menga hamma sharoitni yaratib bergan.

Faoliyatida Ro‘ziqul Berdiyev va «Nasaf»ning roli haqida

— Professional futbolchi bo‘lishimda Ro‘ziqul Berdiyevning hissasi juda katta. Ulardan judayam minnatdorman.

«Nasaf»ni tark etishga asosiy sabab nima bo‘lgani haqida

— Bunga asosiy sabab ko‘proq Yevropada o‘ynashni xohlaganim bo‘ldi.

O‘zbek klublarining takliflari va nima uchun boshqa o‘zbek klubiga o‘tmagani haqida

— Ha, ko‘p takliflar bo‘ldi, lekin men faqat xorijda o‘ynashni xohladim.

Bobir Abduxoliqov o‘zbek klublari orasida «Nasaf»dan boshqa klubda ham o‘ynaydimi?

— Vaqt ko‘rsatadi, lekin boshqa jamoada o‘zimni tasavvur ham qilolmayman.

«Nasaf»dagi ichki muhit, qiyinchiliklar va moliyaviy muammolar haqida

— Moliyaviy muammolar bo‘lgani rost, ammo ichki muhit judayam ajoyib edi, hammamiz bir oila edik.

Klubda to‘purar, ammo terma jamoadagi sermahsullikning pastligi haqida

— Bu savolga javob berishim qiyin, ochig‘i. Harakat qilaman terma jamoada ham gol urishga va xalqimizni xursand qilishga.

Ro‘ziqul Berdiyev, Lyubinko Drulovich, Ravshan Haydarov o‘rtasidagi asosiy farqlar, o‘xshashliklar haqida

Ularning uchalasi uch xil murabbiy, biroq o‘xshashlik tomonlari ham bor. Zamonaviy futbol o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Jamoaning tartibli va ahil bo‘lish kerakligini ta’kidlashadi.

Futbolchi sifatidagi eng katta maqsad va orzusi

— Enga katta orzum Jahon Chempionati va Yevropa Chempionlar Ligasida o‘ynash.

Dunyo bo‘yicha muxlislik qiladigan klubi

— «Chelsi»ga muxlislik qilaman

Yoqtirgan futbolchilari kim

— Didye Drogba, Fernando Torres, Serxio Aguero, Krishtianu Ronaldu, Robert Levandovski va braziliyalik Ronaldo.

Eng xushlamaydigan futbolchisi kim va nima uchun

— Ataylab jarohat yetkazadigan futbolchilarni yomon ko‘raman.

O‘zi duch kelgan eng kuchli himoyachi

Urugvayga qarshi o‘yinda bo‘lgan. Xose Mariya Ximenes va Diyego Godin juda kuchli himoyachilar edi.

O‘zbekistonlik eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma

Darvozabon: Ignatiy Nesterov;

Himoyachilar: Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Shuhrat Muhammadiyev;

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Server Jeparov;

Hujumchilar: Eldor Shomurodov, Maksim Shaskix, Aleksander Geynrix.

Kiritildi: 27.02.2021 13:25. O'qildi: 7174 marta. Fikrlar: 0 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Lokomotiv 5 8
4 Nasaf 4 8
5 OKMK 5 8
6 So‘g‘diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Surxon 5 4
12 Dinamo 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2

OCHL

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 6 11
2 As-Sadd 6 8
3 Sharja 6 8
4 Al-Faysaliy 6 6

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Mash’al 0 0
2 Nasaf 0 0
3 Qo‘qon-1912 0 0
4 Surxon 0 0

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

So'nggi uchrashuv

30.03.2024. Superliga . 4-tur.
19:00
Andijon
1-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.