Kirish Registrasiya

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ro‘ziqul Berdiyev: «Neftchi»ning minglab muxlislari safar o‘yinlariga borishi — qahramonlik emasmi?»

O‘zbekiston Superligasining 27-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Nasaf» (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. «Ajdarlar» ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— «Navbahor» bugun 5-4-1 sxemasida o‘ynab, yaxshi himoyalandi. Raqibning rejasi yaxshi himoyalanish bo‘lgani ko‘rinib turdi. Pozision hujumlarda vaziyat yarata oldik. Birinchi bo‘limda gol urib olganimizda yoki ikkinchi 45 daqiqalikda Cheranning tepgan to‘pi darvoza to‘siniga tegmasdan, gol bo‘lganida ishimiz ancha yengillashardi. To‘g‘ri, Namanganga uch ochkoni ko‘zlab kelgandik, lekin yaxshi o‘yin va bir ochko uchun ham shogirdlarimga rahmat aytaman. Durang qoniqarli natija emas, ammo kurash davom etapti. Bu oxiri emas.

— Bugungi bahsda chempionlikka bo‘lgan harakat va shaxt maydondagi o‘yinchilarda emas, ko‘proq sizda ko‘rindi. Bu haqda nima deya olasiz? Ikkinchi savolim: o‘tgan turda OKMK bilan bo‘lgan bahsdan keyingi matbuot anjumanida ba’zi gaplarni gapirdingiz. Masalan, «Neftchi» chempionlikni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, buni jamoa ortida turganlar amalga oshirishini aytib o‘tdingiz. Bu gapni hammayam ayta olmaydi. Siz esa mard bo‘lib gapirdingiz. Keling, hammasiga shaffof qarab, shuni izohlab bersangiz...

— Bu qiyin narsa emas. Bilasiz, men ko‘p ham saytlarni kuzatmayman va unchalik e’tibor bermayman. O‘ylashimcha, gapimni noto‘g‘ri tushunib, ancha gaplarni yozishibdi.

Birinchi savolga kelsak, bugungi o‘yinda ishtiyoq menda ham, futbolchilarda ham bor edi. O‘zingiz ko‘rapsiz, har to‘rt kunda maydonga tushapmiz. Bu juda og‘ir. Bunday paytda jamoani tayyorlash qanchalik og‘ir ekanini oldin ham aytib o‘tgandim.

Hozir Qarshiga qaytib, dam olmasdan, keyingi uchrashuv haqida o‘ylashimizga to‘g‘ri keladi. Qaysi tarkibni maydonga tushiraman, bu ham masala. Charchoq o‘z so‘zini aytapti. Agar to‘liq tetik holatda bo‘lganimizda, yanada zo‘r o‘yin ko‘rsatgan bo‘lardik. Lekin jamoamizdagi hammada shaxt bor, chempionlikni saqlab qolishga harakat bor.

Ikkinchi savolga keladigan bo‘lsak, bu yerda yashiradigan narsa yo‘q. Men har bir klubning mehnatini qadrlayman. Shu jumladan, «Neftchi»ning ham. Nima demoqchi bo‘lganimni tushuntiraman: «Neftchi»ni OKMKGA qarshi kechgan bahsda 20 ming muxlis qo‘llab turdi. Keyin «Neftchi» G‘uzorga borib, «Sho‘rtan» bilan o‘ynadi va u yerda ham muxlislari qo‘llab turdi. So‘ngra, ishqibozlar Toshkentga kelib, u yerdan Olmaliqqa borib, bizga qarshi muxlislik qilishdi. Mana bugun ham 5 ming atrofida «Neftchi» ishqibozi o‘yinga keldi. Bu qahramonlik emasmi?

Lekin odamlar aytgan gaplarimni faqat negativ tomonga burishdi. Men muxlislarni qahramon sifatida ko‘rsatmoqchi edim. Mana bugun ham besh ming ishqiboz bizga qarshi muxlislik qildi. Bu qahramonlik emasmi? Bu o‘z jamoasiga yordam emasmi? Rahbariyatning shuncha sharoit yaratib berayotgani qahramonlik emasmi? Nima uchundir hamma negativ tomonini qidirib ketdi.

Ertaga kim chempion bo‘lsa ham mehnatini qadrlaymiz. Chunki chempionlik o‘z-o‘zidan ro‘y berib qolmaydi. Afsuski, hech kim masalaga bu tomondan yondashmayapti. Muxlislarni nazarda tutgandir, deb hech kim yaxshi tomoniga qaramadi. Tasavvur qiling, OKMK bilan o‘yinda ikki mingga yaqin «Neftchi» muxlisi jamoamizga qarshi muxlislik qildi. Biz esa ularni muhokama qilib o‘tirdik. Kechirasizu, mening gaplarimda ortiqcha hech narsa yo‘q edi, faqat noto‘g‘ri tushunib pashshadan fil yasashdi.

— «Nasaf» bu yil ham chempionlikka kurashyapti. O‘tgan yili jamoa o‘z tarixida birinchi bor chempion bo‘lgandi. O‘tgan yilgi chempionlik yo‘lidagi harakat bilan bu yilgi chempionlikni saqlab qolish o‘rtasida qanday farq bor? Bu bosim yuklamayaptimi?

— O‘tgan mavsumda boshqalardan har jabhadada ustun edik, deb o‘ylayman. Shuning uchun uch-to‘rt tur qolganida chempionlikni nishonlagandik. Bu yil esa chempionlik uchun kurashadigan jamoalar ko‘paydi. Qolaversa, o‘rtamiyona klublarning ham o‘yini kuchaydi. Ular ham ochko ola boshladi. Masalan. bugun «Navbahor» ancha jiddiy kurashdi.

— Raqamlarga e’tibor bersak, «Nasaf»da har yil oxiriga kelib, natija pasayib qolyapti. Bu an’anaga aylanib qolmayaptimi?

— Oxirgi ikki yilni oladigan bo‘lsak, chindan ham oxirgi turlarni barqaror o‘tkaza olmadik. O‘tgan yili ham chempion bo‘lganimizdan so‘ng, qolgan bahslarda o‘yinimiz chiqmadi. Aytganingizdek, yillar takrorlanayotganiga o‘xshaydi. Tarkib keng bo‘lmasa, shunaqa qiyinchiliklar bo‘laverar ekan. Ham o‘zimizda chempionlikni o‘ylayapman, ham Osiyoda yaxshi qatnashishni. Bu juda qiyin ish. Bugun o‘ynagan jamoamiz toliqib bo‘ldi. Ikki kundan keyin esa navbatdagi bahs kutmoqda va eng yaxshi tarkibni aniqlab olishimizga to‘g‘ri keladi.

— Nima deb o‘ylaysiz, chempionlik poygasi tugadimi?

— Tugagani yo‘q, nega endi tugashi kerak? Hozirgi paytda birinchi o‘rindamiz. Nima uchun bizni hisobdan chiqarishapti? Hali kurash tugagani yo‘q. Hammada imkoniyat bor.

— Bugun Oybek Bozorov maydonda ko‘rinmadi...

— Ha, u qattiq betob bo‘lib qoldi. Shu bois qaydnomaga kiritmadik.

— Bugun «Navbahor» safida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchi kim bo‘ldi?

— Raqib tarkibida hamma o‘zining yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga harakat qildi. Shu bois jamoadagi barcha tahsinga loyiq.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 31.10.2025 07:17. O'qildi: 1669 marta. Fikrlar: 6 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Paxtakor 28 56
4 Dinamo 27 53
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Qo‘qon-1912 28 30
11 Andijon 26 29
12 Mash’al 28 29
13 Surxon 27 28
14 Buxoro 28 26
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

Elit OCHL

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Al-Hilol 4 12
2 Al-Ahli (SA) 4 10
3 Al-Vahda 4 10
4 Traktor 4 8
5 Shabab al-Ahli 4 7
6 Al-Ittihod 4 6
7 Duhayl 4 4
8 Sharja 4 4
9 Al-G‘arafa 4 3
10 As-Sadd 4 2
11 Ash-Shorta 4 1
12 Nasaf 4 0

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

Jamoa O' O

So'nggi uchrashuv

08.11.2025. Superliga . 28-tur.
18:15
Nasaf
1-2
Mash’al

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.