Real Madrid

STD.UZ/REAL

Real Madrid

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Karlo Anchelotti: «Biz 52 kun ichida 17 ta uchrashuv o‘tkazdik! Dam olishimiz kerak»

Karlo Anchelotti: «Biz 52 kun ichida 17 ta uchrashuv o‘tkazdik! Dam olishimiz kerak»

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Real Sosyedad»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Kubogi yarim finali oldidan jurnalistlarning savollariga javob berdi. Ushbu uchrashuv 26 fevral kuni Moskva vaqti bilan 23:30 da start oladi.  

Uchrashuv haqida
««Sosyedad»ga qarshi o‘ynash doim qiyin, ular hozir juda yaxshi sport formasida. Ispaniya Kubogi yarim finali har ikki jamoa uchun muhim. Biz teng va qiziqarli o‘yin kutyapmiz».  

Taqvim haqida
«Zich taqvimni hisobga olsak, biz juda yaxshi harakat qilyapmiz, xuddi bir nechta musobaqada ishtirok etayotgan boshqa jamoalar kabi. Biz 52 kun ichida 17 ta uchrashuv o‘tkazdik – mening davrimda chempionatda atigi 30 ta o‘yin bo‘lardi! Men ham charchadim, o‘ylaymanki, siz ham charchagansiz. Hammamizga dam olish kerak».  

Jamoa haqida
«Jamoada yaxshi muhit hukm suryapti. Mbappe juda kamtar yigit, u bilan birga jamoamiz o‘zini yanada ishonchli his qilayapti, chunki u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Biz uchun muhim bo‘lgan Nacho, Kroos va Karvaxalni yo‘qotdik, ularning o‘rnini yoshlar egallashi kerak. Kamavinga, Chuameni, Valverde, Rodrigo va Vini jamoaning yangi yetakchilariga aylanishlari lozim».  

Xavyer Tebasning bayonoti haqida
«Tebas «Real» haqida juda ko‘p gapiryapti, madridlik millionlab muxlislarga hurmatsizlik ko‘rsatyapti. Ispaniya futboli uchun muhimroq mavzular bor, La Liga prezidenti aynan shu masalalarga e’tibor qaratgani ma’qul».  

«Madridliklar o‘z klubi bilan faxrlanadi. Men o‘z umrim davomida bunday nizoni eslay olmayman – «Milan»da ishlagan paytimda chempionatni Galliani boshqargan, u esa ajoyib rahbar edi va doim haq bo‘lgan».  

Gyuler haqida
«Har bir futbolchi men bilan kelib gaplashishi mumkin. Men ularning har biri, ayniqsa, yoshlar bilan doim suhbatlashaman. Gyuler harakat qilyapti, u maydonga tushishni xohlaydi, xuddi boshqa yosh futbolchilar kabi. Bir paytlar Vini va Rodrigo ham xuddi shunday vaziyatda bo‘lishgan – dunyoning eng kuchli jamoasiga moslashish uchun vaqt kerak. Buni hamma tushunadi, hali tushunmaganlar esa tez orada tushunishadi».  

Tanqid haqida
«Tanqid – bu tajribali futbolchilar uchun muammo. Hammaga yoshlar yoqadi, biz esa bobo-buvilarga o‘xshaymiz, go‘yo hammani zeriktirib qo‘ygandek. Men bunga tushunayapman, chunki har kuni meni ko‘rishdan hamma charchagan bo‘lishi mumkin. Lekin men o‘zimni hali ham boladay his qilaman, chunki entuziazmga to‘laman. Biroq yosh o‘tishi bilan tajriba va bilim orttirasiz. Tajribani na sotib olish, na o‘rganish mumkin. Faqat vaqt sizga ishingizni yaxshi bajarish uchun tajriba beradi. Men 40 yildan beri futboldaman va ko‘p narsani tushunib yetdim».  

Valverde haqida
«Fede lateral pozisiyasida o‘ynay oladi, u bu vazifada yaxshi harakat qiladi. Men shuningdek, Lukasko ham ko‘rib chiqishim mumkin, u allaqachon yaxshi sport formasida, so‘nggi o‘yinda to‘liq harakat qildi. Shuningdek, bizda Alaba bor. Men tarkib haqida o‘ylab ko‘raman».  

Modrichning shartnomasi uzaytirilishi haqida
«Men bu ishlarga aralashmayman. Luka o‘z kelajagi haqida klub bilan muzokara olib boryapti, oldin ham shunday qilgan. Bizda afsonalar o‘z xohishiga ko‘ra qaror qabul qilish huquqiga ega – bu klub siyosati. Oxir-oqibat eng to‘g‘ri qaror qabul qilinadi».  

Alaba haqida
«U 70 daqiqa maydonda harakat qildi, tizzasi unga muammo tug‘dirmadi. U juda yaxshi o‘ynadi, o‘zini qulay his qildi. Devid to‘liq tiklandi, ammo 14 oylik tiklanishdan keyin mushak muammolari paydo bo‘lishi mumkin».  

Endrik haqida
«Uning xususiyatlarini hisobga olgan holda, Endrik na ikkinchi Vini, na Rodrigo bo‘ladi. Lekin menda u haqida hech qanday shubha yo‘q – u ajoyib hujumchi bo‘ladi».

Kiritildi: 26.02.2025 22:50. O'qildi: 1761 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 13 36
2 Atletiko 14 34
3 Real Madrid 14 33
4 Betis 14 27
5 Alaves 15 22
6 Real Sosyedad 13 22
7 Rasing 14 20
8 Sevilya 13 19
9 Atletik Bilbao 13 19
10 Espanyol 13 15
11 Deportivo 13 15
12 Rayo Valyekano 13 15
13 Vilyarreal 13 15
14 Osasuna 14 15
15 Selta 13 13
16 Xetafe 13 12
17 Levante 14 12
18 Valensiya 13 12
19 Elche 14 11
20 Malaga 14 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Real Madrid 5 15
2 PSJ 4 12
3 Komo 5 12
4 Betis 5 12
5 Arsenal 5 11
6 Manchester Siti 5 10
7 Borussiya D 5 10
8 Barselona 4 9
9 Aston Villa 5 9
10 Liverpul 4 9
11 Bryugge 4 9
12 Sporting 4 9
13 Galatasaroy 5 9
14 Bavariya 4 8
15 Shtutgart 4 7
16 Bude-Glimt 5 7
17 Inter 4 6
18 LASK 5 6
19 Man. Yunayted 4 6
20 Portu 5 6
21 RB Leypsig 5 6
22 Fenerbaxche 4 5
23 Roma 4 4
24 Shaxtyor 4 4
25 Viking 4 4
26 Atletiko 4 4
27 Napoli 5 4
28 PSV 5 4
29 Vilyarreal 4 3
30 Sabah 4 3
31 AYEK 5 3
32 Feyenoord 5 3
33 Lans 5 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 5 0

Klublar o‘rtasida JCh

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Real Madrid 3 7
2 Al-Hilol 3 5
3 Zalsburg 3 4
4 Pachuka 3 0

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

UYEFA Superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

29.11.2026. La-liga. 14-tur.
01:00
Real Madrid
1-2
Alaves

Navbatdagi uchrashuv

02.12.2026. La-liga.
23:00
Real Sosyedad
—
Real Madrid

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik