Kirish Registrasiya

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun qimmatli ochkolarni qo‘lga kiritdik»

Superligasi-2022 8-turning markaziy bellashuvi deb qaralgan «So‘g‘diyona» - «Nasaf» uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Bugungi uch ochko biz uchun juda ham qimmatli. Chunki biz kuchli raqib maydonida, safarda uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Bu juda ajoyib.

O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, biz birinchi bo‘limda o‘yinni to‘liq nazoratimiz ostiga oldik. Hisobda ham oldinda bordik. To‘pda ham, o‘yinda ham. lekin ikkinchi bo‘limda maydon egalari bizga qaraganda ancha yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ular asosan qanotlardan hujum tashkil etib, standartlarga tayanishdi. Biz esa bu holatga yetarli darajada ttayor bo‘lmaganligimiz tufayli standart vaziyatdan gol o‘tkazdik.

Umuman olganda, bugun yigitlar ko‘rsatmalarni yaxshi bajarishdi. Biz «So‘g‘diyona»dek kurashuvchan jamoaga qarshi yaxshi kurashdik. Bu esa bugungi g‘alabamizning asosiy omili bo‘ldi"— deb Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Siz asosan bitta hujumchi bilan harakat qilar edingiz. Bugun esa maydonda ikkita hujumchi harakat qildi. Bu taktik o‘zgarishmi? Yoki tezkorlikni xohlagan edingizmi?
— Bugun sxemamizga ozroq o‘zgarish kiritdik. Sof uchta himoyachi bilan harakat qildik. Bugun 3-4-3 sxemasida o‘ynadik. Bu qaysidir ma’noda «So‘g‘diyona» jamoasiga noqulaylik tug‘dirdi. Bugun ikkita hujumchi bilan o‘ynaganimizning sababi ular ikkalasi ham bosh bilan yaxshi o‘ynaydi. Ular bizga hujumda ham himoyada ham kerak edi.

— Keyingi oydan U-23 Osiyo chempionati boshlanadi. Timur Kopadze jamoani 18 maydan boshlab yig‘adi. Sherzod Nasrullayevning jarohati bor. Alibek Davronov katta ehtimol bilan U-23 terma jamoasiga ketib qolsa qanotda yuzaga keladigan bo‘shliq sizga qiyinchilik tug‘dirmaydimi?
— Bizda hozir G‘olib G‘aybullayev safga qaytyapti. Balki keyingi o‘yinlarimizni uchta himoyachi bilan o‘ynashga majbur bo‘lamiz. Bugun Saitov bilan Muhitdinov qanotlarda harakat qilishdi. Shu sababli imkoniyatimizga qarab taktika tanlaymiz va vaziytadan chiqishga harakat qilamiz.

— Hozirgi kunda mutaxassislar va murabbiylar o‘rtasida Liga kubogi haqida qizg‘in muhokamalar davom etmoqda. Turnirda qo‘shni Respublikalardan ham jamaolar ishtirok etishi haqida gapirilmoqda. Bu haqida sizning fikringiz qanday?
— Bu haqida birinchi marta sizdan eshitayabman. Bu musobaqaning qanday formatda o‘tishi, qaysi jamolar ishtirok etishi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Lekin bu jamoalar uchun yaxshi. Chunki futbolchilar uchun ham ko‘proq o‘yin amaliyoti bo‘ladi. Lekin bizning jamoaga qiyinchilik tug‘diradi. Chuni o‘zlaringizga ma’lum, «Nasaf» uchta turnirda ishtirok etmoqda bundan tashqari futbolchilarimiz terma jamoa o‘yinlarida ham ishtiro ketishmoqda. Shu sababli bu bizga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Lekin o‘yinlar ko‘p bo‘lgani o‘yinchilar va jamoalar uchun yaxshi.

— «Nasaf» joriy mavsumda qandaydir sovrin yoki o‘rin uchun o‘z oldiga maqsad qo‘ydimi?
— Biz har doim sovrinli o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilganmiz. Ikkinchi davrada jamoamizni yanada kuchaytirishni maqsad qilganmiz.

«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati

Kiritildi: 12.05.2022 23:59. O'qildi: 2472 marta. Fikrlar: 3 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Andijon 5 11
2 Neftchi 4 9
3 Lokomotiv 5 8
4 Nasaf 4 8
5 OKMK 5 8
6 So‘g‘diyona 5 8
7 Qizilqum 5 7
8 Navbahor 4 6
9 Paxtakor 4 4
10 Olimpik 4 4
11 Surxon 5 4
12 Dinamo 5 4
13 Metallurg 4 2
14 Bunyodkor 5 2

OCHL

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 6 11
2 As-Sadd 6 8
3 Sharja 6 8
4 Al-Faysaliy 6 6

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Mash’al 0 0
2 Nasaf 0 0
3 Qo‘qon-1912 0 0
4 Surxon 0 0

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 48
2 Dinamo 20 41
3 Qo‘qon-1912 21 41
4 Mash’al 22 38
5 Sho‘rtan 21 26
6 Aral 20 26
7 Xorazm 20 22
8 Yunired 20 18
9 Navbahor Farm 20 18
10 G‘ijduvon 20 16
11 Andijon-SGS 20 12

Liga kubogi

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

So'nggi uchrashuv

30.03.2024. Superliga . 4-tur.
19:00
Andijon
1-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.