Kirish Registrasiya

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Qarshidagi Markaziy stadion maysasi yangisiga almashtiriladi

Kecha — 9 dekabr kuni Liga ishchi guruhi Qarshi shahrida bo‘lib, «Nasaf» klubi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Markaziy stadion bo‘yicha rejalar bo‘yicha uchrashuvda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi direktori Shuhrat Aslanov ham bevosita ishtirok etdi.

Qarshi Markaziy Respublikaning eng oldi stadionlaridan bo‘lib, u xalqaro bellashuvlarga mezbonlik qilish bo‘yicha ham katta tajribaga ega. Maydon parvarishi, uning tekislik yuzasi, drenaj va sug‘orish tizimi bir necha yillardan buyon yaxshi holatda. Biroq pandemiya davridagi uzilishlar sabab maysa ichida qator begona o‘tlar paydo bo‘ldi va shunday holatda ham «Nasaf» 5 yil davomida maydonni yaxshi saviyada ushlab turdi.

Avvalroq «Nasaf» 2025 yil davomida oldindan harakat qilib, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasiga qarashli hududda yangi maysa plantasiyasini tashkil qilgani haqida xabar bergandik. O‘tgan davr davomida maysa to‘liq parvarish qilindi va ayni vaqtda u yaxshi holatga kirib ulgurdi. Shundan kelib chiqib, yangi mavsum oldidan Markaziy stadiondagi amaldagi maysa olib tashlanib, unga plantasiyadagi maysa yotqizilishi rejalashtirilgan. Keyinchalik mazkur tajriba amalga to‘liq tadbiq etiladi. Sir emaski, «Nasaf» klubi har yili kamida 1 ta stadionli maysani qolgan klublarga ham yetkazib berish bilan shug‘ullanib keladi.

Stadion bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy ishlar tez orada boshlanadi. Rejaga ko‘ra, Markaziy maydoni kelasi yilning aprel oyida rasmiy uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Unga qadar «Nasaf» o‘zining uy uchrashuvlarini Sho‘rtan maydonida o‘tkazadi. Bunda bir jihatga e’tibor qaratish lozim, agar yangi maysa stadionning o‘zida ekilganida, «Nasaf» iyun oyiga qadar neytral maydondan foydalanishiga to‘g‘ri kelardi. Plantasiyadagi tayyor maysa esa muddatni yaqinlashtirish uchun xizmat qiladi.

Liga va klub o‘rtasidagi uchrashuvda kelasi yil uchun mo‘ljallangan qator boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Ishchi guruh Proliga masalasida ham o‘rganishlarni amalga oshirayotgan bo‘lib, Qarshidagi Geolog stadioni va uning kelgusidagi rejalari xususida ham kelishuvlarga erishdi. Shuningdek, Beshkent majmuasi ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur hudud Liganing kelgusidagi loyihalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Ishonamizki, 2026 yilgi mavsumda Markaziy stadioni yangi qiyofa kasb etadi. Liga «Nasaf» klubining siyosati va rejalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi hamda ishga bo‘lgan professional yondashuvini qadrlaydi.

Kiritildi: 10.12.2025 21:44. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar: 2 ta.

Superliga

Jamoa O' O
1 Neftchi 30 64
2 Paxtakor 30 60
3 Nasaf 30 59
4 Dinamo 30 58
5 Bunyodkor 30 49
6 OKMK 30 48
7 Navbahor 30 40
8 So‘g‘diyona 30 37
9 Qizilqum 30 36
10 Surxon 30 35
11 Andijon 30 35
12 Qo‘qon-1912 30 34
13 Mash’al 30 30
14 Xorazm 30 27
15 Buxoro 30 27
16 Sho‘rtan 30 17

Elit OCHL

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Al-Hilol 5 15
2 Al-Vahda 5 13
3 Traktor 5 11
4 Al-Ahli (SA) 5 10
5 Shabab al-Ahli 5 10
6 Duhayl 5 7
7 Sharja 5 7
8 Al-Ittihod 5 6
9 Al-G‘arafa 5 3
10 As-Sadd 5 2
11 Ash-Shorta 5 1
12 Nasaf 5 0

Yoshlar ligasi

Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

Jamoa O' O
1 Nasaf 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

Jamoa O' O

So'nggi uchrashuv

29.11.2025. Superliga . 30-tur.
15:00
Nasaf
0-0
Dinamo

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.