Kirish Registrasiya

STD.UZ/REAL

Real Madrid

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Dani Karvaxal: «Evropada «Real»dan boshqasi uchun o‘ynamayman»

Ispaniya La Ligasi-2024|2025ning boshlang‘ich qismi «Real» yetakchilaridan biri Dani Karvaxal uchun dahshatli tushga aylandi.

Chunonchi, ispaniyalik tajribali himoyachi «Vilyarreal»ga qarshi g‘alabali o‘yin yakunida og‘riqli jarohatga yo‘liqdi va taxminan 8-10 oy muddatga safdan chiqdi. «Qirollik klubi» sardori Esquire nashriga bergan intervyusida shu jarohatga alohida to‘xtaldi, shuningdek, kelajak rejalari yuzasidan gapirdi, yana jamoasining joriy mavsum nega qiyinchiliklarga uchrayotgani xususida fikr bildirdi.

- La Liga 6-turidan o‘rin olgan o‘yin siz uchun juda ko‘ngilsiz yakunlandi. Jarohat naqadar qo‘rqinchli bo‘lgani videotasvirlarda ham yaqqol ko‘rinib turdi... 

- Ha, o‘sha lahzadayoq jiddiy jarohatga duch kelganimni tushundim. Oddiy ifoda etganda, raqib bilan to‘qnashuv oqibatida tizzam parcha-parcha bo‘lib ketgandek tuyuldi. Turli shikastlanishlar futbolning bir qismi ekan, shunga o‘xshash ko‘ngilsizliklarga ham tayyor turish kerak. Eng muhimi - kasbga sadoqat, ishga munosabat, g‘ayrat va qat’iyat.

Shundan so‘ng sizga dalda o‘laroq, qo‘llab-quvvatlov so‘zlari nihoyatda ko‘paydi. Qiziq, qaysi mashhur shaxsning e’tiboridan ko‘proq hayron qoldingiz?

— Ochig‘i, o‘sha damlar juda kerakli va qadrli insonligimni qalban his qildim. Ijtimoiy tarmoqlar orqali juda ko‘pchilik xat yozdi, qo‘ng‘iroq qildi. Hamma qo‘llab-quvvatladi, iliq munosabatini izhor etdi. O‘z o‘rnida menga befarq qaramagan barcha-barchaga minnatdorchilik bildiraman. Albatta, manzilimga yo‘naltirilgan samimiy fikrlar orasida hayron qoldiradiganlari ham yetarli. Masalan, «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeo­nedan kelgan maktubni tilga olishim mumkin. To‘g‘risi, u futbolni chinakamiga yaxshi ko‘radigan va meni hamisha hayratga soladigan jonkuyar insonlardan biridir. Bilasizmi, sportchilar kuchli hissiyotlar qurshovida yashashadi va shunday zavq­li xotiralar qatori Simeone yuborgan xabarni alohida lahza sifatida eslab qolaman.

Hozirda ko‘plab futbolchilar tig‘iz taqvimdan nolishmoqdaBunga qanday qaraysiz?

- Yoqimsiz va qiyin savol. Misol uchun, o‘z klubining asosiy tarkibida 3ta turnirda muntazam qatnashayotgan va terma jamoasidan ham doimiy ravishda chaqiruv oladigan futbolchilar u qadar ko‘p emas. Menimcha, bu guruhga chamasi 50-60 nafar futbolchi kirsa kerak. Shular zimmasiga tushadigan yuklama va deylik, «Leganes» vakili ko‘taradigan og‘irlikni bir-biriga taqqoslash ilojsiz, albatta. Lekin o‘rtadagi farq maosh masalasida ham yaqqol aks etib turibdiku, shunday emasmi? Shaxsan men hech qachon kamroq o‘ynab, shunga yarasha ozroq maosh olish haqida o‘ylamayman. Oddiy aytganda, futbolchilar o‘yinlar soniga yarasha ish haqi olish­yapti.

- Jamoa o‘yinlarini chetdan kuzatish qay darajada og‘ir?

- Bunday vaziyatda jarohatga yo‘liqqan futbolchi ikki hissa ko‘proq aziyat chekadi. Chunonchi, ular boshqa nuqtadan turib, jamoaga qanday yordam berishlari mumkinligi haqida bosh qotirishadi. Tabiiyki, har doim o‘z vazifamni yaxshi bajarishga harakat qilaman. Xususan, maydon chetida jamoadoshlar bilan doimiy aloqadaman, ulardan hol-ahvol so‘rayman... Afsuski, oxirgi vaqt «Real»­da jarohatlanganlar soni ko‘payib ketdi, boz ustiga, eng muhim ijrochilar safdan chiqishdi. Ha, bu mavsum Mbappedek futbolchining kelishi biroz yengillik berishi mumkin, ammo Kroos, Nacho va Xoselu ketishganini unutmaslik kerak. Qisqasi, hozir mavjud holatdan imkon qadar yo‘qotishlarsiz chiqib ketish yo‘lini axtarishimiz zarur.

Klublar o‘rtasidagi JCH startigacha tiklana olasizmi?

- Eng asosiy maqsad ham shu. Iyun oyida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganiga 8 oy bo‘ladi. O‘zi tizza jarohatida tiklanish uchun ko‘p vaqt talab etiladi. Qisqasi, hammasi yozda ayonlashadi.

- «Oltin to‘p» atrofidagi vaziyat haqida qanday fikrdasiz? 

- Bu savolga javob bermaslikni ma’qul ko‘raman. Ha, nega fikr so‘rayotganingiz tushunarli, lekin men aytgan gap noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin. Faqat shuni aytamanki, adashmasam, qanot himoyachilari orasida «Oltin to‘p» reytingida eng yuqori o‘rinni men egalladim. 32 yoshda shunday natijaga erishish katta gap, baribir.

Ochig‘ini ayting, mukofotni sizga berishlaridan umidingiz bormidi?

- Ehtimol, miyamga shunday fikr kelgandir. Har holda, boshqalarga nisbatan ko‘proq sovrin yutdim, demak, sovringa haqli edim. Lekin... Tushundimki, futbolda himoyachi bo‘la turib, «Oltin to‘p»ni yutadigan zamonlar tarixda qolgan.

Xoselu bilan gaplashib turibsizmi? U Qatar haqida nima demoqda? 

- Xoselu juda xursand. Axir butunlay boshqacha tajribaga yuz burdi. Qatarda barcha stadionlar bir-biriga yaqin, turmush tarzi darajasi ham juda yuqori. U ba’zan hazillashadi: «Seni shu yerda kutaman, o‘ng qanotdan joying naqd».

Kelajakda shunga o‘xshash tajribaga qanday qaraysiz? 

- Agar «Real»dan ketsam, Yevropada o‘ynamasligim aniq. Chunki CHL yoki Ispaniya ligasida «Madrid»ga qarshi maydonga tushishni istamayman. Ehtimol, aynan Yaqin Sharq klublaridan birini tanlarman.

Futbolchilik faoliyatingizni qachon yakunlash haqida o‘ylab ko‘rdingizmi? 

- Yo‘q. Bir kuni o‘yqudan turib, mashg‘ulotlarga borish ishtiyoqini yo‘qotishdan qo‘r­qaman. Hozircha ishtiyoq joyida, shunday ekan, har lahzadan boricha zavqlanishim kerak. Yigitlarning mashg‘ulotda qanday ishlayotganlarini kuzata turib, maydonga tushib ketgim kelyapti. Lekin sabr qilishim kerak. Ha, faoliyatim nihoyalab borayotganini his qilib turibman. Shuning uchun tiklanish jarayo­niga kuchli e’tibor qaratishim shart. Axir 32 yoshdaman, vaqt esa ortga qaytmaydi. Yana qancha o‘ynashim mumkin? 4 yoki 5 yilmi? Bu men uchun yetarli emas. Balki kun kelib, «Re­al»da barqaror o‘ynolmasman. Shunda nisbatan yengilroq chempionatga ko‘chib o‘tishim mumkin.

- Hayotingiz haqida hujjatli film ishlashni taklif qilishibdi...

- Ha, ayniqsa, ayni jarohat fonida bir qator platformalar hujjatli film olishni xohlashdi, lekin rad etdim. Chunki bu oilamiz muhiti va qarashlarimizga mos kelmaydi. O‘zim ham omma e’tiboriga tushishdan ko‘ra, panada yurishni afzal ko‘raman. Kamera qarshisida o‘tirib olib, shaxsiy hayotim, jarohat ortidan kelgan azob-uqubatlar va boshqa hodisalarni doston qiladigan odam emasman. Buni o‘zimga ep ko‘rmayman.

X.YUSUPOV tayyorladi.

Kiritildi: 19.01.2025 16:00. O'qildi: 1082 marta. Fikrlar: 0 ta.

La-liga

Jamoa O' O
1 Barselona 38 88
2 Real Madrid 38 84
3 Atletiko 38 76
4 Atletik Bilbao 38 70
5 Vilyarreal 38 70
6 Betis 38 60
7 Selta 38 55
8 Osasuna 38 52
9 Rayo Valyekano 38 52
10 Malyorka 38 48
11 Valensiya 38 46
12 Real Sosyedad 38 46
13 Xetafe 38 42
14 Alaves 38 42
15 Espanyol 38 42
16 Sevilya 38 41
17 Jirona 38 41
18 Leganes 38 40
19 Las-Palmas 38 32
20 Valyadolid 38 16

ECHL

- Guruhi

Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Real Madrid 3 7
2 Al-Hilol 3 5
3 Zalsburg 3 4
4 Pachuka 3 0

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenhem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

UYEFA Superkubogi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

09.07.2025. Klublar o‘rtasida JCh . Yarim final.
23:59
PSJ
4-0
Real Madrid

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.