05:55 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1. 07:30 "Непобедимый". 08:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Команды. 09:35 "География спорта". Выборг. 10:05 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. 11:40 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Ski GP1, Sky ladies GP1. 12:10 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. 14:30 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Алексея Немова "Легенды спорта. Наследие". 16:00 "Формула-1. Гаснут огни". 16:30 "Эволюция спорта". 17:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2. 18:40 "Новый чемпион". Специальный репортаж. 18:55LIVE Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси. Прямая трансляция. 21:45 "Непобедимый". 22:15 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Личное первенство. 00:15 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Runabout and freestyle. 00:45 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. 02:55 Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси.
05:55 Новости. 06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Уралмаш" (Екатеринбург) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар). 08:00 "Тайны звёзд спорта". 08:30 "Вид сверху". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 11:00 Новости. 11:05 Специальный репортаж. 11:25 "Эволюция спорта". 12:30 Профессиональный бокс. "Лига Ставок. IBA. Pro 3". Артур Субханкулов против Ибрагима Баллы. 13:35 Все на Матч! Прямой эфир. 14:35 Специальный репортаж. 14:55 Новости. 15:00 Есть тема! Прямой эфир. 16:25 "Век нашего спорта". "1955 - 1960 гг.". 16:55 "Тайны звёзд спорта". 17:25 Новости. 17:30 Все на Матч! Прямой эфир. 19:05 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый". 21:15LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Торпедо" (Нижний Новгород) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция. 00:00 Все на Матч! Прямой эфир. 01:30 Евротур. 02:25 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли. 03:55 "Эволюция спорта". 04:55 Д/ф "Сёстры Уильямс".
05:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 102. 07:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1. 09:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138. 10:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. 11:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. 12:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1. 14:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Обзор. 15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. HS 138. Смешанные команды. 17:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Штутгарте, Германия. 18:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Торонто, Канада. 19:00LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция. 23:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138. 00:00LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция. 04:00 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала.
Uzoq kuttirgan Yevropa Chempionlar Ligasi asosiy bahslariga ham yetib keldik. Yevro-2012, Olimpiada o'z yo'liga, bu musobaqaning shukuhi baribir boshqacha, madhiyasining ilk sadolaridan futbol muxlisi o'zgacha his va xotiralar og'ushida qoladi. Hamma o'z jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni ilhaq kutayotgan bo'lsa, dunyoning turli mamlakatlari bo'ylab tarqalgan bir guruh muxlislar uchun ushbu mavsum alohida ahamiyatga egadir. To'g'ri topdingiz, gap "Yuventus" muxlislari haqida bormoqda. Bir necha yillik majburiy tanaffuslardan so'ng "keksa senyora" o'zining sevikli o'g'li boshchiligidagi yengilmas o'tyuraklar legioni orqali endi Yevropa tomon yurish boshlayapti. Italiyada ularning kuragini yerga tekkiza oladigan mard topilmadi, "Ko'hna qit'a"da topilarmikan? Albatta, biz kelajakni bila olmaymiz, ammo yuzadagi aniq faktlarni jamlab, mantiqiy fikr yuritib, jamoaning real imkoniyati haqida umumiy tushunchaga ega bo'lishga esa qodirmiz. Shunday qilamiz ham.
Demak, transfer kampaniyasidan boshlaymiz. Klub mutasaddilari qo'lga kiritgan eng katta yutuq - o'tgan yilgi tarkibning saqlab qolinganidir. Puli ko'payib qolishi bilan bosar-tusarini bilmay qolgan turli shayxlar-u oligarxlar qo'lidan dod deyayotgan bugungi futbol olamida, ishoning, bu chindanam katta yutuq. Italiyadan "optomiga", pachkalab futbolchi sotib olayotgan PSJ Lixtshtayner uchun 18 mln. yevro, ilgarilari bunaqa odati yo'q bo'lgan "Bavariya" Markizio va Vidal evaziga 60 mln. yevro taklif qilganini inobatga olsak, bir tomondan katta maqsadlarni ko'zlagan rahbariyat, ikkinchi tomondan, katta pullarga uchmagan sodiq jangchilarning o'zi ham tahsinga loyiqlar. Shundog'am biz yo'qligimizda allanimalarni qilib tashlab, Italiya futboli obro'sini ancha tushirib qo'ygan ba'zi bir yengiltak klublar yanada axmoqona transferlarni amalga oshirib yuraverishsin, biz - "byankonerilar" esa, UEFA nazdidagi oldingi mavqeimizni tiklash yo'lidagi ishimizni davom etaveramiz. Buning uchun yozgi transferlar bozori davomida klub prezidenti - Anyelli, bosh direktori - Marotta, sport direktori - Paratichidan jamoani saqlab qolish bilan birga, uni sifat jihatidan yanada kuchaytirish talab etilardi. Va'da berib kelingan yuqori saviyali hujumchi evaziga skandinaviyalik haliyam yosh, lekin rostdanam umidli hujumchi - Niklas Bendtnerning olib kelinishi, to'g'rirog'i, olib kelishga majbur bo'lishganini hisobga olmaganda, o'rtaga qo'yilgan maqsadga erishildi, desak mubolag'a bo'lmas. Harqalay, himoya chizig'iga Lusio, yarim himoyaga Asamoa, Isla, Pogba, hujumga olib kelingan Jovinkoni o'rtamiyona futbolchilar, deyishga birovning tili bormasa kerak. Moliyaviy halol o'yin qoidalari bo'yicha harakat qilishni o'z zimmasiga olgan rahbariyatning maqsadi - bosqichma-bosqich klubni toza foyda keltiradigan holga keltirishdir. Bu yo'ldagi ilk qadam - hokimiyat bilan daromadni bo'lishishga chek qo'ygan yangi o'yingoh qurilishi bo'lsa, keyingi amaliyotlar doirasida: a) yangi xaridlarni amalga oshirishda kallani ishlatib, pullarni o'rinli sarflash, b) oldingi rahbariyatdan meros qolgan "dum" - amortizatsiya natijasida, yoki yangi murabbiy qarashlariga mos tushmagan, lekin haliyam katta maoshlar olib kelayotgan ortiqcha futbolchilardan qutulish asosiy shartlardan edi va bu asta-sekin amalga oshirilmoqda. Ha, endi del Pyero oramizda yo'q, biroq hayot bu bilan to'xtab qolmadi. Muhimi, jamoa va afsonamiz yaqin kelajakda yana birga bo'lish uchun o'zaro do'stona ruhda xayrlashishdi...
Endi guruhimizdagi raqiblarimizga birrov nazar solib o'tsak. Harqancha madaniyat yuzasidan, "bu bosqichda kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi, biz har bir jamoani hurmat qilamiz", demaylik, tan olaman, baribir qanaqadir "Nordshelland"ni jiddiy ko'rib chiqishga o'zimda kuch ham, sabr ham topa olmadim. Davom etamiz. "Shaxtyor". Italyancha aytganda, Ukrainaning "Inter"i - maydonda harakat qiladiganlar orasidan kamdan-kam mahalliy bolalarni uchratasiz. Bu klubning rasmiy saytida ishqibozlari tomonidan qoldirilayotgan sharhlarni o'qisangiz, ikki xil munosabat paydo bo'lishi mumkin: yo bir dumalab, qotasiz, yoki qarshingizda chindanam juda buyuk jamoa turganiga ishona boshlaysiz. Menda birinchisi bo'ldi. To'g'ri, "Shaxtyor" - bu "Nordshelland" emas, lekin "Barselona" ham emas-da! Tarkibida ko'plab braziliyalik legionerlarni o'ynatishi bilan esga olinadigan yana bir oligarx klubi, shunchaki qaraganda vahimali bo'lib ko'rinishi mumkindir, o'sha braziliyaliklarning sifati jihatidan olib qaralgnda esa, nari borsa "Sampdoriya" darajasidagi o'rtahol bir kuchligi namoyon bo'ladi. Bu guruhda bizga eng mos va jiddiy jamoa - "Chelsi" bo'lishi aniq. O'tgan mavsum Chempionlar Ligasi bosh sovrini qo'lga kiritilganidan ruhlangan janob Abramovich, bu yilgi xaridlar uchun pulini ayamadi. Har doimgidek. Drogbaga o'xshagan faxriylarning "javobini" berib yuborib, yangi qon quyildi. Azar va Oskar kabi yosh iqtidor egalari bilan kuchayib, tarkibini optimal holga keltirgan bo'lsa-da, baribir, hujumda tajovuz yetishmayapti va bu yangi mavsumning ilk uchrashuvlaridan yaqqol namoyon bo'lib qoldi. Buni sezgan "qariya" Drogba aynan shuning uchun ham darhol bir yumalab erkin agentga aylanib qolgan bo'lsa, ajabmas. Hazil. Ochig'i, qur'a tashlash marosimi davomida ich-ichimdan bizga "Barselona" tushishini istagandim, lekin unday bo'lib chiqmadi. Ha mayli, guruh bosqichidan eson-omon chiqib olsak, u yog'iga niyatim amalga oshib qolar. Yevro finalini hali ham hazm qila olmayapman. Yuventinolar, sizlarda ham shundaymi?
Ha, yangi "Yuventus" uchun bu - Chempionlar Ligasidagi ilk qadam, ha, jamoa ilk urinishdayoq hammayoqni ostin-ustun qilib, g'oliblikka da'vo qilmasligi mumkin, deb aksariyat o'ylashi mumkin, faqat Konte emas! Konte shunaqa insonki, g'alaba uning xarakteriga singib ketgan, bundan boshqasini xayoliga ham keltira olmaydigan, hatto farzandlari bilan bekinmachoq o'ynaganda ham, doimo yutishga urinadigan, qattiqqo'l, to'g'riso'z va mehnatkash insondirki, bunaqalar faqat oldinda yurishga o'rganib qolgan va boshqalardan ham shuni talab qilishadi. Xuddi shu narsa klub muxlislarida ishonch va umidni yanada kuchaytirayotgani bor gap. Forza, Juve!