Namangan

САВОЛ: Assalomu Aleykum!

"Ishqiboz" nik egasini fikrlariga qo'shilmayman, hamda M YUda unday inqiroz (aynisa guruh bo'lib olinishi)ga Fergi yo'l qo'ymasa ham kerak .

M YUni ohirgi o'yinlaridan man inqiroz emas, aksincha bu jamoa murabbiyi, o'yinchilari, va jamoa direktorlarini ishi bo'lsa kerak deb o'ylab qoldim.

Negaki M YUni Qatar Amirlari sotib olmoqchi edi, hatto Fergi va M YU direktorlari Qatarni JCH-2022 mezbonligini qo'llab quvvatlashda ham qatnashdi, tahminimcha M YU egasi Galyzerlardan tashqari qolgan M YUni hamma a'zolari jamoani Qatarliklar sotib olishini istashmoqda. Qatar Amirlarini eng ohirgi taklifi ham Glayzerlarni jamoani sotishga ko'ndira olmadi. Shunga M YU balki mag'lubiyatlarni osongina qabul qilayotgandur. Negaki shunda jamoani aksiyasini narhi pasaya boshlaydi va bu hol Glayzerlarni qoniqtirmaydi, M YU qancha ko'p beqaror o'yin ko'rsatsa jamoa shuncha kam pul topadi, bu esa Glayzerlarni qarzidan qutulishni uzoqlashtiradi, unda esa qarzni ustimasi ham ko'payib ketadi.

Shu narsalar jamoani keyingi vaqtlarda ko'rsatayotgan o'yiniga dahldor bo'lishi mumkinmi? negaki bunday hol davom etaversa Glayzerlar aniq jamoani sotishni o'ylab ham qolishi mumkinku, bu tamondan Qatarliklar 2 millardga yaqin pul taklif qilib turgan bo'lsa....

Sizni fikringiz qanday janob Aslanov?
Савол берилган сана: 14.01.2012 12:20

ЖАВОБ: Ваалайкум салом.
МЮ нинг муаммолари айнан майдон ва ўйин билан боғлиқ, назаримда.
Глейзерлар агар футбол соҳаси билан шуғулланишни исташса, АПД жа МЮ да кўра "брэнд" борми? Наҳотки, бир йиллик натижа "М Сити"нинг акцияларини ошириб, "МЮ" никини тушириб юборса? Беқарорлик ёмон, аммо барибир кейинги беш йилликда ҳам, МЮ Англияда ва ундан ташқарида энг мухлиси кўп ва томошабоп клуб бўлиб қолаверади.
Агар Глейзерлар умуман футболдан зерикишган бўлса, МЮ нинг натижаларига қараб ўтирмасдан сотишни ўйлашади. Нарх ҳам қисқа вақт натижаларига боғлиқ эмаслигини юқорида айтдим. Жавоб берилган сана: 14.01.2012 12:54