Саҳифа ҳар 1 дақиқада автоматик янгиланади.
    
        | 2-тур. 14.03.2021. соат 16:15 | 
    
        | ЛокомотивҒуломҳайдар Ғуломов(36) | 1 : 2 | НавбаҳорАзим Ахмедов(12)Эҳсоне Паншанбе(74)
 | 
    
        | ЖАМОАЛАР ТАРКИБИ | 
    
        | "Локомотив": 35.Жавоҳир Илёсов 3.Ислом Қобилов, 4.Дилшодбек Комилов, 7.Садриддин Абдуллаев, 8.Жавоҳир Сидиқов, 11.Темурхўжа Абдухолиқов, 17.Санжар Қодирқулов, 21.Ғуломҳайдар Гулямов 22.Диего Барданка, 28.Шуҳрат Муҳаммадиев, 77.Диёр Туропов. 
 |  | "Навбаҳор": 1.Ўткир Юсупов, 7.Азимжон Аҳмедов, 9.Иван Соловьёв, 10.Қувондиқ Рўзиев, 11.Исломбек Исоқжонов, 18.Баҳром Абдураҳимов, 19.Мирзоҳид Ғофуров, 22.Игорь Голбан, 24.Даврон Ҳошимов, 25.Шоҳрух Маҳмудхожиев, 67.Марко Путинчанин. 
 | 
        
        | ЗАҲИРА | 
    
        | Захира: 1.Абдумавлон Абдужалилов, 5.Кахи Махарадзе️, 10.Марат Бикмаев, 14.Азизбек Аманов, 20.Жалолиддин Жумабоев, 27.Ислом Рашидхонов, 37.Шерзод Файзиев. |  | Захира: 35. Раҳимжон Давронов, 5.Хушнудбек Авилов, 8.Сардор Теляков, 17.Эҳсони Паншанбе, 28.Никола Ташич, 70.Аббос Ғуломов, 88.Славиша Стоянович. | 
        
	
		| 90' |  | Uchrashuv 2:1 hisobi bilan o'z nihoyasiga yetdi. Xayr, salomat bo'ling! | 
	
		| 90+' |  | O'yinda to'xtalishlar soni nisbatan ko'p bo'ldi. Shu sabab asosiy vaqtga 6 daqiqa qo'shildi | 
	
		| 88' |  | Lokomotiv mag'lubiyatga rozi emas va tinimsiz ravishda oldinga borishga harakat qilmoqda. Uzoqdan yo'llangan zarba yo'liga darvozabon peshvoz chiqdi | 
	
		| 81' |  | Qodirqulovning uzatmasidan so'ng Marat Bikmayev bergan zarba darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi | 
	
		| 81' |  | Maydon egalari yana bir bor standart vaziyatga ega bo'lishmoqda | 
	
		| 74' |  | Zahiradan maydonga tushirilgan futbolchilar qarori o'zini oqlamoqda Stanoyevichning uzatmasidan keyin Panshanbe pastki burchakka to'pni joylab qo'ydi | 
	
		| 74' |  | GOOOOOL! | 
	
		| 73' |  | Javohir Ilyosooov Azim Ahmedovning penaltisini qaytarmoqda
 | 
	
		| 72' |  | O'z jarima maydoni ichkarisida Sadriddin Abdullayev qo'l bilan o'ynadi teb topildi va penalti belgilandi | 
	
		| 67' |  | Mehmonlar ustozi Viktor Jalilov yana bir o'zgarishga qo'l urmoqda. Shohruh Mahmudxojiyev o'rniga Slavisha Stanoyevich maydonda ko'rinish beradi | 
	
		| 62' |  | Ikkala jamoa tarkibida ham o'zgarish amalga oshirilmoqda. Temiryo'lchilarda Temirxo'ja Abduxoliqov o'rniga Marat Bikmayev, Lochinlarda BAhrom Abdurahimov o'rniga Ehsone Panshanbe maydonga tushurildi | 
	
		| 61' |  | Lokomotiv darvozasi oldida sarosima yuzaga kelmoqda. Islom Isoqjonovning zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi | 
	
		| 59' |  | Sanjar Qodirqulovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi | 
	
		| 58' |  | Quvondiq Ro'ziyev Diyor Turapovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Mezbonlarda yaxshi imkoniyat | 
	
		| 55' |  | Navbahorning ko'p sonli hujumlarida yakunlovchi pas yoki zarbaga imkon qolmayapti | 
	
		| 54' |  | XAVFLI ZARBAA! Yana Javohir Ilyasov katta sahnada. Darvozabon zarba aylanib ketgan murakkab uzatmani qaytarishga muvaffaq bo'ldi
 | 
	
		| 53' |  | Mehmonlarning hujumidan so'ng, Javohir Ilyasov o'z o'rnini tark etib xavfni bartaraf qildi | 
	
		| 50' |  | G'ulomhaydar Gulyamov chap qanotda Bahrom Abdurahimovni to'xtatib qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi | 
	
		| 49' |  | Darvozalar oldida keskinlik yuzaga kelmoqda. Navbahor futbolchilarining urchak zarbasi orqali rivojlangan hujumi golsiz yakunlandi | 
	
		| 47' |  | Diyor Turapovning o'ng qanot, uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasiga  aniqlik yetishmadi | 
	
		| 46' |  | Ikkinchi taym start oldi! | 
	
		| 45' |  | Birinchi bo'lim 1:1 hisobida o'z nihoyasiga yetdi. Hozircha TANAFFUS! | 
	
		| 45+' |  | Birinchi taymdagi to'xtalishlar o'rnini qoplash maqsadida bosh hakam Zokir qodirov tomonidan 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi | 
	
		| 45' |  | XAVFLI ZARBAA! Sanjar Qodirqulovning zarbasini O'tkir Yusupov qaytarmoqda
 | 
	
		| 44' |  | Loko qulay nuqtadan jarima to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'lmoqda | 
	
		| 36' |  | Belgilangan penaltidan G'ulomhaydar Gulyamov unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi | 
	
		| 34' |  | Islom Qobilov raqib jarima maydonchasi ichida yiqitildi va Navbahor darvozasiga penalti belgilandi | 
	
		| 31' |  | Ushbu standartdan uzatilgan to'pga Temurxo'ja Abduxoliqov boshi bilan zarba berd. Ammo, ancha noaniq | 
	
		| 31' |  | Lokomotivda standart vaziyat yuzaga kelmoqda | 
	
		| 30' |  | Ob-havo ancha salqin bo'lishiga qaramay, stadionga tashrif buyurgan muxlislar ikkala jamoani ham tinimsiz qo'llab quvvatlashmoqda | 
	
		| 21' |  | Mezbonlarning birin-ketin yuzaga keltirayotgan hujumlari samarasiz yakunlanmoqda | 
	
		| 19' |  | Maydon markazida Loko futbolchilari raqiblariga qarshi qo'pollik ishlatishdi | 
	
		| 17' |  | Navbahor burchak to'pi ishlab oldi. Quvondiq Ro'ziyev amalga oshirgan uzatmani darvozabon qiyinchiliksiz egallab oldi | 
	
		| 12' |  | Azim Ahmedov to'pni 11 metrlik nuqtadan Javohir Ilyosov darvozasiga behato joylab qo'ydi | 
	
		| 12' |  | GOOOOOL! | 
	
		| 11' |  | Mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi | 
	
		| 09' |  | Hakam Lokomotiv jarima maydonida yuzaga kelgan vaziyatga baho berish uchun VARga murojaat qilmoqda | 
	
		| 01' |  | O'zbekiston Superligasi 2-turi doirasidagi Lokomotiv Navbahor o'yini boshlandi! |