Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Abduvohid Ne’matov: «2022 yilgi mavsumda «Nasaf» bilan katta yutuqlarga erishishni istayman»

Abduvohid Ne’matov: «2022 yilgi mavsumda «Nasaf» bilan katta yutuqlarga erishishni istayman»

«Nasaf»ning umidli kiperi Abduvohid Ne’matov «Darvozabon - yarim jamoa» qabilidagi ta’rifga munosib futbolchi. Har holda, u darvozabonning ishonchli harakatlari butun jamoaga ta’sir etishini teran anglaydigan yigitlardan. Abduvohid yana ancha xushchaqchaq va samimiy. Quyidagi intervyu bu fikrga dalil.

- Abduvohid, darvozabonning 17 yoshda jamoaning asosiy tarkibidan joy olishi kam kuzatiladigan holat. Sizga esa shunday baxt nasib etdi, yana «Nasaf»dek jamoada.

- Inson o‘z sohasida astoydil intilsa, qiyinchiliklar oldida esankiramay, ishonch bilan olg‘a qadam tashlasa, natija kelaveradi. 

- Jasur Hasanov, Aziz G‘a-niyev, Sharof Muhiddinov kabi futbolchilarni tarbiyalagan Jizzax shahrida tug‘ilgansiz, ammo «Nasaf»­ning maxsus maktabida tahsil olgansiz.

- Otam Furqat aka Xo‘jamatov garchi oddiy kasb egasi (usta) bo‘lsada, futbolni yaxshi tushunadi. U kishi har doim bir gapni takrorlardi: «O‘g‘lim, «Nasaf» o‘yinlarini tomosha qilsam rohatlanaman, seni shu jamoada ko‘rsam edi...». Keyinchalik bu orzu bosh maqsadimga aylandi. Onam Feruza opa ham otamni qo‘llab-quvvatladi.

- «Nasaf» futbol maktabidagi ilk qadamlaringizni qanday eslaysiz?

- Bu yerda murabbiylar - Farhod Yo‘ldoshev va Iftixor O‘rinov qo‘l ostida shug‘ullana boshladim. Shukrki, qilingan mehnat zoye ketmayapti. 2019 yili AGMK bilan o‘yinda deb­yutni nishonladim. O‘shanda 4:0 hisobida g‘alaba qozongandik. Shu tariqa mavsum oxirigacha yana 16ta uchrashuvda maydonga tushdim.

- 2020 yilgi mavsum esa siz uchun ko‘tarilish-tanilish davri bo‘ldi.

- Ha, chempionatning o‘zida 19ta o‘yin o‘tkazib, 12tasida darvoza daxlsizligini saqlab qoldim. Kubok o‘yinlarida ham chakki o‘ynamadim. Yakunda kumush medal sohibiga aylandik. Ayniqsa, «Qo‘qon-1912»ga qarshi kechgan o‘yin esda qoldi. Zero, uchrashuv boshida penalti tepish ustasi Murod Xolmuhammedov bilan «duel»da ustun keldim. Muhimi, yakunda qimmatli 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Ayni shu g‘alaba bizni kumush medal sari yetakladi. Keyinchalik Xurshid G‘iyosov va Asad Sobirjonov tepgan penaltilarni ham to‘sdim.

- Mavsum-2021 yanada samarali bo‘lishi mumkin edi. Biroq «Metallurg» bilan kubok o‘yinidagi jiddiy jarohat ortidan ancha vaqt chetda qoldingiz.

- Darhaqiqat, jarohat tufayli 6 oyga safdan chiqdim va chempionat doirasidagi atigi 6ta o‘yinda ishtirok etdim. OFK kubogida esa 3 martagina maydonga tushdim. «Nasaf» rahbariyati va bosh murabbiyimizga rahmat. Moskvada to‘liq davolanib qaytdim. Mana, yana safdaman. Umid qilamanki, bu yil hammasi yaxshi bo‘ladi.

- 2020 yili O‘zbekiston milliy jamoasiga ham chaqirildingiz.

- Bosh jamoamizga Vadim Karlenovich jalb etgandi. Tojikiston termasi bilan o‘yin­da debyut qildim. Birinchi o‘yinda hayajon sezildi, albatta, muhimi, bu faoliyatimdagi eng yorqin sahafalardan biridir.

- Darvozabon 90 daqiqa davomida hushyor turishi kerak. Yana dovyuraklik talab etiladi. Sizningcha, qaysi xislat muhimroq?

- Deylik, penalti tepilayotgan holatda raqibning to‘pni qaysi tomonga yo‘naltirishini ilg‘ash uchun ziyraklik zarur. Dovyuraklik bo‘lmasa, to‘p yo‘liga tashlanolmaysiz. Bundan tashqari, pozisiya tanlash ham muhim.

- Qaysi darvozabonlarga havas bilan qaraysiz?

- Umid aka Ergashev terma jamoaga ketganida, unga havas bilan qarab qolardim. U mashg‘ulotlarda ham o‘zgacha harakatlanadi. Shuningdek, Ignatiy Nesterov bor. O‘zi mamlakatimizda unga havas qilmagan kiper bo‘lmasa kerak. Yevrofutboldan esa «Manches­ter Siti» darvozaboni Edersonni aytishim mumkin. Gvardiola bejiz aytmagan: «Agar Edersonni himoyaga qo‘ysam, bemalol o‘ynab ketadi».

 - «Nasaf» o‘tgan yili chempionat oxirida «Lokomotiv»ga imkoniyatni boy berib, sovrinlardan quruq qoldi. Agar darvozada siz turganingizda, boshqacha bo‘larmidi? OFK kubogi finalida-chi?

- «Temiryo‘lchilar» bilan o‘yin qiyin kechishi tayin edi. Chunki jamoamizda Olmaliqdagi uchrashuvdan so‘ng charchoq yaqqol sezildi. Ikkinchidan, maydonda 10 kishi bo‘lib qoldik. OFK kubogi finaliga kelsak, raqib gollarini yo‘qqa chiqarish nihoyatda qiyin edi. Chunki ijro yaxshi bo‘lgandi.

- O‘zbekiston kubogi-2021 finalidagi g‘alaba lahzalarini qanday eslaysiz?

- O, 10 kishi bo‘lib, «Paxta­kor»dan ustun kelish... Hakam hushtagi chalinganidan keyin Umid Ergashev maydonda o‘tirib olib, quvonchdan yig‘layapti. Oldiga yugurib borib, «Aka, biz uddaladik» deganim yodimda. Shundan so‘ng birga suratga tushib, uyga jo‘natdim. G‘alabani Umid aka uyida zo‘r nishonladik.

- «Nasaf»ning chiroyli o‘yi­nini avvalo, nima bilan bog‘lash kerak?

- Albatta, bunda Ro‘ziqul Berdiyevning xizmati katta. Ustozimiz bejiz naq 5 marta O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olinmadi. Ro‘ziqul aka o‘z ishini hamisha ideal darajada bajaradi. «Nasaf»da ahil oila muhiti shakllangani zamirida avvalo, Berdiyevning ishga to‘g‘ri yondashuvi yotibdi. Ochig‘i, «Nasaf»dagi muhit boshqa biror jamoada bo‘lmasa kerak. Har holda, ayni payt o‘zimni boshqa klubda tasavvur ham qilolmayman. Zero, meni shu jamoa tarbiyaladi, non-tuz berdi, muxlislarga tanitdi. Ukam Abdulaziz ham «Nasaf» maktabida tahsil olyapti. Erta-indin jamoa hujumida Abdul­aziz Ne’matov maydonga tushsa, sira ajablanmang.

- Xo‘sh, shartnoma masalasi qanday?

- Kelishuv bo‘yicha 2024 yilgacha «Nasaf» ixtiyoridaman. Keyinchalik nima bo‘ladi? Hozir voqealardan ilgarilab ketish yaramaydi. Hammasini vaqt ko‘rsatadi.

- Mavzuni biroz o‘zgartiramiz: odatda bo‘sh vaqtda nimalar bilan shug‘ullanasiz?

- Asosan kitob o‘qiyman. Yana Ulug‘bek Rahmatullayevning ota-ona haqidagi  qo‘shiqlarini miriqib tinglashim mumkin.

- Taomlardan qaysilarini xush ko‘rasiz?

- Dasturxonga nima tortilsa, boriga shukr qilaman. Qisqasi, taom tanlamayman. To‘g‘ri, onajonim tayyorlagan manti boshqacha, baribir.

- 20 mart kuni 19 yoshga to‘lasiz. Yaqin kelajak uchun orzularingiz...

- Avvalo, 2022 yilgi mavsumda «Nasaf» bilan katta yutuqlarga erishishni istayman. Oldimizda O‘zbekiston superkubogi uchun o‘yin turibdi, keyin Superliga, OCHL saralashi, kubok bahslari... Imkon qadar barchasida muvaffaqiyatli qatnashib, muxlislarga quvonch ulashishimiz kerak. Hozir 27 fevralga belgilangan superkubok o‘yinini sabrsizlik bilan kutyapmiz. «Paxtakor» kubok finalidagi mag‘lubiyat uchun revansh olishni istashi turgan gap. Lekin biz ham bo‘sh kelmaymiz, albatta. 15 mart kuni BAAda «Bani Yas»ga qarshi kechadigan OCHL saralash o‘yinining qiymati naqadar balandligi muxlislarga ham ayon.

- Bunday mas’uliyatli dovondan mardona o‘tishinglarga tilakdoshmiz.

- «Nasaf» - yaxlit kuch. Albatta, BAAda buni amalda isbotlab, O‘zbekistonga shodlik ulashmoqchimiz.

Husan TEMIROV suhbatlashdi.

Manba: interfutbol.uz

Kiritildi: 25.02.2022 11:00. O'qildi: 1938 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 25 58
2 Paxtakor 26 56
3 Navbahor 26 52
4 OKMK 26 45
5 Nasaf 26 42
6 Buxoro 26 42
7 Lokomotiv 26 40
8 Qizilqum 26 35
9 Dinamo 26 34
10 Andijon 26 31
11 So‘g‘diyona 26 30
12 Surxon 26 30
13 Bunyodkor 25 26
14 Qo‘qon-1912 26 24
15 Xorazm 26 23
16 Mash’al 26 4

Elit OCHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 0 0
2 Bunyodkor 0 0
3 Guliston 0 0
4 G‘azalkent 0 0
5 Jayxun 0 0
6 Lokomotiv 0 0
7 Nasaf 0 0
8 Navbahor 0 0
9 Neftchi 0 0
10 OKMK 0 0
11 Olimpik MobiUz 0 0
12 Paxtakor 0 0
13 Qo‘qon-1912 0 0
14 So‘g‘diyona 0 0
15 Surxon 0 0
16 Xorazm 0 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Vahda 3 9
2 Kuvayt SK 3 6
3 Nasaf 3 1
4 Xolidiya 3 1

So'nggi uchrashuv

31.10.2026. Superliga. 26-tur.
17:00
Surxon
1-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

08.11.2026. Superliga.
16:00
Buxoro
—
Nasaf

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik