Саҳифа ҳар 1 дақиқада автоматик янгиланади.
Футбол бўйича ўртоқлик учрашуви. 26. 03. 2021
	
		| 00' | 
		  | 
		
                Barcha futbol ishqibozlarini ushbu yorqin g'alaba bilan qutlaymiz. Bardavom bo'lishini tilab qolamiz. Xayr salomat bo'ling!                         | 
	
	
		| 90' | 
		  | 
		
                Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston Gana ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi!                         | 
	
	
		| 90+' | 
		  | 
		
                Gana futbolchilari hosil qilgan xavfli hujum o'yindan tashqari holat sifatida qayd etildi                         | 
	
	
		| 90+' | 
		  | 
		
                Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar o'rnini qoplash maqsadida asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi                         | 
	
	
		| 89' | 
		  | 
		
                Hamyurtlarimiz amalga oshirgan burchak to'pi samarasiz yakun topdi                         | 
	
	
		| 88' | 
		  | 
		
                Murod Holmuhammedov xavfli zarba berdi. Darvozabon esa uni arang bartaraf etdi                         | 
	
	
		| 86' | 
		  | 
		
                Yana o'zgarishlar yuzaga kelmoqda. 10 raqandagi Jaloliddin Masharipov 23 raqamdagi Hojimat Erkinovni, 9 raqamdagi Odil Hamrobekov esa 20 raqamdagi Islom To'xtaxo'jayevni almashtirdi                         | 
	
	
		| 85' | 
		  | 
		
                Vakillarimizga nisbatan maydon markazida qo'pollik ishlatildi                         | 
	
	
		| 82' | 
		  | 
		
                Gana safida Michel Otou o'rniga Persuis Boya, O'zbekiston tarkibida esa Farruh Sayfiyev va Eldor Shomurodovlar o'rniga Murod Holmuhammedov va Igor Sergeyevlar o'yinni davom ettiradilar                         | 
	
	
		| 81' | 
		  | 
		
                Fatavu jarima maydonimiz tomon yorib kirib to'pni Ageneyim Boatengga uzatdi. Uning zarbasi esa xavfsiz chiqdi                         | 
	
	
		| 76' | 
		  | 
		
                Javohir Sidiqov va Ibrohimhalil Yo'ldoshevlar ajoyib kombinatsiya tashkil etishdi, lekin oxiriga yetmay qoldi                         | 
	
	
		| 75' | 
		  | 
		
                Jaloliddin Masharipov raqibdan to'pni olib qo'yib, darvozabon ustidan oshirib qo'ygan holda chiroyli gol urib hisobni bittaga oshirib qo'ymoqda                         | 
	
	
		| 75' | 
		  | 
		
                GOOOOOL!                         | 
	
	
		| 73' | 
		  | 
		
                Goldan ruhlangan Gana hujumlarga zo'r bermoqda. Ehtiyotkorlikni oshirish kerak!                         | 
	
	
		| 70' | 
		  | 
		
                GOL! 
18 raqamdagi Issak Abdul Fatavu jarima zarbasidan darvozamizni ishg'ol etdi                         | 
	
	
		| 69' | 
		  | 
		
                XAVFLI VAZIYAAT! 
Masharipovning qulay uzatmasidan so'ng Eldor bergan zarba darvozabon Jozef Addoning qo'liga borib tushdi                         | 
	
	
		| 68' | 
		  | 
		
                Vadim Abramov yana bir o'zgarishga qo'l urmoqda. 16 raqamda harakat qilgan Oston Urunov o'z o'rnini 22 raqamdagi Javohir Sidiqovga bo'shatib berdi                         | 
	
	
		| 65' | 
		  | 
		
                Azim Ahmedov ajoyib harakat qilmoqda. Futbolchimiz bir emas ikkimarta raqib futbolchisini zararsizlantirdi                         | 
	
	
		| 63' | 
		  | 
		
                Gana terma jamoasida o'zgarish yuzaga kelmoqda.  10 raqamdagi Diavuse Teylor va Rashid Norteylar maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Daniel Afriye va Ageyenim Boatenglar o'yinga qo'shilishdi                         | 
	
	
		| 62' | 
		  | 
		
                Farruh Sayfiyevning ham uzoqdan yo'llagan zarbasi raqib darvozaboniga qiyinchilik tug'dirmadi                         | 
	
	
		| 61' | 
		  | 
		
                Ketma-ket hujumlar ketma-ket zarbalar. Vakillarimiz raqibga yuqori bosim taqdim etishmoqda. Bu safar Yo'ldoshevning xavfli uzatmasi besamar ketdi                         | 
	
	
		| 60' | 
		  | 
		
                XAVFLI ZARBAA! 
Otabek Shukurov aniq va kuchli zarba yo'lladi. Bu zarbani esa darvozabon bartaraf etdi                         | 
	
	
		| 59' | 
		  | 
		
                Tarkibizda o'zgarish yuzaga kelmoqda. Birinchi taymda ancha faol harakat qilgan 7 raqamdagi Sardor Rashidov o'rniga 8 raqamda Oybek Bozorov maydonga tushdi 
                         | 
	
	
		| 57' | 
		  | 
		
                Rashid Nurtey darvozamiz tomon xavfli zarba yo'llamoqda. Yaxshiyamki noaniq                         | 
	
	
		| 56' | 
		  | 
		
                Samuel Abbey Odil Hamrobekovga qarshi juda qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi                         | 
	
	
		| 54' | 
		  | 
		
                Jaloliddin Masharipovning jarimadan amalga oshirgan uzatmasi to'g'ri Jozef Addoning qo'liga borib tushdi                         | 
	
	
		| 51' | 
		  | 
		
                Issak Abdul Fatavuning zarbasi darvoza to'siniga tegdi. Ehtiyot bo'lish kerak!                         | 
	
	
		| 50' | 
		  | 
		
                Anzur Ismoilov Issak Abdul Fatavuni to'xtatib qoldi va ogohlantirildi                         | 
	
	
		| 45' | 
		  | 
		
                Ikkinchi bo'lim boshlandi!                         | 
	
	
		| 45' | 
		  | 
		
                Uhhh! Ancha shiddatli, murosasiz va ko'plab vaziyatlarga boy, haroratli o'tgan dastlabki 45 daqiqalik yakunlandi. Hozircha TANAFFUS!                         | 
	
	
		| 45+' | 
		  | 
		
                Ancha shiddatli o'tgan birinchi taymga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi                         | 
	
	
		| 42' | 
		  | 
		
                Qanday xavfli vaziyat?! Sardor Rashidovdan super uzatma, Eldor Shomurodovdan ham super zarba ammo super gol bo'lmadi. Tempni tushiurmasdan davom etamiz                         | 
	
	
		| 41' | 
		  | 
		
                XAVFLI VAZIYAAT! Sardor Rashidov o'ng qanotdan pastlatib uzatma amalaga oshirdi. Ammo bu pasga hech kim jabvob bermadi                         | 
	
	
		| 37' | 
		  | 
		
                Ibrohimhalil Yo'ldoshevning chap qanot yuqoridan uzatgan to'pini Farruh Sayfiyev darvozaga aniq yo'llab qo'ya olmadi                         | 
	
	
		| 35' | 
		  | 
		
                Eldooor! 
Masharipovning uzatmasidan so'ng Shomurodov deyarli birga-bir vaziyatdan gol ura olmayaptyi                         | 
	
	
		| 34' | 
		  | 
		
                Gana terma jamoasi sekin-astalik bilan darvozamizga yaqin kelmoqda. Yigitlardan sergaklikni yo'qotmasliklarini so'ragan bo'lar edik                         | 
	
	
		| 33' | 
		  | 
		
                Otabek Shukurov raqib futbolchisiga qarshi o'yin qoidasini buzdi                         | 
	
	
		| 29' | 
		  | 
		
                Raqib darvozaboni o'z joyini tark etib xatolikka yo'l qo'ydi. To'pni egallab olgan Farruh Sayfiyev esa imkoniyatdan foydalana olmadi                         | 
	
	
		| 28' | 
		  | 
		
                Eldor Shomurodov raqib jarima maydonida yiqitildi, biroq hakam bu holatni qoida buzulishi deb topmadi                         | 
	
	
		| 27' | 
		  | 
		
                Issak Abdul yana uzoq masofadan Javohir Ilyasov darvozasi tomon zarba yo'lladi. Posbonimiz esa o'z o'rnida                         | 
	
	
		| 25' | 
		  | 
		
                Samuel Abbey maydon markazida Sardor Rashidovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi                         | 
	
	
		| 22' | 
		  | 
		
                Raqiblar uzoq tanaffusdan so'ng darvozamiz tomonga jarimadan kuchli zarba yo'llashdi. Ammo noaniq                         | 
	
	
		| 20' | 
		  | 
		
                Sayfiyev raqibga nisbatan maydon markazida kichik fol ishlatdi                         | 
	
	
		| 19' | 
		  | 
		
                Vakillarimiz to'p nazoratini butkul o'z qo'llariga olishgan                         | 
	
	
		| 16' | 
		  | 
		
                Ibrohimhalil Yo'ldoshevning uzatmasi hammadan o'tib Sayfiyevga yetib keldi. Farruh Sayfiyev esa darvozani aniq nishonga ololmadi                         | 
	
	
		| 16' | 
		  | 
		
                XAVFLI VAZIYAAAT!                         | 
	
	
		| 12' | 
		  | 
		
                Ehhhh Ostooon. 
O'runov raqib darvozaboni maydonchasidan gol ura olmayapti. To'p tepaga qarab ketdi. Hechqisi yo'q, bo'shashmaymiz yigitlar!                         | 
	
	
		| 11' | 
		  | 
		
                XAVFLI VAZIYAAT!        Sardor Rashidov jarima zarbasini to'g'ridan to'g'ri darvozaga yo'lladi. Qaytgan to'pga Sayfiyev tomonidan berilgan zarba yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi                 | 
	
	
		| 10' | 
		  | 
		
                Jaloliddin Masharipov amalga oshirgan burchak to'pini raqib himoyachilari bartaraf etishdi                          | 
	
	
		| 08' | 
		  | 
		
                Hamyurtlarimiz hujumlardan bir zum tin olishmayapti. Sardor Rashidov Eldor Shomurodov bilan ajoyib kombinatsiya amalga oshirdi, ammo yakuniy zarbaga osgina kuch yetishmadi                         | 
	
	
		| 07' | 
		  | 
		
                Otabek Shukurov Shomurodovga to'pni uzatdi. Eldorning yana bir zarbasi esa noaniq                          | 
	
	
		| 05' | 
		  | 
		
                Goldan ruhlangan vakillarimiz hujumlarga zo'r berishmoqda                         | 
	
	
		| 03' | 
		  | 
		
                Osoton Urunovning qulay tarzda yetkazib bergan uzatmasini Otabek Shukurov golga aylantirdi                          | 
	
	
		| 03' | 
		  | 
		
                TEZKOR GOOOOOL!                         | 
	
	
		| 01' | 
		  | 
		
                Sardor Rashidov o'ng qanotdan yorib kirib Eldor Shomurodovga to'pni uzatdi biroq Eldorning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi. Ustiga-ustak offiside                         | 
	
	
		| 01' | 
		  | 
		
                XAVFLI VAZIYAAT!                         | 
	
	
		| 01' | 
		  | 
		
                Uchrashuvga start berildi. Yigitlarimizga omad yor bo'lsin deb qolamiz!                         | 
	
	
		| 00' | 
		  | 
		
                Namangandagi "Markaziy" o'yingoh muxlislar bilan to'lgan va ular terma jamoamizni tinimsiz qo'llab-quvvatlashmoqda                         | 
	
	
		| 00' | 
		  | 
		
                Bugungi o'yinni siz bilan birga Dadajon Foziljonov kuzatib boradi.                         | 
	
	
		| 00' | 
		  | 
		
                Assalomu alaykum qadrli futbolsevar do'stlar! O'zbekiston hamda Gana terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi boshlanish arafasida                         |