Bugun oliy liganing 9-turidan o‘rin olgan «Metallurg» (Bekobod) - «Nasaf» (Qarshi) o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Avval xabar berganimizdek, jamoamiz to‘liq tarkib bilan 16 may kuni “Metallurg” jamoasiga qarshi bo‘ladigan uchrashuvga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Nasaf” O‘zbekiston Professional Futbol Ligasining 9-tur uchrashuvini safarda “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
O‘zingizga ma’lum, Jasur Abduraimov boshchiligidagi U-19 O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safiga bir necha asosiy tarkib o‘yinchilarimiz jalb etilgan edi.
O‘zPFL 8-turda jamoamiz o‘z maydonida “Qizilqum” jamoasini 2:0 hisobida dog‘da qoldirdi
XXV O‘zbekiston milliy chempionatining 9-tur uchrashuvlari 12-16 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Oliy Liga 9-turda ishlaydigan hakamlar brigadasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Oliy liga 8-tur uchrashuvida jamoamiz "Qizilqum" jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Ana shu uchrashuvda "Nasaf" PFK matbuot xizmati xodimi Sardor Nurov eng qiziqarli daqiqalarni suratga oldi.
Ikkinchi jahon urushida o‘zining navqiron yoshligini jangohlarda, urush olovlarida o‘tkazgan bobolarimizning, u yerlarda jonini fido qilgan qahramonlarimizning xotirasini hurmat qilish – biz avlodlarning burchimizdir.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev qatnashdi.
"Nasaf" - "Qizilqum" o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida dastlab “Qizilqum” bosh menejeri Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.
Oliy liganing 8-turi doirasida bugun 4ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlarda yuz berayotgan o‘zgarishlarni saytimiz orqali onlayn rejimda e’tiboringizga havola qilib boramiz.
Qarshining “Nasaf” jamoasida faoliyat yuritib, jamoa yutuqlariga munosib hissa qo‘shgan, tajribali himoyachi Hamza Karimovni vohalik futbol ishqibozlari yaxshi bilishadi.
Ertaga, 7 may shanba kuni “Nasaf” jamoasi yoshlari navbatdagi 8-tur uchrashuvini o‘tkazishadi. Bu turda o‘rinbosarlarimizga navoiylik yoshlar raqiblik qilishadi.
“Nasaf” professional futbol klubida 9 may xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlanib, Qashqadaryo futbolini rivojlanishida munosib hissa qushgan, futbol jonkuyari Nuriddin aka Zayniyev xotirasiga bag‘ishlangan futbol turniri bo‘lib o‘tdi.
Xabaringiz bor, Jasur Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi ayni kunlarda Belarus mamlakatida bo‘lib turibdi. Ular 5-11 may kunlari u yerda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirishgan.
Bugundan Yoshlar ligasi ertadan esa Oliy Liga 8-tur o‘yinlari start oladi. PFL rasmiy sayti ushbu turdagi uchrashuvlarning boshlanish vaqtlarini ma’lum qildi.
OCHL guruh bosqichining so‘nggi turida "Lokomotiv" BAAning "An-Nasr"ni qabul qildi va durangga erishib keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Oliy liga sakkizinchi turida «Qizilqum» futbolchilari Qarshida «Nasaf» jamoasi mehmoni bo‘ladi. Mazkur o‘yin 8 may kuni soat 19.00 da Qarshidagi «Markaziy» stadionda boshlanadi.
XXV O‘zbekiston milliy chempionati taqvimida o‘zgarish bo‘ldi. 9-tur doirasidagi “Metallurg” (Bekobod) – “Nasaf” (Qarshi) uchrashuvi 14 maydan 16 mayga ko‘chirildi.
Osiyo chempionlar ligasining 6-turida "Nasaf" BAAda "Al-Ayn" mehmoni bo‘ldi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mamlakatimiz yashil maydonlarida 7-8 may kunlari milliy chempionatimizning navbatdagi 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Yana bir klubimiz Osiyo chempionlar ligasini guruh bosqichida yakunladi. Guruhning so‘nggi turida "Nasaf" BAAda "Al-Ayn" mehmoni bo‘ldi va mag‘lubiyatga uchradi.
Hozirgina «Al-Ayn» – «Nasaf» uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushadigan o‘yinchilar nomi ma’lum bo‘ldi.
Bugun jamoamiz uchun muhim o‘yin bo‘lib o‘tadi. Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi 6-tur uchrashuvida “Nasaf” Birlashgan Arab Amirligining Al-Ayn shahrida “Al-Ayn” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
“Al-Ayn” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda darvozabonimiz Eldorbek Suyunovlar ishtirok etishdi.
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘nggi 6-tur uchrashuvi doirasidagi “Al-Ayn” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ertaga, 3 may seshanba kuni “Al-Ayn” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan jamoalar rasmiylarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Jamoamiz kecha, kechki payt Al-Ayn shahridagi “Tahnun Bin Muhammad” stadionida mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida “Nasaf” klubi delegasiyasi Birlashgan Arab Amirligining Al-Ayn shahriga yetib kelishdi.
Jamoamiz Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi 6-tur uchrashuvini Birlashgan Arab Amirligining Al-Ayn shahri “Al-Ayn” jamosiga qarshi o‘tkazishidan xabaringiz bor.
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘nggi 6-turida “Nasaf” jamoasi safarda Birlashgan Arab Amirligining “Al-Ayn” jamoasi bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuvni yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Oliy liga 7-tur uchrashuvida jamaomiz "Andijon"ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Qiziqarli va kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvdan olingan fotosuratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
"Nasaf" - "Andijon" uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumaninig ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bugungi «Nasaf» - “Andijon” (3:0) uchrashuvi nihoyasiga yetgach, jamoamiz sardori Artur Gevorkyandan o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishni so‘radik.
“Nasaf” – “Andijon” uchrashuvi nihoyasiga yetgach, jamoa murabbiylari ishtirokidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
"Nasaf" bugun o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan oliy liga 7-tur uchrashuvini “Andijon” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Klubimiz muxlislarining tajribali yarim himoyachimiz Farrux Sayfiyevni maydonda ko‘rmaganiga ham ancha bo‘ldi. Uning o‘yinini muxlislar juda sog‘ingani ham rost.
Bugun “Markaziy” stadionda oliy liga 7-turi doirasidagi “Nasaf” – “Andijon” uchrashuvi bo‘ladi. Ushbu uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.
Bugun “Markaziy” stadionda futbol kuni. Jamoamiz oliy liga 7-turini Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi “Andijon” jamoasini qabul qiladi.
Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi “Andijon” jamoasini oliy liganing navbatdagi turida jiddiy raqib kutib turibdi.
Bugun, ya’ni 27 aprel chorshanba kuni Oliy liga 7-tur uchrashuvlari oldidan yoshlar ligasining navbatdagi 7-tur uchrashuvlariga start beriladi.
“Nasaf” jamoasi oliy liga 7-tur uchrashuvini o‘z maydonida Andijonning “Andijon” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
"Buxoro" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Buxoro” ustozi Jamshid SAIDOV jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
“Nasaf” jamoasi bugun 6-turidan joy olgan uchrashuvni Buxoroda “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Bugun Oliy liganing 6-turi doirasida yana 4ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni onlayn rejimda e’tiboringizga havola qilib boramiz.
Oliy liga 6-turi doirasida "Buxoro" o‘z maydonida Qarshining "Nasaf" jamoasini qabul qiladi.
Yoshlarimiz bugun 6-tur uchrashuvini Buxoroda “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazishdi.
Kuni kecha Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda O‘zbekiston futbol federasiyasi terma jamoalar markazi mutasaddilari “Nasaf” futbol klubi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
| № | Jamoa | O' | O |
|---|---|---|---|
| 1 | Neftchi | 29 | 65 |
| 2 | Paxtakor | 29 | 62 |
| 3 | Navbahor | 28 | 58 |
| 4 | Nasaf | 29 | 51 |
| 5 | Lokomotiv | 29 | 49 |
| 6 | OKMK | 29 | 45 |
| 7 | Buxoro | 29 | 44 |
| 8 | Dinamo | 29 | 38 |
| 9 | Qizilqum | 29 | 38 |
| 10 | So‘g‘diyona | 28 | 33 |
| 11 | Surxon | 29 | 32 |
| 12 | Andijon | 28 | 32 |
| 13 | Xorazm | 29 | 30 |
| 14 | Bunyodkor | 28 | 29 |
| 15 | Qo‘qon-1912 | 29 | 24 |
| 16 | Mash’al | 29 | 6 |
| № | Jamoa | O' | O |
|---|---|---|---|
| № | Jamoa | O' | O |
|---|---|---|---|
| 1 | Nasaf | 9 | 18 |
| 2 | Paxtakor | 9 | 17 |
| 3 | Metallurg | 9 | 17 |
| 4 | Lokomotiv | 9 | 16 |
| 5 | Andijon | 9 | 15 |
| 6 | OKMK | 9 | 14 |
| 7 | Navbahor | 9 | 13 |
| 8 | Buxoro | 9 | 11 |
| 9 | So‘g‘diyona | 9 | 11 |
| 10 | Dinamo | 9 | 10 |
| 11 | Surxon | 9 | 8 |
| 12 | Qo‘qon-1912 | 9 | 7 |
| 13 | Qizilqum | 8 | 7 |
| 14 | Bunyodkor | 8 | 7 |
| № | Jamoa | O' | O |
|---|---|---|---|
| 1 | Andijon | 0 | 0 |
| 2 | Bunyodkor | 0 | 0 |
| 3 | Guliston | 0 | 0 |
| 4 | Jayxun | 0 | 0 |
| 5 | Lokomotiv | 0 | 0 |
| 6 | Navbahor | 0 | 0 |
| 7 | Nasaf | 0 | 0 |
| 8 | Neftchi | 0 | 0 |
| 9 | OKMK | 0 | 0 |
| 10 | Olimpik MobiUz | 0 | 0 |
| 11 | Paxtakor | 0 | 0 |
| 12 | Surxon | 0 | 0 |
| 13 | So‘g‘diyona | 0 | 0 |
| 14 | Xorazm | 0 | 0 |
| 15 | G‘azalkent | 0 | 0 |
| 16 | Qo‘qon-1912 | 0 | 0 |
| № | Jamoa | O' | O |
|---|---|---|---|
| 1 | Nasaf | 20 | 34 |
| 2 | Qizilqum | 20 | 31 |
| 3 | Qo‘qon-1912 | 20 | 28 |
| 4 | OKMK | 20 | 27 |
| 5 | So‘g‘diyona | 20 | 24 |
| 6 | Neftchi | 20 | 18 |
| 29.11.2026. Superliga. 29-tur. | |||
| 16:00 | ![]() Nasaf |
3-0 | ![]() OKMK |
| 03.12.2026. Superliga. | |||
| 00:00 | ![]() Xorazm |
— | ![]() Nasaf |
|
© STADION.UZ Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|