Real Madrid

STD.UZ/REAL

Real Madrid

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Butun dunyodan oldinda: «Real» sport tibbiyotida sun’iy intellektdan foydalana boshladi

Butun dunyodan oldinda: «Real» sport tibbiyotida sun’iy intellektdan foydalana boshladi

"Real Madrid" barcha yo‘nalishlarda – sport, moliya, institutsional va boshqa sohalarda – doimo oldinda bo‘lishga intiladi. Tibbiy sohada ham bundan istisno yo‘q, deb xabar bermoqda "Marca".

O‘tgan mavsum oxirida klub tibbiy xizmati rahbari Niko Mixich lavozimni tark etganidan so‘ng, yangi mutaxassislar ish usullarini tubdan yangilashga kirishdi. Asosiy maqsad – jarohatlar, ayniqsa so‘nggi mavsumlarda jamoaga jiddiy to‘siq bo‘lgan mushak jarohatlarini (faqat 2024–25 yil mavsumida taxminan 40 ta) keskin kamaytirish.

Shubhasiz, zamonaviy futboldagi katta o‘yin yuki va kuchayib borayotgan intensivlik sababli jarohatlarni butunlay yo‘qotish mumkin emas. Ammo maqsad – ularni imkoni boricha kamaytirish, ehtimoliy muammolarni oldindan aniqlashdir.

Shu maqsadda "Real"ning yangilangan tibbiy xizmati kuchli qurolga ega: sun’iy intellekt. Uning ahamiyati butun jamiyatda oshib bormoqda va sport tibbiyoti ham istisno emas. Madrid klubi bu sohada yana sport olamida pionerlik qilmoqda.

Bungacha asosiy nazorat vositalari sifatida GPS, yurak urish datchiklari va shaxsiy anketa to‘ldirish tizimlari qo‘llanilgan. Ammo bu mavsumdan boshlab (loyiha to‘liq amalga oshishi uchun ikki-uch oy talab etiladi) tibbiy xizmatlar sun’iy intellektni ham jarohat xavfini oldindan bashorat qilish vositasi sifatida ishga qo‘shdi.

Sun’iy intellekt har bir futbolchining barcha tibbiy ma’lumotlarini individual yig‘ib, xavfli holatlar yuzaga kelganda ogohlantirish beradi. Bu signal ma’lum ko‘rsatkichlar o‘zgarishi asosida chiqadi: masalan, PhA darajasi, siydikda metabolitlar ko‘payishi yoki muayyan futbolchining sprint ortiqcha yuklamasi.

Qanday qilib sun’iy intellekt bunga erishadi? Madrid tibbiy xizmati an’anaviy ma’lumot manbalariga yana ikki yangi ko‘rsatkich qo‘shdi. Ular ehtimoliy jarohatlarni erta bosqichda aniqlashga yordam beradi.

Birinchi ko‘rsatkich – sektorli BIA (bioimpedans tahlili). U qarshilik, reaktiv qarshilik (reaksiya tezligi) va PhA – "faza burchi"ni o‘lchash orqali yashirin mushak charchoqlari, yallig‘lanish yoki mikro-jarohatlarni aniqlaydi. Bu holatlarni ko‘pincha futbolchilarning o‘zi ham sezmaydi.

PhA ma’lumotlari yordamida sektorli BIA qo‘shimcha axborot oladi, masalan, futbolchi hujayralari haroratining kunlik o‘zgarishi. Ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish orqali mushaklardagi eng kichik o‘zgarishlarni ham aniqlash mumkin. Jumladan, son orqa paylari, olib chiquvchi yoki olib kiruvchi mushaklar – mavsum davomida eng ko‘p jarohatlanadigan joylar. Shu orqali sun’iy intellekt jismoniy yuklamani kamaytirish yoki tanaffus qilish zarurligini oldindan ogohlantiradi.

Ikkinchi ko‘rsatkich – metabolomika. Bu uslub qon va siydikdagi metabolitlarni tahlil qiladi va futbolchining har bir o‘yin yoki mashg‘ulotdan keyingi holatini "kimyoviy iz" sifatida ko‘rsatadi. Bir ma’noda, bu qora-oq fotosuratni rangliga aylantirishga o‘xshaydi.

BIA va metabolomika tahlillari endi sun’iy intellekt tizimiga integrasiya qilingan. Maqsad – futbolchi ko‘rsatkichlari me’yordan chetga chiqqanida signal berish. Shu holatda jamoa mutaxassislari chora ko‘radi: dam olish, o‘yin vaqtini cheklash (masalan, 45 daqiqa yoki 60 daqiqa) va hokazo.

"Real Madrid" tibbiy xizmatining sun’iy intellekt asosidagi bu yangi loyihasi global ko‘lamga ega – klubning barcha darajasida qo‘llaniladi. Bu orqali mushak jarohatlarining futbolchilarga ta’sirini kamaytirish ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida barcha futbolchilardan ma’lumot yig‘ilib, sun’iy intellekt orqali tahlil qilinadi va "yashirin" jarohatlar oldindan aniqlanadi.

Bu inqilob "Real Madrid"ni yana yetakchilar safida qo‘yib, jamoaga o‘z professionallariga eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etishga va klubning asosiy maqsadi – chempionliklar uchun kurashishga yordam beradi.

Manba: footboom.ru

Kiritildi: 06.09.2025 15:43. O'qildi: 1792 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 13 36
2 Real Madrid 13 33
3 Atletiko 13 31
4 Betis 13 27
5 Real Sosyedad 13 22
6 Alaves 14 19
7 Sevilya 13 19
8 Rasing 13 17
9 Atletik Bilbao 12 16
10 Espanyol 13 15
11 Deportivo 13 15
12 Vilyarreal 13 15
13 Osasuna 14 15
14 Selta 13 13
15 Valensiya 13 12
16 Xetafe 13 12
17 Rayo Valyekano 12 12
18 Levante 12 11
19 Elche 12 10
20 Malaga 13 5

ECHL

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 PSJ 4 12
2 Real Madrid 4 12
3 Arsenal 4 10
4 Komo 4 9
5 Barselona 4 9
6 Aston Villa 4 9
7 Manchester Siti 4 9
8 Liverpul 4 9
9 Bryugge 4 9
10 Sporting 4 9
11 Betis 4 9
12 Borussiya D 4 9
13 Bavariya 4 8
14 Shtutgart 4 7
15 Inter 4 6
16 LASK 4 6
17 Man. Yunayted 4 6
18 Galatasaroy 4 6
19 Fenerbaxche 4 5
20 Roma 4 4
21 Shaxtyor 4 4
22 Viking 4 4
23 Atletiko 4 4
24 PSV 4 4
25 Bude-Glimt 4 4
26 Portu 4 3
27 Napoli 4 3
28 Vilyarreal 4 3
29 AYEK 4 3
30 RB Leypsig 4 3
31 Sabah 4 3
32 Feyenoord 4 3
33 Lans 4 3
34 Slaviya 4 1
35 Lill 4 1
36 Slovan 4 0

Klublar o‘rtasida JCh

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Real Madrid 3 7
2 Al-Hilol 3 5
3 Zalsburg 3 4
4 Pachuka 3 0

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

UYEFA Superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

22.11.2026. La-liga. 13-tur.
01:00
Real Madrid
2-1
Selta

Navbatdagi uchrashuv

29.11.2026. La-liga.
01:00
Real Madrid
—
Alaves

JAMOA TARKIBI

© STADION.UZ
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. O'zbekiston matbuot va axborot agentligining internet-OAV guvohnomasi №0917.

Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


schyotchik