Саҳифа ҳар 1 дақиқада автоматик янгиланади.
| 26-тур 07.03.2021 |
Рома
Manchini(23)
|
1 : 0
|
Женоа
|
| ЖАМОАЛАР ТАРКИБИ |
|
Пау Лопес, Манчини, Кристанте, Смоллинг, Карсдорп, Диавара, Пеллегрини, Бруно Перес, Педро, Эл-Шаарави, Майораль. |
|
Маркетти, Масьелло, Радованович, Кришито, Гильоне, Строотман, Баделж, Зайц, Заппакоста, Пьяца, Дестро. |
| 00' |
 |
Uchrashuv 1:0 hisobida Romaning g'alabasi bilan yakunlandi! |
| 90+' |
 |
Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar o'rnini qoplash maqsadida bosh hakam tomonidan 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi |
| 86' |
 |
Bo'lim oxirlarida mezbonlar yana ikkita o'zgarishga qo'l urishdi.
Bruno Peres o'ringa maydonga Leonardo Spinatsolo tushgan bo'lsa, Borxa Mayoral Federiko Fasioni almashtirdi |
| 76' |
 |
Jeno safida yana o'zgarishlar yuzaga kelmoqda. Kevin Strotman o'rniga Janluka Skamakka Mixa Zaych o'rniga Filippo Melegoni uchrashuvni davom ettiradi |
| 73' |
 |
Pedro hisobni ishonchli ko'rinishga olib kelishi mumkin edi,ammo uning say-harakatlari bilan kiritilgan gol offside sabab hisobga olinmadi |
| 63' |
 |
Uchrashuvda keskin kurashlar ko'paymoqda. Dastlab Jenoadan Strotman keyin Romadan Manchini kartochka bilan ogohlantirildi |
| 61' |
 |
Shomurodov Jenoaning hujum chizig'ini jonlantirdi |
| 60' |
 |
Bu orada Roma o'zgarishga qo'l urmoqda. Bugun o'yini chiqmagan Stefan El Sharavi o'rniga Genrix Mxitaryan,Amadu Diavara o'riniga esa Gonsalo Villar maydonga tushdi |
| 57' |
 |
Jenoa hujumlarning salmog'i borasida oqsayapti. Shu sabali mayda follar kuzatilmoqda. Badel Pelligrinining orqasidan kelib, uni turtib yubordi |
| 49' |
 |
Genuyaliklar taymni faollik bilan boshladi. Zapakostaning zarbasiga himoyachilar peshvoz chiqishdi |
| 45' |
 |
Jenoa bosh murabbiyi ikkinchi 45 daqiqalikni o'zgarish bilan boshladi. Marko Pyatsa o'riniga hamyurtimiz Eldor Shomurodov maydonga tushdi. Biz ham siz kabi Eldordan gollar kutib qolamiz |
| 45' |
 |
Uchrashuvning ikkinchi taymi start oldi |
| 45' |
 |
Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida! |
| 45' |
 |
Mana shu pallada uchrashuv bosh hakami Fabbri birinchi bo'lim yakunlanganligini bildirdi.Tanffus |
| 44' |
 |
Ushbu standartdan uzatilgan to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun Matias Destro sariq kartochka bilan jazolandi |
| 44' |
 |
Taym so'nggida mehmonlarda standart vaziyat yuzaga kelmoqda |
| 41' |
 |
Jenoa himoyachisi Marselio Borxa Mayoralga nisbatan o'z jarima maydonchasida qopollik ishlatdi |
| 39' |
 |
O'yin tempi biroz pasaydi.To'p asosan maydon markazida harakatlanmoqda |
| 32' |
 |
Roma bosimni oshirmoqda. Hozircha Jenoa himoya qo'rg'oni ushbu bosimga qarshilik ko'rsatmoqda |
| 29' |
 |
Mehmonlar uzun paslar bilan hujum tashkil etishga urinishmoqda,ammo o'ylanganidek emas |
| 23' |
 |
Pellegrining burchakdan uzatgan to'pini Janluka Manchini Marketti qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi |
| 23' |
 |
Goooool! |
| 22' |
 |
Roma ketma-ket ikkinchi burchak to'pini amalga oshirmoqda |
| 19' |
 |
Davide Zapakosta o'ng qanotdan yaxshi reyd amalga oshirgan edi, biroq hujum zarbagacha yetib bormadi |
| 15' |
 |
hujumlar va xavfli vaziyatlar sekin-astalik bilan ko'paymoqda.
Maydon egalari o'yin tizginini o'z qo'llariga olishga harakat qilmoqda. |
| 13' |
 |
Jenoa hujumchisi Matias Destroning raqib himoyachisi bilan yakkakurashda ustun kelgan holda darvozaga yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz egallab oldi |
| 08' |
 |
Jenonaning dastlabki hujumlaridan biri samarasi yakunlandi. Zajchning sarbasi noaniq yo'llandi |
| 02' |
 |
Mehmonlar vakili Strotman Destroga nisbatan qi'pollik ishlatdi. jarima zarbasidan amalga oshirilgan urinish esa samarasiz yakun topdi. |
| 01' |
 |
Oyin boshlandi! |
| 00' |
 |
Assalomu alaykum qadrli futbolsevar do'stlar. Roma hamda Jenoa jamolari o'rtasidagi bahs boshlanish arafasida. Bugungi o'yinni sizn bilan birga Dadajon Foziljonov kuzatib boradi. |