akmalfcb
|
САВОЛ: Salom. Qahramon aka, maqtov yoki hushomad emasku shu saytdagi barcha jurnalistlardan sizni fikrlariz manga ko'proq yoqadi. Maqolalariz teran, aniq mazmunga ega. boshqa saytda, boshqalar yozgan maqolalarni ham o'qib boraman. har birini o'z uslubi bor. ko'pchilik jurnalistlar yozganlari odamni xit qilib yuboradi, yozgan narsasi juda uzun, o'qishga erinasan, lekin shunga yarasha aniq muammoni yoritib berolmaydi, qayoqdagi yo'q gaplar, mayda gaplar...! sizga tilagim bundan keyin yanada yaxshiroq ishlang. o'quvchiga ko'proq aniq konkret muammolarni ochiq oydin yoritib beradigan jurnalist, xalq, muxlis nomidan kuyunib yozilgan maqolalar kerak...! keyingi ishlarizda omad tilam qolaman.<br />
<br />
savolim, jurnalist sifatida statistik ma'lumotlarni to'plab, yozib borasizmi? deylik bugun MTJ o'ynadi; kimlar gol urdi, kimlar maydonga tushdi... Chempionlar ligasi haqida va umuman boshqa musobaqalar haqida ham, kim qancha gol urdi, kimda qancha ochko bor va hokazolar haqida... <br />
<br />
umuman statistika jurnalist uchun muhimmi?
Савол берилган сана: 25.07.2013 01:33
|
|
ЖАВОБ: Салом. Тилаклар учун рахмат.
Ҳа, жуда муҳим. Фақат ҳозир шароитлар шунақаки, мабодо таҳлил ёки маълумот учун керак бўлганда, ҳар қандай маълумотни интернетдан топса бўлади. Яъни бу иш билан шуғулланадиган кишилар бор, уларнинг меҳнатлари туфайли, бошқа журналистлар бу борада меҳнат қилишлари шарт эмас. Мисол учун миллий чемпионатимиз статистикаси билан Бахтиёр Ширинов, Баҳодир Мирзаевлар, терма жамоаникини Сардор Юсупов тўплаб боришларини биламан. Жавоб берилган сана: 25.07.2013 10:20
|