Саҳифа ҳар 1 дақиқада автоматик янгиланади.
| O'T' |
 |
Uchrashuv o'z nihoyasiga yetdi. Barselona nisbatan qiyin kechgan uchrashuvda 2:1 hisobida zafar quchdi. Xayr, salomat bo'ling! |
| 90+' |
 |
Barselona so'nggi daqiqalarda to'p nazoratiga egalik qilmoqda |
| 90+' |
 |
Oskar Mingueza ogohlantirildi |
| 90+' |
 |
Bosh hakam asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi |
| 88' |
 |
Unai Emeri maydondan Samuel Chukuezeni olib, uning o'rniga Yeremi Pinoni maydonga tushirdi |
| 86' |
 |
Parexoning standartdan oshirib bergan to'piga Moreno chalqancha zarba berdi, ammo bu urunish ko'ngildagidek emas |
| 84' |
 |
Moribaning uzatmasidan keyin De Yong birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Biroq uning darvozabon ustidan oshirib bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 83' |
 |
XAVFLI VAZIYAAT! |
| 81' |
 |
Dembele voqealar rivojidan oldinlab ketdi |
| 79' |
 |
Kuman ham almashtirishga qo'l urdi. Antuan Grizman o'z o'rnini Usman Dembelega bo'shatib berdi |
| 77' |
 |
Barselona darvozasi oldida keskinlik yuzaga kelmoqda. Chukuezening uzatmasidan so'ng Morenong xavfli zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 75' |
 |
Villareal tarkibida o'zgarish yuzaga kelmoqda. 25 raqamda harakat qilgan Etien Kapu o'rniga 23 raqamda Moi Gomes maydonga tushirildi |
| 73' |
 |
Meesi yana jabrdiyda. Pau Torres Messining yuziga zarba berib yuborgani uchun kartochka bilan ogohlantirildi |
| 72' |
 |
Moriba zarba bera olmadi |
| 69' |
 |
Samuel Chukueze bugun ancha faol harakat qilmoqda. Uning bu safargi zarbasi ham to'ppa-to'g'ri Ter Shtegenning qo'liga borib tushdi |
| 68' |
 |
Barselona raqib jarima maydonida yaxshigina bosim uyushtirmoqda |
| 65' |
 |
Hakam bilan tortishgani saabb Albiol ham ogohlantirildi |
| 64' |
 |
Tregeros maydon markazida Messiga nisbatan o'ta qo'pol o'ynadi va bosh hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq topildi |
| 61' |
 |
Chukuezening say-harakatalaridan so'ng Etien Kapu bergan zarbani Ter Shtegen bartaraf etdi |
| 61' |
 |
XAVFLI ZARBAAA! |
| 59' |
 |
Mezbonlar tarkibida o'zgarishlar yuzaga kelmoqda. Pako Alkaser hamda Alberto Morenolar o'z o'rnilarini Pervis Estupinyan va Frannsisk Koklenlarga bo'shatib berishdi |
| 58' |
 |
Serxio Buskets Tregeros bilan to'qnashib ketdi |
| 58' |
 |
Messining uzatmasiga Serxio Roberto yetib bora olmadi |
| 56' |
 |
Grizmanga o'ng qanotdan amalga oshirilgan uzatma besamar ketdi |
| 50' |
 |
Chukuesezening o'ng qanotdsan yuqorilatib uzatgan to'piga Jerard Moreno boshi bilan zarba berdi. Ter Shtegen o'z o'rnida |
| 49' |
 |
Antuan Grizman Jerard Morenoga qo'pollik ishlatganin uchun sariq kartrochka bilan ogohlantirildi |
| 47' |
 |
Jordo Alba Chukuezeni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi |
| 45' |
 |
Ikkinchi taym boshlandi! |
| BT' |
 |
Shu pallada birinchi bo'lim tugadi. Jamoalar 1:2 hisobi bilan tanaffusga yo'l olishmoqda |
| 43' |
 |
De Yong to'pni chiroyli tarzda Grizmanga qoldirdi. Uning kuchli zarbasini esa Asenxo qaytardi |
| 41' |
 |
Villareal o'ng qanotdan tashkil etgan hujum Pike tomonidan bartaraf etildi |
| 38' |
 |
Maydon egalari ham hujumlar tashkol etib, uztinlikni o'z tomonlariga og'dirishga harakat qilishmoqda. Morenoning uzatmasidan so'ng Pau Torres bergan zarba noaniq chiqdi |
| 34' |
 |
Grizman dubl qayd etmoqda. Mezbonlar himoyachisi Xuan Foyt to'pni darvozabonga uzatishda qo'pol xatoga yo'lqo'ydi va to'pni Grizmann egallab olib, Asenxo qo'riqlayotgan darvozaning pastki burchagiga joylab qo'ydi |
| 34' |
 |
GOOOOOL! |
| 31' |
 |
Villareal tashkil etgan tezkor qarshi hujum oxiriga yetmay qoldi |
| 27' |
 |
Barselona hisobni tenglashtirmoqda. Mingueza bitta harakat bilan Grizmanni qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Fransuz esa darvozabonning ustidan to'pni oshirib qo'ygan holda gol kiritdi |
| 27' |
 |
GOOOOOL! |
| 26' |
 |
Pau Torres Samuel Chukuezeni to'p bilan ta'minladi. Samuel esa Barselonaning bir nechta futbolchisini aldab o'tib, Ter Shtegenni dog'da qoldirdi |
| 26' |
 |
GOOOOOL! |
| 25' |
 |
Langlening uzatmasidan keyin Jordi Alba offiside holatini qayd etdi |
| 22' |
 |
Barselonaning o'ylanmalari hozircha ish bermayapti. Dest o'ng qanotda Pedrini topgan ediyu biroq uzatilgan to'pga Pedridan birinchi bo'lib Asenxo yetib keldi |
| 21' |
 |
Samuel Chukueze maydon markazida De Yongga nisbatan o'qyin qoidasini buzdi |
| 19' |
 |
To'p nazorati Barselona tomonda |
| 16' |
 |
Grizman to'pni Albaga tashlab berdi, Alba esa chap qanotdan pastlab jarima maydoni ichkarisiga uzatma amalga oshirdi. Shundan so'ng De Yong bergan zarbani darvozabon Asenxo sevy orqali bartaraf etdi |
| 15' |
 |
XAVFLI VAZIYAAT! |
| 14' |
 |
Trigeros to'pni qulay ravishda Pako Alkaserga uzatdi, alkaser esa Jerard Moreno tomon aniq uzatma anlaga oshirmadi va mehmonlar himoyachilario'z jarima maydonlarida egallab olishdi |
| 12' |
 |
Villareal darvozasi oldida bir zum sarosima yuzaga keldi. Jordi Alba chap qanotdan uzatgan to'piga Barsa futbolchilari zarba bera olishmadi |
| 08' |
 |
Standartdan Messi yo'llagan to'p esa jonli devorga tegib, maydonga qaytdi |
| 07' |
 |
Messi raqib jariama maydoniga kirib borayotganda to'xtatib qolindi |
| 06' |
 |
Morenodan yana bir urinish lekin bu safar to'p ancha yuqoridan ketdi |
| 03' |
 |
Dastlabki daqiqalarda mezbonlar faollik ko'rsatishmoqda. Burchak zarbasidan keyin Jerard Morenoning urinishi besamar ketdi |
| 01' |
 |
Uchrashuv start oldi. Jamoalarga omad yor bo'lsin! |
| 00' |
 |
O'yin boshlanish arafasida |
| 00' |
 |
Ayni paytda La Liga chempionligi uchun kurash juda qizg'in tyus olayotganini hisobga olsak, bugungi bahs ancha qiziqarli o'tishi shubhasiz. Ushbu uchrashuvni siz bilan birga kamina Dadajon Foziljonov kuzatib boradi |
| 00' |
 |
Assalomu qadrli futbolsevar do'stlar! Birozdan so'ng Ispaniya chempionatining 32-turi doirasidagi Villareal Barselona bahsi boshlanadi |