Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Sherzod Jo‘rayev: «Biz namanganlik muxlislarni xursand qilish uchun o‘ynayapmiz»

Sherzod Jo‘rayev: «Biz namanganlik muxlislarni xursand qilish uchun o‘ynayapmiz»

O‘zbekiston Superligasining 27-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Nasaf» (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Sherzod Jo‘rayev ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. «Lochinlar» ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— «Nasaf» o‘z nomi va tarixiga ega jamoalardan biri. Qarshiliklarning kuchli futbol namoyish etishlarini hamma biladi. Shundan kelib chiqib, biz bu jamoaga qarshi ochiq o‘yin namoyish eta olmasdik. Shu bois, asosiy e’tiborni himoyaga qaratgan holda, qarshi hujumda o‘z kuchimizni sinab ko‘rishni maqsad qilgandik. O‘yin og‘ir kechishini bilardik hamda amalda ham shunday bo‘ldi.

— Bugun jamoangiz g‘alaba uchun maydonga tushdimi yoki yutqazib qo‘ymaslik uchunmi?
— Bugun g‘alabani ko‘zlab, maydonga tushgandik. Bilasiz, futbolda hamma yutuq haqida o‘ylaydi, o‘yinni o‘tkazib olsak bo‘ldi, deb o‘ylaydigan jamoa bo‘lmasa kerak. Biz namanganlik muxlislarni xursand qilish uchun o‘ynayapmiz. Oldingi uchrashuvlarda ishqibozlarni ranjitib qo‘ydik, endi ularning ishonchlarini yana qaytarishga harakat qilyapmiz. Xudo xohlasa, keyingi o‘yinlarda ham futbolchilar maydonda barcha imkoniyatlarini ishga solishadi.

— Raqib tarkibidagi qaysi futbolchining harakatlari siza ko‘proq yoqdi?
— «Nasaf» hech qachon bir yoki ikki nafar futbolchiga suyanib o‘ynamaydi. Doimo jamoaviy o‘yin tuzishga harakat qiladi. Shu bois, alohida kimnidir ajratib ko‘rsata olmayman. Menga Ro‘ziqul Berdiyevning ish yuritish uslubi doim yoqqan, u kishining metodikasini bemalol o‘rgansa bo‘ladi.

— 2022 yildan buyon “Nasaf" «Navbahor»ning chempion bo‘lishi yoki kubokni qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qilib kelmoqda. Bugungi durang sababli, qaysidir ma’noda o‘sha natijalar uchun revansh olindi, desa bo‘ladimi? Bu boradagi fikringiz qanday?
— Agar shunday bo‘lgan bo‘lsa, buni qaytar dunyo deydilar. Doim ham «Nasaf» yutavermaydiku. Biz qarshiliklarga qarshi kechgan bahsda oldingi natijalarni o‘ylamasdan, o‘z o‘yinimizni namoyish etishga harakat qildik. Bunday jamoalar bilan to‘qnash kelib, siz o‘z darajangizni bilib olasiz. Chunki «Nasaf» Osiyo Chempionlar ligasida «Al-Hilol», «Al-Ahli» kabi grand jamoalar bilan tengma-teng o‘ynadi. Shu orqali futbolchilar katta futbolga qadam tashlashadi, shu orqali motivasiya uyg‘onadi.

— Bugungi uchrashuvda o‘yinchilarda ishtiyoq umuman boshqacha bo‘ldi. Siz mazkur o‘yindan oldin futbolchilarga nima dedingiz?
— Qo‘qondagi bellashuvda ham yigitlarda ishtiyoq yuqori bo‘lgandi, faqat xatolar kuzatilgandi. «Bunyodkor»ga qarshi kechgan bahsda ham xatolar davom etdi. Bugun esa iloji boricha xato qilmaslikka harakat qildik. Qolaversa, «Nasaf» bilan bo‘ladigan o‘yinga futbolchilarni alohida ruhlantirish shart emas.

— Chempionlik poygasida qaysi jamoaning imkoniyatini yuqori baholaysiz?
— «Neftchi»ning taqvimi unchalik murakkab emas. «Nasaf»da taqvim biroz og‘irroq: Toshkentda «Paxtakor» bilan o‘ynaydi, o‘z maydonida «Dinamo»ni qabul qiladi. Futbolda chempionlikka erishish emas, balki uni saqlab qolish qiyin, deb o‘ylayman.

— Bugun Durbek Umaraliyevni «Navbahor» murabbiylar shtabida ko‘rdik...
— Durbek Umaraliyev yaxshi mutaxassis, futbolchilarning jismoniy holati bo‘yicha yaxshi ish olib boradi. Shu bois, uni murabbiylar shtabiga chaqirishga qaror qildik.

— Durbek Umaraliyevning murabbiylar shtabidan joy olishi jamoaga qanchalik yordam berdi?
— Bu savolga biror narsa deya olmayman. Yordami tekkan bo‘lishi ham mumkin. Hamma bugungi bellashuvni ko‘rdi.

— Navro‘zbek Iminjonov bugun qaydnomadan o‘rin olmadi. Bu nima bilan bog‘liq?
— Ixtiyorimizda 3 nafar markaziy hujumchi bor va ularning biri Iminjonov hisoblanadi. Bugun Augusto Pedroning xizmatlaridan foydalanishga qaror qildim.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz

Kiritildi: 31.10.2025 07:07. O'qildi: 1002 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 25 58
2 Paxtakor 26 56
3 Navbahor 26 52
4 OKMK 26 45
5 Nasaf 26 42
6 Buxoro 26 42
7 Lokomotiv 26 40
8 Qizilqum 26 35
9 Dinamo 26 34
10 Andijon 26 31
11 So‘g‘diyona 26 30
12 Surxon 26 30
13 Xorazm 27 26
14 Bunyodkor 26 26
15 Qo‘qon-1912 26 24
16 Mash’al 26 4

Elit OCHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 0 0
2 Bunyodkor 0 0
3 Guliston 0 0
4 Jayxun 0 0
5 Lokomotiv 0 0
6 Navbahor 0 0
7 Nasaf 0 0
8 Neftchi 0 0
9 OKMK 0 0
10 Olimpik MobiUz 0 0
11 Paxtakor 0 0
12 Surxon 0 0
13 So‘g‘diyona 0 0
14 Xorazm 0 0
15 G‘azalkent 0 0
16 Qo‘qon-1912 0 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 Olimpik MobiUz 1 1
4 FarDU 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Vahda 4 9
2 Kuvayt SK 4 6
3 Nasaf 4 4
4 Xolidiya 4 4

So'nggi uchrashuv

04.11.2026. OChL-2. 4-tur.
22:00
Kuvayt SK
2-3
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

08.11.2026. Superliga.
16:00
Buxoro
—
Nasaf

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik