Kirish Registrasiya

STD.UZ/REAL

Real Madrid

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Serxio Kanales: «Meksika – haqiqiy futbol mamlakati»

La Liganing grand klublaridagi o‘yinlari bilan tanilgan ispaniyalik hujumkor yarim himoyachi Serxio Kanales o‘tgan yili o‘zi uchun qulay hududdan chiqib, salohiyatini yangi chempio­natda sinab ko‘rishni ma’qul ko‘rdi.

Aniqroq aytsak, Ispaniya elit divizionida naq 15 yil faoliyat yuritgan 33 yoshli futbolchi Meksikaning «Monterrey» klubi taklifini qabul qildi. Aytish o‘rinli, Kanales transferi butun Meksika futbolida katta shov-shuv keltirib chiqardi. Serxio shunga yarasha Klublar o‘rtasidagi JCH-2025 yo‘llanmasini kafolatlashga ulgurgan «Monterrey»da asosiy «figura»lar qatoriga qo‘shildi va yaqinda KONKAKAF Chempionlar kubogi chorak finalida Lionel Messisi bor «Inter Mayami» har ikki o‘yinda ham «tiz cho‘ktirilishi»ga munosib hissa qo‘shdi. Kanales turnirning yarim final bahslari oldidan esa FIFA rasmiy saytining intervyu masalasidagi so‘roviga ijobiy javob berdi. Suhbat jarayonida faxriy futbolchining Meksikaga yo‘l olishi va mamlakat futboli darajasi haqida gap bordi. Serxio shuning barobarida Lionel Messi bilan uchrashuviga ham to‘xtaldi.

- Meksikadagi ilk mavsum o‘zingizga nechog‘li yoqdi?

- Har bir o‘yin va turnirda faqat g‘alabaga intiladigan «Monterrey»dek klubda to‘p surayotganimdan baxtiyorman. Jamoada o‘sishga qaratilgan ishtiyoq katta ekanligi kayfiyat bag‘ishlamoqda va astoydil ishlayapman. Qaytaraman, «Monterrey»da yangi tarix yaratish, rivojlanish va ajoyib natijalarga erishish strategiyasi bor - bu buyuk klublarga xos yondashuv. Futbolchi uchun asosiysi nima? O‘zi ishtirok etayotgan har bir turnirda bosh sovringa da’vogar bo‘lish, albatta. Xullas, «Monterrey» kuchli istak va g‘alaba mentalitetiga ega jamoa. Demak, qoniqish hissi bor.

- O‘zi Meksika futboli qanday?

- Gap haqiqiy futbol mamlakati haqida ketmoqda. Ha, mahalliy liga Yevropada uncha mashhur emasdir, ammo bu yerda umumiy standartlar juda yuqori. Qolaversa, chempionat saviyasi tobora oshmoqda. Misol uchun, uy o‘yinlarida har safar muxlislar bilan deyarli to‘lgan tribunalar ostida o‘ynaymiz. Demoqchimanki, Meksika futbolida muxlislik darajasi - kosmos! Stadion o‘z jamoasini 90 daqiqa davomida tinimsiz ravishda qo‘llab-quvvatlaydi. Xususan, «Monterrey» fanatlariga gap yo‘q, ular hamisha ishtiyoqqa to‘la holda, bizni olg‘a boshlashadi. Deylik, safar o‘yinlarida ham jamoa­ni sira yolg‘izlatib qo‘yishmaydi.

- Futbol saviyasini olsak, Yevropa ligalariga nisbatan qanchalik farq sezilmoqda?

- Yevropa jamoasi Meksika ligasiga qo‘yilsa, qanday karomat ko‘rsatishi mumkinligini aytish mushkul. Har holda, mahalliy klublar osongina taslim bo‘lmasligi aniq. Umuman, fikrimcha, Meksika futboli mutlaqo boshqacha. Hattoki, deyarli boshqa sport turidek... Meksika va Yevropa futbolini o‘zaro taqqoslash - bu xuddi APLni La Liga bilan solishtirishga urinishdek gap. Qaytaraman, mahalliy ligada deyarli barcha jamoalar o‘zgacha o‘ynashga moyil. Ha, deylik, Ispaniyada o‘yinlar juda yuqori sur’atda o‘tadi, jamoalar to‘pga 2 yoki 3 marta teginish bilan raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratishi mumkin. Shuningdek, harakat ko‘p, jamoalar ancha yig‘inchoq to‘p suradi. Meksikada esa asosiy mezon - jismoniy tayyorgarlik. Yana to‘qnashuvlar ko‘p, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlar tez-tez kuzatiladi. Har bir jamoa to‘pni qaytarib olgani zahoti darhol olg‘a borishga, tezkor hujum boshlashga harakat qiladi. Ispaniyada aksincha, agar ochiq hududlar bo‘lmasa, jamoalar to‘pni saqlab turib, pozision hujum tashkil etishga moyil. Oddiy ayt­ganda, La Ligada hammasi chizma asosida amalga oshirilsa, bu yerda ehtimolki, tavakkalchilikka yo‘g‘rilgan harakatlarni ko‘proq ko‘rasiz.

- O‘yin uslubining keskin o‘zgarishidan qiynalmadingizmi, meksikacha futbolga qanday moslashdingiz?

- Hammasi joyida, ishlarim yaxshi. To‘g‘ri, milliy chempionatga moslashish jarayoni hali yakunlangani yo‘q. Muhimi, o‘z o‘yinimdan qoniqyapman. Unutmaslik kerak, bu yerga butunlay boshqacha futbol madaniyati, ritmidan keldim. Hozirda jismoniy jihatdan qandaydir muammo sezmayapman. Faqat mavsum boshida orttirilgan jarohat biroz qiynadi, hozir esa yaxshiman. Asosiysi, bu yerda o‘yinga bosh­qacha rakursdan qarashni o‘rgandim. Umuman olganda, moslashish masalasida to‘g‘ri yo‘ldaman, menimcha.

- Sizningcha, Lionel Messining «Inter Mayami» safiga qo‘shilgani mintaqa futboli rivojiga kutilgan darajada turtki berdimi? 

- Leo Messi tarixdagi eng yaxshi futbolchi, shubhasiz. Har holda, shaxsan men uchun shunday. «Oltin to‘p»ning ko‘p karra sohibi sanalgan futbolchining «Inter Mayami»da o‘ynashi butun MLS uchun juda muhim. Bu chempionat ishtirokchilari uchun ham katta voqelikdir. Meksika misolida aytsam, har bir klub tobora o‘sish harakatida. «Monterrey»ga kelganimdan buyon bunga bevosita guvoh bo‘lyapman. Mana, kelasi yili mintaqada Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Menimcha, yangi formatdagi turnir - KONKAKAF vakillari uchun eng kuchli raqiblar bilan yuqori darajada raqobatlashishga qodir ekanliklarini isbotlashga yaxshi imkoniyat. Binobarin, MLS ham MX (Meksika ligasi) ham sezilarli darajada tez o‘smoqda.

- Xo‘sh, professional futbolchi sifatida Messining aynan qaysi xususiyatini ko‘proq qadrlaysiz?

- Uni boshqa barcha futbolchilardan ajratib turadigan bir jihati - bu barqarorlik. Ishoning, 15-20 yil davomida eng yuqori darajada qolishning deyarli imkoni yo‘q. Bunaqasi sanoqli futbolchilar qo‘lidan keladi. Deylik, Leo­dan tashqari, birgina Krishtianu Ronalduni tilga olish mumkin. Ikkisi shuncha vaqt elit darajani saqlab qolgani, sovrin ortidan sovrin yutgani, har yili eng yaxshi bo‘lishga da’vo qilgani, tinmay gol urgani yoki assistent rolini bajargani - shunchaki, fantastika! Futbol tarixida o‘z jamoalarini shuncha uzoq vaqt sovrinlar sari yetaklagan boshqa yulduz bo‘lmasa kerak. Ayniqsa, zamonaviy futbolda. Messi va Ronalduga xos xotirjamlik va individuallik, texnik va jismoniy sifatlar aqlga sig‘maydi, shunchaki. Har ikkisi kerakli vaqt kerakli joyda bo‘lishni go‘yoki, suv kabi ichib olgan va bu o‘z nav­batida jamoadoshlariga xotirjamlik bag‘ishlaydi. Umuman, Messiga hamisha barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi sifatida qarayman. Qaytaraman, 15-20 yil davomida bunday daraja va ishtiyoqni saqlab qolish mumkin emas!

Manba: fifa.com, M.PO‘LATOV tayyorladi

Kiritildi: 23.04.2024 23:38. O'qildi: 968 marta. Fikrlar: 0 ta.

La-liga

Jamoa O' O
1 Real Madrid 34 87
2 Jirona 34 74
3 Barselona 34 73
4 Atletiko 34 67
5 Atletik Bilbao 34 61
6 Real Sosyedad 34 54
7 Betis 34 52
8 Valensiya 34 47
9 Vilyarreal 34 45
10 Xetafe 34 43
11 Sevilya 34 41
12 Alaves 34 41
13 Osasuna 34 39
14 Las-Palmas 34 37
15 Selta 34 34
16 Rayo Valyekano 34 34
17 Malyorka 34 32
18 Kadis 34 26
19 Granada 34 21
20 Almeriya 34 17

ECHL

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Real Madrid 10 24
2 Napoli 8 11
3 Braga 6 4
4 Union Berlin 6 2

Klublar o‘rtasida JCh

Nimchorak final
12.12.2023
23:00 Al-Ittihod
3:0
Oklend Siti
Chorak final
15.12.2023
19:30 Leon
0:1
Urava Reds
23:00 Al-Ahli
1:3
Al-Ittihod
Yarim final
18.12.2023
23:00 Fluminense
2:0
Al-Ahli
19.12.2023
23:00 Manchester Siti
3:0
Urava Reds
3-urin uchun
22.12.2023
19:30 Al-Ahli
-:-
Urava Reds
Final
22.12.2023
23:00 Fluminense
-:-
Manchester Siti

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

UYEFA Superkubogi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

04.05.2024. La-liga . 34-tur.
19:15
Real Madrid
3-0
Kadis

Navbatdagi uchrashuv

09.05.2024. ECHL . Yarim final.
00:00
Real Madrid
-:-
Bavariya

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.