Саҳифа ҳар 1 дақиқада автоматик янгиланади.
| FT' |
 |
Mana shunday yuqori haroratda El klasiko yakun topdi. Real Madrid 2:1 hisobida zafar quchdi!
Xayr salomat bo'ling! |
| 94' |
 |
QANDAY XAVFLI HUJUMUM! Moribaning zarbasi so'nggi daqiqalarda to'singa tegdi! |
| 92' |
 |
Marselo birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Mingeza faol o'ynadi |
| 90' |
 |
Bugun Messining kuni emas chog'i, o'zi uchun qulay muqtadan navbatdagi jariama zarbasi ham ko'ngildagidek emas |
| 89' |
 |
Yana Kazemiro va bu safar Gil Manzano qizil kartochka ko'rsatdi |
| 88' |
 |
Kazemiro o'z ishini qilmoqda. U Messini to'xtatib qoldi |
| 84' |
 |
Mingeza va bosh murabbiy Ronald Kuman hakam bilan tortishgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi |
| 83' |
 |
Barselona hujum tashkil etgan vaqtda Breytuytga nisbatan qo'pollik ishlatilgandek taassurot qoldirdi, biroq bu asoslanmadi |
| 80' |
 |
Barselonada o'zgarishlar yuzzaga kelmoqda. Pedri o'rniga Breytueyt Dembele o'rniga esa Trincao maydon tushdi |
| 77' |
 |
O'yinda 5 daqiqalik to'xtalish yuzaga keldi |
| 75' |
 |
Marseloning xavfli zarbasi noaniq ketdi |
| 69' |
 |
Messi o'ziga ishlatilgan qo'pollik sabab belgilangan navbatdagi jarima zarbasidan ham foydalana olmadi |
| 67' |
 |
Toni Krooos! Xavfli zarba, ammo himoyachilar bartaraf etishdi |
| 66' |
 |
XAVFLI HUJUUM! Vinisius birga bir vaziyatdan to'pni Asensioga uzatmoqchi ediyu buni uddalay olmadi |
| 64' |
 |
Barsa tarkibida navbatdagi o'zgarish Serxio buskets o'rniga Serxio roberto uchrashuvni yakunlab qo'yadi |
| 64' |
 |
Messi qo'pollik sabab belgilangan jarima zarbasini tepdi lekin to'p jonli devorga tegdi |
| 62' |
 |
Barsa yanachap qanotdan hujum tashkil etmoqda. Yana yana va yana Alba faol |
| 60' |
 |
Bu orada Real tarkibida o'zgarish yuzaga kelmoqda. Federeko Valverde Marko Asensioni almashtirdi |
| 59' |
 |
Jordi Alba chap qanotdan to'pni jariama maydoniga yetkazib berdi, Grizmann esa avval o'ylanganidek to'pni o'tkazib yubordi va Mingueza Kurtua darvozasini ishg'ol etdi |
| 59' |
 |
GOOOOOL! |
| 56' |
 |
Maydonning holatidan kelib chiqibmi balki, jamoalar ko'proq uzoqdan zarbalarga urg'u berishmoqda. Benzemaning bu boradagi navbatdagi urunishi ham ko'ngildagidek bo'lmadi |
| 54' |
 |
XAVFLI HUJUM! Grezmanning Dembelega uzatmasiga ikkinchi fransuz javob qaytara olmadi |
| 52' |
 |
Benzemaning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi |
| 51' |
 |
Ob-havo ikkala jamoaga ham noqulaylik tug'dirmoqda, ko'p ehtimol. Chunki tinimsiz yomg'ir, jadallab yog'moqda |
| 49 ' |
|
Dembele burchakdan uzatma amalga oshirdi. Bu uzatma esa jariama maydonidan o'tib ketib, xavflilik darajasini yo'qotdi |
| 48' |
 |
Barselona o'ng qanotdan hujum uyushtirdi. Dembelening uzatmasini esa bo'ydor Kurtua bartaraf etdi |
| 45' |
 |
Barsa bosh burabbiyi ikkinchi taymni o'zgarish bilan boshladi. Serjinyo Dest o'rniga Antuan Grezmann maydonga tushdi |
| 45' |
 |
Demak boshlandi! |
| 45' |
 |
Biz qaytamiz. Ispaniya chempionatining 31-turi doirasidagi Real Madrid Barselona qarama-qarshiligining ikkinchi taymi boshlanmoqda! |
| HT' |
 |
Birinchi bo;lim yakunlandi. Hozircha TANAFFUS! |
| 45+' |
 |
Barsaning yana bir amalga oshirgan burchak zarbasi Kurtua bartaraf etdi. Ammo undan avval Messi to'pni qo'li bilan o'ynagan edi |
| 45+' |
 |
Dastlabki 45 daqiqalikka 2 daqiqa qo'shib berildi |
| 45' |
 |
XAVFLI ZARBAA! Messi burchak zarbasidan to'pni to'g'ridan-to'g'ri darvozaga yo'naltirdi. To'p esa to'singa tegib maydonga qaytdi |
| 44' |
 |
Taym oxirlariga kelib, o'yin tempi biroz paslagandek taassurot uyg'otmoqda |
| 42' |
 |
Buskest bilan to'qnashuv jiddiy shekilli Lukas Vaskes almashtirildi. Uning o'rniga o'yinni Alvaro Odriosola davom ettiradi |
| 40' |
 |
Messi uchrashuvdan buyon bir xil uslubda, ya'ni to'pni chapga olib zarba berishga harakat qilmoqda. Real himoyachilari esa unga hozircha bunday imkoniyat berishmayapti |
| 39' |
 |
Yana bir qo'pollik. Bu safar Modrich Albaning ko'kragiga oyoq bilan zarba berdi |
| 38' |
 |
Maydon markazida Buskest hamda Vaskes to'qnashib ketishdi |
| 37' |
 |
Dembele raqib jarima maydonida yiqitildi. Barsa vakillari penaltidan umid qilishmoqda. Hakam Gil Monsano esa jim |
| 34' |
 |
XAVFLI QARSHI HUJUUUM! Rodrigo chap qanotdan tezlik oldi va to'pni Valverdega uzatdi. Federekoning zarbasi ustunga tegib maydonga qaytdi, Vaskes esa qaytgan to'pga aniq zarba berdi, ammo Ter Shtegen o'z o'rnida |
| 33' |
 |
Real himoyasida sarosima yuzaga keldi. Avval Messi keyin Dembeleda xavfli vaziyatlar yuzaga keldi |
| 29' |
 |
Qirollik klubining ishtahasi ochildi. Maydon egalarida hujumlar xavfli ko'rinish olmoqda |
| 27' |
 |
Belgilangan jarima zarbasini Kroos qoyilmaqom ijro etdi. To'p esa yo'l-yo'lakay Barsaning ikki futbolchiga tegib darvozadan joy oldi |
| 27' |
 |
GOOOOOL! |
| 26' |
 |
Real tezkor qarshi hujum tashkil etdi. Vinisiusni penaltiga yaqin hududda to'xtatishdi |
| 24' |
 |
Frenki De Yong jarima maydoniga kirib borishda g'ovga uchradi. Himoyachilar toza harakat qilishdi |
| 23' |
 |
Real qulay nuqtadan jarima to'pi tepish imkoniyatiga ega bolgan edi. Benzema esa ishonchsiz zarba yo'lladi |
| 21' |
 |
Buskets Kazimeroga nisbatan ikki vaziyatda Barsaning ikki futbolchisi qo'pol o'ynadi. Pedriga sariq kartochka ko'rsatildi |
| 20' |
 |
Maydon egalari kam hujumga o'tishmoqda. Lekin yetarlicha salmoqli |
| 18' |
 |
Messi jarimadan to'pni ichkariga uzatgandi. Bu vaziyatda Langle hujumda fol ishlatdi |
| 17' |
 |
Barselona burchak zarbasini qisqa pas bilan amalga oshirdi. Bu Dembelening to'pni yo'qotishiga olib keldi |
| 16' |
 |
Gol o'tkazib yuborgan mehmonlar sergak tortishdi va hujum tashkil etishda faol bo'lmoqda |
| 13' |
 |
Federeko Valverde maydon markazidan boshlagan hujumni Lukas Vaskes davom ettirdi. Vaskesning uzatmasini esa Karim Benzema chiroyli tarzda Ter shtegen darvozasiga joylab qo'ydi |
| 13' |
 |
GOOOOOL! |
| 12' |
 |
Vinisius Barselona himoyachilaridan yakka o'zib ketishga urindi ammo buning imkonini topa olmadi |
| 10' |
 |
Real burchak zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo'lgandi, biroq bu samarasiz yakunlandi |
| 09' |
 |
ALBAAAA!
uning chp qanotdan pastlatib uzatgan uzatmasiga hech kim javob qaytarmadi |
| 08' |
 |
Realga nisbatan Barselona xavfli hujumlar tashkil etishga ko'proq urinmoqda |
| 06' |
 |
Messining raqib jarima maydoniga yorib kirib zarba berishiga himoyachilar imkon berishmadi |
| 03' |
 |
Vinisius Junior maydon markazida Oskar Minguezaga nisbatan qo'pollik ishlatdi |
| 02' |
 |
Dastlabki daqiqalarda to'p nazorati Barsa tomonda |
| 01' |
 |
Uchrashuv start oldi! Jamoalarga omad yor bo'lsin deb qolamiz! |
| 00' |
 |
Xayrli oqshom qadrli futbolsevar doʻstlar. Siz kutgan va siz sog'ingan El klasiko startiga ham oz fursat qolmoqda. Bugun uchrashuvni siz bilan birga kamina, Dadajon Foziljonov kuzatib boradi. |