Kirish Registrasiya

STD.UZ/REAL

Real Madrid

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Davide Anchelotti «Real»ni mustaqil boshqarmoqchi

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘g‘li va doimiy yordamchisi Davide hamisha u bilan birga.

Deylik, kichik Anchelottti bunga qadar «PSJ», «Bavariya», «Napoli» va «Everton» klublarida ham otasi yonida ishladi. Yosh mutaxassis qachondir mustaqil ravishda ham jamoa boshqarish niya­tida. Har holda, Davide France Football nashriga bergan intervyusida bu xususda dangal gapirdi.

Kelajak rejalari

- «Real» bilan o‘rtamizda 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bor. Hozirda ko‘plab yosh iqtidorlarga egamiz, shunday ekan, jamoa yaqin kelajakda o‘ta kuchli tarkib hosil qiladi. Rejalarim? Albatta, bosh murabbiy rolida ham ishlab ko‘rmoqchiman. Mana, ayni payt dunyodagi eng yaxshi klubdaman - «Madrid» professional darajada o‘sish uchun eng zo‘r maktab. Hozircha hech qanday aniq taklif yo‘q, hammasi klub rahbariyati qarashiga bog‘liq. Muhimi, «Real»da baxtliman, oilam ham yonimda. Turmush o‘rtog‘im ispaniyalik va u Madriddan ketishni istamasa kerak. Asosiysi, otamning yonidaman. To‘g‘ri, hammasi qanday rivojlanishini hech qachon oldindan bilolmaysiz. Yashirmayman, aniq maqsadim bor - kun kelib, «Real»ni mustaqil ravishda boshqarish.

Futbolchilar bilan 

munosabati

- Asosiy yulduzlarimiz xudbinlikdan aziyat chekishmaydi. Vinisius, Bellingem, Rodrigo, Valverde - bu yigitlar sof jamoaviy futbolchilar. Ular uchun umummanfaat har doim ustuvor ahamiyatga ega. Faxriylar ham «zaharli» emaslar, aksincha, yoshlarga chin namuna bo‘la olishadi. Toni Kroos - maydondagi murabbiy. Deylik, u yigitlarga «Siti»ga qarshi qanday o‘ynashni mukammal tushuntirib berishga qodir. Umuman, murabbiy uchun faxriylarni professional tarzda boshqarish qiyin emas, lekin ba’zi jihatlarda mushkulotlar bor. Misol uchun, bizdagi har bir faxriy futbolchi muntazam o‘ynashga loyiq. Luka Modrichni olaylik, u hamon yuqori darajada, kerak pallada barchaga yordam qo‘lini cho‘zadi. 

Don Karlo bilan ishlash nyuanslari

- Otam 30 yildan buyon murabbiylik qilmoqda va har joyga tezda moslashishi bilan hurmatga loyiq. Mana, hozir murabbiylar shtabiga yosh mutaxassislarni qo‘shib olgan. Bu masalada ajoyib muvozanat bor. Bizda jarayon shundayki, otam futbolchilar bilan muloqot qilish uchun yetarli vaqtga ega. U shuning barobarida men va Franchesko Mauriga ham to‘liq ishonadi. Oldimizdagi vazifa esa oddiy: unga «qarshi» chiqishimiz kerak. Qisqasi, otam mustaqil fikrlashimizni qadrlaydi. Asosiysi, unga qaysidir masalada ochiq-oshkora gapira olamiz bemalol. Otamning eng yaxshi fazilati? U hech qachon omma oldida g‘azablanmaydi. Ba’zida shunchaki, tashqariga chiqib ketadi va ko‘p o‘tmay, xotirjam holda qaytadi. Muhim qarorlarni esa har doim o‘zi qabul qiladi.

Jamoani shakllantirish jarayoni

- Futbolda nimalarnidir muntazam yaxshilab borish kerak. Joriy mavsumni ajo­yib topilma bilan boshladik - romb shaklidagi 4-4-2 chizmasi. Keyinchalik uzun uzatmalarni ko‘p o‘tkazib yuborayotganimizni ko‘rdik va buni tuzatdik. Jamoa o‘zgarib bormoqda, bunda mashg‘ulotlar jarayoni juda muhim. Mudom yangi yechimlar ustida izlanamiz. Shuningdek, mavjud futbolchilarni jiddiy o‘rganish ustuvorlik kasb etadi. Demoqchimanki, murabbiy qo‘l ostidagi futbolchilarga moslashishi kerak. 

Zidanga hurmat

- Futbolchilar uni juda yaxshi ko‘rishardi, yengil tushunishardi. Chunki Zizu o‘z fikrini g‘ayrioddiy sodda tarzda yetkaza oladi. Aslida u ko‘p gapirmaydi, lekin futbolchilardan aynan nima xohlashini aniq ifodalaydi. Juda kamtarligi esa «Real»dagi yutuqlarini yanada zalvorli qilgandi. Axir CHLda ketma-ket 3 marta g‘alaba qozonish hazil gap emas. Qisqasi, Zidanning fe’l-atvorini yaxshi ko‘rardim, unga hurmatim beqiyos. 

MUHAMMADXON tayyorladi

Kiritildi: 25.04.2024 23:10. O'qildi: 3839 marta. Fikrlar: 0 ta.

La-liga

Jamoa O' O
1 Real Madrid 34 87
2 Jirona 34 74
3 Barselona 34 73
4 Atletiko 34 67
5 Atletik Bilbao 34 61
6 Real Sosyedad 34 54
7 Betis 34 52
8 Valensiya 34 47
9 Vilyarreal 34 45
10 Xetafe 34 43
11 Sevilya 34 41
12 Alaves 34 41
13 Osasuna 34 39
14 Las-Palmas 34 37
15 Selta 34 34
16 Rayo Valyekano 34 34
17 Malyorka 34 32
18 Kadis 34 26
19 Granada 34 21
20 Almeriya 34 17

ECHL

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Real Madrid 10 24
2 Napoli 8 11
3 Braga 6 4
4 Union Berlin 6 2

Klublar o‘rtasida JCh

Nimchorak final
12.12.2023
23:00 Al-Ittihod
3:0
Oklend Siti
Chorak final
15.12.2023
19:30 Leon
0:1
Urava Reds
23:00 Al-Ahli
1:3
Al-Ittihod
Yarim final
18.12.2023
23:00 Fluminense
2:0
Al-Ahli
19.12.2023
23:00 Manchester Siti
3:0
Urava Reds
3-urin uchun
22.12.2023
19:30 Al-Ahli
-:-
Urava Reds
Final
22.12.2023
23:00 Fluminense
-:-
Manchester Siti

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

UYEFA Superkubogi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

04.05.2024. La-liga . 34-tur.
19:15
Real Madrid
3-0
Kadis

Navbatdagi uchrashuv

09.05.2024. ECHL . Yarim final.
00:00
Real Madrid
-:-
Bavariya

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.