Kirish Registrasiya

STD.UZ/REAL

Real Madrid

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

"Real" futbolchilari Salohning ustidan kuldi: Muhammad “qirollik klubi”dan qasos olishning boshqa yo‘lini topdi

Muhammad Saloh va "Real" o‘rtasida yomon xotiralar bor. Hammasi 2018 yilning may oyida boshlangan. Chempionlar ligasi finalida Serxio Ramos misrlik futbolchining yelkasidan ushlab, jiddiy jarohat olishiga sababchi bo‘ldi. Shuning uchun, u o‘yinni muddatidan avval yakunlashga majbur bo‘lgan. Yakunda "Liverpul" madridliklardan 1:3 hisobida “tarsaki yedi”. Har doim o‘sha o‘yin haqida gap ketganda, muxlislar “qaymoqranglilar” sobiq sardorining bu harakatini eslashi tabiiy.

Yillar davomida Saloh bu mavzu haqida hech narsa demadi, biroq u 2022 yilgi Chempionlar ligasi finali oldidan o‘sha xotiralarni esladi. Yakuniga yetgan YECHL turniri finalida yana o‘sha eski tanishlar, “Liverpul” va “Real Madrid” o‘zaro to‘qnash keldi.

Avvaliga Saloh ijtimoiy tarmoqlarda shunday deb yozdi: “Liverpul” va “Real” o‘rtasida hal etilmagan bir qancha muammolar bor”.

Ertasi kuni esa misrlik forvard intervyusida shunday dedi: “Real Madrid”ga qarshi oxirgi finalni xuddi kechagidek eslayman. Umid qilamanki, “Liverpul” bunga munosib javob qaytara oladi. Biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Albatta, Parijdan kubok bilan ortga qaytamiz”.

“To‘g‘ri, Chempionlar ligasi finalida mag‘lub bo‘lganingizda, siz har doim ushbu jamoaga qarshi yana bir marta o‘ynab, ularni mag‘lub etish uchun ikkinchi imkoniyatni xohlaysiz. Umid qilamizki, Saloh Chempionlar ligasining finali doirasidagi “Real”ga qarshi ikkinchi o‘yinda ham mag‘lub bo‘lib, qattiq zarbaga uchramaydi”, — dedi “Real” himoyachisi Daniel Karvaxal.

Yakunda Karvaxal haq bo‘lib chiqdi. Muhammad va “Liverpul” raqibidan qasos olishni uddalay olmadi, “Real” yana g‘alaba qozondi. Biroq, bu safar hisobi biroz kichikroq — 0:1. Ma’lum bo‘lishicha, Salohning qasos haqidagi so‘zlari Madrid klubi a’zolariga qo‘shimcha motivasiya bo‘lgan. Hujumchi Rodrigo o‘yindan ikki hafta o‘tgach, “Podpah” ko‘rsatuvida shu haqda gapirdi:

“O‘yin oldidan mashg‘ulotlarda biz bir-birimizga hazillashib shunday derdik: “Kel, Saloh, uddalay olasanmi? Salohni masxara qilish uchun g‘alaba qozonishimiz kerak. Agar, nimadirdan g‘azablansangiz, g‘alaba qozonishni juda ham xohlaysiz. Aynan Muhammadning bu gaplari bizga qo‘shimcha motivasiya berdi”.

O‘yin tugagach, "Liverpul" futbolchilari uchun yo‘lkacha hosil qildik. Ular, jumladan, Saloh bu yerdan boshini ekgan holda o‘tib ketdi. Modrich esa unga qarab: "Rahmat Saloh, keyingi safar yana bir bor harakat qilib ko‘ring", dedi. Men shunchaki kuldim. Agar shunday lahzalar bo‘lmaganida hamma futbol ko‘rishni to‘xtatardi. Shuning uchun maydon ichida hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin”.

Rodrigo bilan bo‘lgan bu intervyu ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. Masalan, “Liverpul”ning sobiq himoyachisi Xose Enrike braziliyalik futbolchiga tilini tiyishni maslahat berdi: “Siz juda yoshsiz, shuning uchun tilingizga ehtiyot bo‘ling. Vaqti kelib, bu so‘zlar sizga nisbatan ham ishlatilishi mumkin. Umid qilamanki, siz bundan to‘g‘ri xulosa chiqarasiz”.

Qiziq, bu voqea Salohning kelajagiga qanday ta’sir qiladi? 2020 yilda Muhammad do‘stlari bilan suhbatda "Real Madrid"da o‘ynashni xohlayotganini aytgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Keyin madridliklar futbolchiga qiziqish bildirgani haqida xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayni paytda misrlik forvard "Liverpul" bilan bir yildan keyin tugaydigan shartnomasini uzaytirish borasida kelisha olmayapti. U Xolandni ham, Mbappeni ham qo‘ldan chiqargan "Real" uchun ideal nomzod bo‘lishi mumkin. Ammo shuncha achchiq gaplardan keyin Salohning Madrid grandi safiga ko‘chib o‘tishi g‘alati bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, 5 iyun kuni “Mirror” nashri Saloh "Barselona"ga "Liverpul" bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmasa, kelasi yozda Kataloniya klubi safiga o‘tishini va’da qilgani haqida xabar bergandi. Nashrning qo‘shimcha qilishicha, shu sababdan futbolchi mersisaydliklar bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti. Xo‘sh, Saloh yana qasos olmoqchimi? Sababi, Madrid va Kataloniya grandlari salkam bir asrdan beri “dushman” hisoblanadi. Saloh esa olovga “yog‘ sepish” uchun “ko‘k-anorranglilar” safiga o‘tmoqchidir, ehtimol. Kuzatamiz.

Kiritildi: 20.06.2022 17:42. O'qildi: 14311 marta. Fikrlar: 16 ta.

La-liga

Jamoa O' O
1 Barselona 38 88
2 Real Madrid 38 84
3 Atletiko 38 76
4 Atletik Bilbao 38 70
5 Vilyarreal 38 70
6 Betis 38 60
7 Selta 38 55
8 Osasuna 38 52
9 Rayo Valyekano 38 52
10 Malyorka 38 48
11 Valensiya 38 46
12 Real Sosyedad 38 46
13 Xetafe 38 42
14 Alaves 38 42
15 Espanyol 38 42
16 Sevilya 38 41
17 Jirona 38 41
18 Leganes 38 40
19 Las-Palmas 38 32
20 Valyadolid 38 16

ECHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Real Madrid 3 7
2 Al-Hilol 3 5
3 Zalsburg 3 4
4 Pachuka 3 0

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

UYEFA Superkubogi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

01.07.2025. Klublar o‘rtasida JCh . Nimchorak final.
23:59
Real Madrid
1-0
Yuventus

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.